International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences ISSN:
2181-144X
36
© International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences Vol.2(2) 2020
DOI: 10.24412/2181-144X-2020-2-36-45
Xoliqulov D.B., Boltayev O.N., Xaydaraliev X.R.
УДК 669.2.48
MIS ISHLАB CHIQАRISH TEXNOLOGIK ERITMАLАRIDAN METALLARNI
CHOʼKTIRUVCHI REАGENTLАR YORDAMIDA АJRАTISH
Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich
– t.f.d.(DSc),Toshkent davlat texnika
universiteti Olmaliq
filiali ilmiy ishlar va innovatsialar bo’yicha direktor o’rinbosari,
Boltayev Olmos Najmidinovich - Toshkent davlat texnika universiteti
Olmaliq filiali stajyor-
tadqiqotchi,
Xaydaraliev Xolbay Rustam o’g’li - Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
“Metallurgiya” kafedrasi assistenti.
Annotatsiya. Bugungi kunda texnika va texnologiyalarning yuqori darajada rivojlanishi metallar
isteʼmoliga boʼlgan talabni ortishiga olib kelmoqda. Ogʼir rangli metallarni
ishlab chiqarishning
uzluksiz oʼsishi texnogen chiqindilarni isteʼmolini koʼpayishiga olib keldi,
bu nafaqat metallarni
qoʼshimcha ishlab chiqarish manbai, balki tayyor mahsulot tannarxini
pasaytirish omili sifatida
ham koʼrib chiqilmoqda. Yaqin yillarda "Olmaliq KMK" АJ mis ishlab chiqarish hajmini 1,5-2
baravar oshirishni rejalashtirmoqda, buning natijasida texnogen chiqindilar (shlaklar, gazlar,
chang, shlam,
yuvish eritmalari, chiqindi suv va boshqalar)ning miqdorini xam ortishiga olib
keladi, ularni qayta ishlash esa maxsus yondashuvni talab qiladi. Bu holda qoʼllaniladigan
texnologiyalar
chiqindilar, shlaklar, atrof muhitga zararli gazlar
va changning atmosferaga
chiqarilishi bilan metallning yuqori darajada qaytarib boʼlmaydigan yoʼqotishlari bilan
tavsiflanadi. Mis kuporos ishlab chiqarishda hosil boʼladigan texnologik eritmalar tarkibidagi mis
va nikelni alohida ajratishda reagent sifatida ammoniy rodaniddan foydalanildi.
Kalit so’zlar: mis sulfati, cho’ktiruvchi reagent, nikel, gidrometallurgiya,
ammoniy rodanid, mis
kuporos, texnologik eritma, tanlovchanlik, elektrolit.