|
Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Mobil internet texnologiyalari. Elektron pochta xizmati
|
bet | 5/10 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,06 Mb. | | #150683 |
Bog'liq Internet tarmog’i va uning tashkil etilishiURL bir necha bo‘g‘indan iborat bo‘lgan Internet tarmog‘idagi axborot zahirasi manzilidir. Masalan: http://www.eduportal.uz/webmaktab.html URL manzil quyidagilardan tashkil topadi: http – bog‘lanish protokoli; www.eduportal.uz – axborot saqla nayotgan provayder (server) nomi; webmaktab.html – sayt (fayl) nomi. Provayderlar (ingl. provide – imkon berish, ta’minlash) – Internetning ba’zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalardir. Provayderlar bir necha yuz ming mijozga xizmat ko‘rsatish va axborotlarni yuborish uchun maxsus yuqori tezlikdagi aloqa kanallaridan foyda lanadilar. Har bir davlatda Internet tizimining ishlash sifati kanallar ning o‘tkazuvchanlik kuchiga bog‘liq. O‘zbekistonda Internetdan foydalanish boshlangan dastlabki davrlarda ma’lumot yuborish va qabul qilish tezligi unchalik katta bo‘lmagan. Masalan, 2002yilda 8,5 Mb/s ni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda Internet tarmog‘ida ulanishni ta’minlovchi xalqaro kanallar o‘tkazuvchanlik qobiliyatining rivojlanishi natijasida 2,5 Gb/s dan oshdi. Web-brauzerlar Bráuzer (inglizcha: Web browserdan) — qidirish, veb-saytlarni koʻrib chiqish (asosan WWWdan), ular bilan ishlash, kiritish va bir sahifadan ikkinchisiga oʻtish uchun moʻljallangan dasturiy taʼminot hisoblanadi. Browser inglizcha so‘z bo‘lib, ko‘rishni ta’minlash, ko‘rsatish ma’nosini anglatadi. Birinchi Webbrauzer 1990yilda CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, nomi World Wide Web bo‘lgan. Hozirgi kungacha juda ko‘p Webbrauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic , Opera , AdWiper , Ne tscape Naviga tor , Ne tscape Communicator, Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Internet Explorer va Power Browser shular jumlasidandir. Shulardan eng mashhurlari quyidagilar: Microsoft firmasining Internet Explorer dasturining Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritilganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida brauzerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz. Webbrauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
|
| |