|
Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Mobil internet texnologiyalari. Elektron pochta xizmati
|
bet | 4/10 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,06 Mb. | | #150683 |
Bog'liq Internet tarmog’i va uning tashkil etilishiWWW tarkibi WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya’ni Web-sahifalarda joylashadi. Websahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko‘rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o‘z navbatida, reklama, tijorat, ta’lim va boshqa ko‘pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar ochib berdi. WWWning ommalashishiga yana bir omil gipermatndir. Gipermatn websahifaning biror qismiga yoki boshqa Websahifaga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi ilova bo‘lib, u so‘z yoki rasm bo‘lishi mumkin. Gipermatn yordamida Websahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Websahifaga tez va oson o‘tiladi, bu hol kerakli qism yoki Websahifaga gipermurojaat deb ataladi. Websahifada rasmga, ismsharifga, tug‘ilgan mamlakati nomiga gipermurojaat joylashtirilgan bo‘lib, gipermurojaat tanlangach, yangi websahifa ochiladi. Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko‘ra o‘zaro bog‘langan bir nechta Websahifalar majmui Web-sayt deyiladi. Websaytni kitobga, websahifani esa kitobning sahifasiga o‘xshatish mumkin. Websaytdagi websahifalar o‘zaro gipermatn yordamida bog‘lanadi. Websaytlar ham, Websahifalar ham Web-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o‘z manziliga ega bo‘ladi. Bu manzil URL (ingliz tilida: Uniform Resourse Locator – zahiraning takrorlanmas ko‘rsatkichi ma’nosini anglatadi) deb ataladi. URL Internetga murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo‘lib, u takrorlanmas manzilni ifodalaydi. URL bir necha bo‘g‘indan iborat bo‘lgan Internet tarmog‘idagi axborot zahirasi manzilidir. Masalan: http://www.eduportal.uz/webmaktab.html URL manzil quyidagilardan tashkil topadi: http – bog‘lanish protokoli; www.eduportal.uz – axborot saqla nayotgan provayder (server) nomi; webmaktab.html – sayt (fayl) nomi. Provayderlar (ingl. provide – imkon berish, ta’minlash) – Internetning ba’zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalardir. Provayderlar bir necha yuz ming mijozga xizmat ko‘rsatish va axborotlarni yuborish uchun maxsus yuqori tezlikdagi aloqa kanallaridan foyda lanadilar. Har bir davlatda Internet tizimining ishlash sifati kanallar ning o‘tkazuvchanlik kuchiga bog‘liq. O‘zbekistonda Internetdan foydalanish boshlangan dastlabki davrlarda ma’lumot yuborish va qabul qilish tezligi unchalik katta bo‘lmagan. Masalan, 2002yilda 8,5 Mb/s ni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda Internet tarmog‘ida ulanishni ta’minlovchi xalqaro kanallar o‘tkazuvchanlik qobiliyatining rivojlanishi natijasida 2,5 Gb/s dan oshdi.
|
| |