|
Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Mobil internet texnologiyalari. Elektron pochta xizmati
|
bet | 8/10 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,06 Mb. | | #150683 |
Bog'liq Internet tarmog’i va uning tashkil etilishiKomu darchasiga xat jo’natilishi kerak bo’lgan elektron manzil, Kopiya darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo’natilishi kerak bo’lsa, o’sha manzil, Tema darchasiga xat mavzusi yoziladi. Xat mazmuni pastki bo’sh oynaga yoziladi va Otpravit tugmachasi bosiladi. Agar xat to’g’ri jo’natilgan bo’lsa, u holda ekranda Uspeshno otpravlen ma’lumoti paydo bo’ladi. Foydalanuvchi elektron manzil orqali kompyuter xotirasidagi ixtiyoriy fayllarni ham jo’natishi mumkin. Buning uchun Prikrepit tugmachasi bosiladi. Agar bir nechta faylni jo’natish kerak bo’lsa, qolgan fayllar ham shu tartibda tanlanadi. Foydalanuvchi elektron pochtasiga kelgan xatlarni ko’rishi uchun Vxodyaщie buyrug’i tanlanadi. Ekranda pochtaga kelgan xatlar ro’yxati paydo bo’ladi. Unda xat kimdan, mavzusi, pochtaga qachon kelib tushgan va fayl o’lchami to’g’risida ma’lumot saqlangan. Foydalanuvchi xatni o’qishi uchun, Tema bandida sichqonchaning chap tugmachasi bosiladi. Ekranda xat mazmuni paydo bo’ladi. Foydalanuvchi xatni o’qishi va agar zaruriyat bo’lsa FaylPechat buyrug’i orqali printerda chop qilishi mumkin. Elektron pochtadagi keraksiz xatni o’chirish uchun dastlab u belgilanadi va Udalit tugmachasi bosiladi. o’chirilgan fayl Korzinaga borib tushadi. Korzinani tozalash Ochistit Korzina buyrug’i orqali amalga oshiriladi. Xabarlarni ko’pchilikka yuborish. Ma’lum bir sabablarga ko’ra bir xil mazmundagi xabarlarni bir necha manzil yoki pochta qutisiga yuborish zaruriyati paydo buladi. Shunda, Komu darchasiga xat jo’natilishi kerak bo’lgan elektron manzillar “ ; ” (nuqta vergul) belgilari bilan ajratiladi, masalan: (buxdu@buxdu.uz; buxdu@inbox.uz; va boshka manzillar), Kopiya darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo’natilishi kerak bo’lsa, o’sha manzil, Tema darchasiga xat mavzusi yoziladi. Ushbu vazifadan biror elon yoki yangilikni ko’pchillikka barobar yuborish uchun foydalaniladi.
|
| |