|
Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Mobil internet texnologiyalari. Elektron pochta xizmati
| bet | 9/10 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,06 Mb. | | #150683 |
Bog'liq Internet tarmog’i va uning tashkil etilishiXabarlarni ko’pchilikka yuborish. Ma’lum bir sabablarga ko’ra bir xil mazmundagi xabarlarni bir necha manzil yoki pochta qutisiga yuborish zaruriyati paydo buladi. Shunda, Komu darchasiga xat jo’natilishi kerak bo’lgan elektron manzillar “ ; ” (nuqta vergul) belgilari bilan ajratiladi, masalan: (buxdu@buxdu.uz; buxdu@inbox.uz; va boshka manzillar), Kopiya darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo’natilishi kerak bo’lsa, o’sha manzil, Tema darchasiga xat mavzusi yoziladi. Ushbu vazifadan biror elon yoki yangilikni ko’pchillikka barobar yuborish uchun foydalaniladi. Spam tushunchasi, spamlarning turlari va ularga karshi kurashish. «Spam» termini yangi mazmunda jonga teguvchi elektron tarqatmalar yoki pochta chiqindilari degan ma’noni anglatadi. Spamlar 1993-yilda paydo bo’lgan. Usenet kompyuter tarmog’i administratori Richard Depyu yaratgan dasturdagi xato 1993-yil 31-mart kuni konferenstiyalardan biriga ikki yuzta bir xil xat jo’natilishini keltirib chiqardi. Uning norozi suhbatdoshlari jonga teguvchi xabarlarga tezda - «spam» degan nom topdilar. «Kasperskiy Laboratoriyasi» tushunchasiga ko’ra, spam - bu so’ralmagan anonim ommaviy tarqatmalardir. Spam (foydalanuvchi tomonidan so’ralmagan axborot) jo’natuvchining (spamer) maqsadi va vazifalariga qarab tijorat axborotiga ega bo’lishi yoki unga hech qanday aloqasi bo’lmasligi mumkin. Shunday qilib, mazmuniga qarab, xabarlarning «tijorat» spami - «unsolicited commercial e-mail» (umumiy qabul qilingan abbreviaturasi - UCE) va «notijorat» - «unsolicited bulk e-mail» (UBE) turlari mavjud. Spam (foydalanuvchi tomonidan so’ralmagan axborot) jo’natuvchining (spamer) maqsadi va vazifalariga qarab tijorat axborotiga ega bo’lishi yoki unga hech qanday aloqasi bo’lmasligi mumkin. Shunday qilib, mazmuniga qarab, xabarlarning «tijorat» spami - «unsolicited commercial e-mail» (umumiy qabul qilingan abbreviaturasi - UCE) va «notijorat» - «unsolicited bulk e-mail» (UBE) turlari mavjud.
|
| |