• Empirik tadqiqot metodlariga
  • Empirik tadqiqot usullari




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    Empirik tadqiqot usullari. Metodologik nuqtai nazardan eksperiment ilmiy-
    tadqiqotni sust faoliyatdan faol faoliyatga o`tishini ta`minlaydi. Eksperimentda 
    ob`ektni o`rganish sharoitini o`zgartirish, uni sof holda bajarish, qaytarish, hamda 
    soddalashtirilgan, kichiklashtirilgan modellarda o`rganish mumkin. 
    Empirik tadqiqot metodlariga
    • kuzatish; 
    qiyoslash;
    • hisoblash;
    • o`lchash;
    • va eksperiment kiradi. 
    Kuzatish deb – ma`lum bir ob`ektni muntazam ravishda bir maqsad yo`lida 
    o`rganish yoki ochish bilan amalga oshiriladigan bilish usuliga aytiladi.
    Ilmiy kuzatish quyidagi komponentlarni o`z ichiga oladi:
    ❖ ob`ekt tanlash;
    ❖ maqsad qo`yish, uni tavsiflash;
    ❖ xulosa chiqarish. 
    Kuzatishda ob`ektni o`rganish unga aralashuvsiz amalga oshiriladi, bunda faqat 
    ob`ektning xossasi, o`zgarishlari kuzatiladi va qayd etiladi. Tadqiqot natijalari bizga 
    real mavjud ob`ektlarning tabiiy xususiyatlari va munosabatlari haqida ma`lumot 
    beradi. Bu natijalar sub`ektning irodasi, sezgilari va istaklariga bog’liq bo`lmaydi.
    Ilmiy kuzatish metodi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
    • Oldindan ataylab maqsad qo`yish. 


    25 
    • Rejalashtirish. 
    • Maqsad yo`lida vazifani yo`naltirish, ya`ni ob`ektning eng ahamiyatli 
    tomonlarini o`rganish. 
    • Faollik, ya`ni ayni kerakli hodisalarni izlash. 
    • Muntazamlilik, ya`ni kuzatishni ma`lum bir tizim bo`yicha olib borish. 
    Zamonaviy fanda kuzatish turli asoboblarni qo`llash bilan bog’liqdir. Ular 
    birinchidan, sezgi organlarini kuchaytirsa, ikkinchidan kuzatilayotgan hodisalarni 
    baholashdagi sub`ektlashuvdan saqlaydi. 
    Ijtimoiy fandagi kuzatish metodi o`zining murakkabligi bilan ajralib turadi
    chunki bu holda uning natijasi ko`p miqdorda kuzatuvchining shaxsiga va uning 
    o`rganilayotgan hodisalarga bo`lgan munosabatiga bog’liq. 
    Kuzatish natijalari diagrammalar, sxemalar, jadvallar, bayonnomalar, video va 
    foto hujjatlar sifatida rasmiylashtiriladi. 
    Qiyoslash usuli bilishning keng tarqalgan usuliga kiradi va “hamma narsa 
    qiyoslanganda bilinadi” tamoyiliga tayanadi. Qiyoslash natijasida bir qancha 
    ob`ektlar uchun umumiy bo`lgan va faqat o`ziga xos jihatlar aniqlanadi. Qiyoslash 
    qonuniyatlar va qonunlarni bilishda bir qadamdir.
    Qiyoslash unumli bo`lishi uchun 2 ta talabga rioya qilish zarur: 
    1. Qiyoslash uchun ular o`rtasida muayyan ob`ektiv umumiylik bo`lgan 
    ob`ektlargina tanlanishi kerak. 
    2. Taqqoslash jarayoni eng ahamiyati belgilar va xossalar bo`yicha amalga 
    oshirilishi zarur.
    Qiyoslash asosida olingan natijalar “kattaroq, kichikroq yoki teng” degan 
    javoblar bilan xulosa qilinadi.
    Hisoblash deb – tor texnik ma`noda berilgan majmua yoki to`plamdagi bir tipli 
    ob`ektlar sonini aniqlash jarayoniga aytiladi. Hisoblashni amalga oshirish uchun 
    farqni aniqlash, har bir diskret ob`ektni ko`ra bilish lozim. Hisoblashning natijalari 
    bo`lib sonlar hisoblanadi. Ular EHM da tahlil qilish uchun asosiy manba bo`lib 
    xizmat qiladi.
    O`lchash deb – ma`lum bir kattalikni o`lchov birligidagi etalonga nisbatan 
    raqam sonidagi qiymatini aniqlashdan iborat bo`lgan fizik jarayonga aytiladi. 
    O`lchashda quyidagi komponentlarning bo`lishi talab etiladi: 
    • o`lchash ob`ekti; 
    • etalon; 
    • o`lchov asbobi; 
    • o`lchash metodi.
    Qiyoslashdan farqli o`laroq, o`lchash bilishning ancha aniq vositasi 
    hisoblanadi. Bunda atrof borliqdagi ob`ektlar haqida yuqori aniqlikdagi ma`lumot 
    olinadi. O`lchash metodi eksperiment va nazariya orasidagi bevosita bog’lanishni va 
    ilmiy tadqiqotlarning yuqori darajadagi aniqligi va to`g’riligini ta`minlaydi. 
    O`lchash haqidagi fan metrologiya deb ataladi. 
    Hisoblash bilan o`lchash miqdoriy ma`lumot olishning asosiy metodlaridir. 
    Ularning natijalari sonlardir. Hisoblash nazariy jihatdan xatolarsiz bo`ladi, ammo, 


    26 
    o`lchash bexato bo`lmaydi. O`lchashning aniqlik darajasi ilmiy tadqiqot darajasini 
    belgilaydi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish