• I. Uquvchilar jamoasi bilan ishlash.
  • Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha




    Download 249,5 Kb.
    bet24/32
    Sana18.11.2023
    Hajmi249,5 Kb.
    #100790
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
    Bog'liq
    4-ma\'ruza

    Rejaning aniqligi.
    Rejaga bajarib boʻlmaydigan ishlarni kiritmaslik kerak. Ishni rejalashtirishda mahalliy sharoitlardan kelib chiqish lozim. Rejada hamma narsa: ish vaqti, joyi, mas’ullar aniq boʻlsin.
    Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasi – bu majburiy pedagogik hujjatdir. Uni amalga oshirish uchun sinf rahbari shaxsan mas’uldir. «Sinf rahbari haqida Nizom»-da: «Sinf rahbarining ishi reja asosida olib borilishi lozim» deb belgilab qoʻyilgan.
    Ishning istiqbolli rejasi sinf jamoasi tomonidan toʻplangan tajribaga qarab va sinf rahbarining oʻz vazifalariga muvofiq ravishda bir yoki bir necha yilga tuzilishi mumkin. Nizomda «Sinfning yillik ish rejasi tuziladi. Uni tarbiyaviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari tasdiqlaydi» deyilgan.
    Rejaning ifodalash shakli juda oddiy boʻlgani ma’qul: ishning nomi, bajarish muddati, mas’ul kishi. Reja qisqa va aniq boʻlishi kerak. Boʻlar-boʻlmas ishlar roʻyxatini qalashtirib, qappaygan reja tuzishga berilib ketmaslik kerak. Rejaga faqat hayot ilgari surgan va oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin boʻlgan tadbirlarnigina kiritmoq lozim. Kiritilgan tadbirlar ham biri bogʻdan, biri togʻdan olib yozilmasligi, balki ular tarbiyaviy ishlar tizimida bir- biri bilan bogʻlangan, bir-birini toʻldiradigan holda boʻlishi zarur.
    Reja oʻquvchi shaxsiga ta’sir koʻrsatuvchi turli tarbiyaviy omillarning nafaqat umumiy, balki xususiy aniq tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi kerak. Biz quyida sinf rahbari ish rejasining asosiy boʻlimlari va mazmunini beramiz:
    I. Uquvchilar jamoasi bilan ishlash.
    Uquvchini oʻrganish (oʻquvchi haqida ma’lumot toʻplash, uning aqliy, jismoniy, ruhiy rivoji, bilim, koʻnikma va malakalari darajasini, tarbiyalanganlik, jamoatchilikka intilish darajalarini diagnostik dasturlar asosida oʻrganish), sinf jamoasini oʻrganish (oʻquvchilar soni, jinsi, millati, yoshi, rasmiy va norasmiy liderlar, ilgʻorlar, qoloqlar, intizomsiz va tarbiyasi qiyin oʻquvchilar, ularning sinfga ta’siri, sinfning jamoatchilik topshiriqlariga munosabati, sinfning tarbiyalanganlik, jipslik, rivojlanganlik darajalarini diagnostik dasturlar asosida oʻrganish), sinf jamoasini tashkil etish va yoʻnaltirish (tashkiliy ishlar, sinf faollari bilan ishlash, umumiy ishlar ustidan nazorat, oʻquvchilarni oʻz-oʻzini nazorat qilishga oʻrgatish, navbatchilikni, oʻzaro yordamni yoʻlga qoʻyish, gazeta tahririyati bilan ishlash, kasalmand va nogiron oʻquvchilarga gʻamxoʻrlik, vaqtli matbuot nashrlariga yozilish, mehnat harakatlarida qatnashish, sinf mulkini saqlash, kundalik rejimga boʻysunish va hokazolar).

    Download 249,5 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




    Download 249,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha

    Download 249,5 Kb.