|
Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Mobil internet texnologiyalari. Elektron pochta xizmati
|
bet | 2/10 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,06 Mb. | | #150683 |
Bog'liq Internet tarmog’i va uning tashkil etilishiBirinchi marta 1969yil 29oktyabrda ishga tushirilgan ARPANet tarmog‘ida oraliq masofa 640 km bo‘lgan LosAnjeles universiteti bilan Stenford tadqiqot markazi orasida bor yo‘g‘i 2 minut davomida axborot almashinilgan. Avvaliga bu tarmoq maxfiy hisoblangan. Keyinchalik bu tarmoqqa AQSHning boshqa universitet, kollej va tashkilotlari ham ulangan. 1973yilda transatlantik telefon kabeli o‘tkazilganidan keyin ARPENet tarmog‘iga Yevropaning o‘quv yurtlari va tashkilotlari ulandi. Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog‘iga aylandi. Internet tarmog‘i biror tashkilotga bo‘ysunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta’lim muassasalari, tijorat strukturalari va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko‘ngillilar tomonidan tashkil etilgan «Internet arxitekturasi bo‘yicha kengash» tomonidan boshqariladi. - Internet tarmog’ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o’zaro bog’lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog’i – bu global tarmoq vakili hisoblanadi.
- Internet alohida kompyuterlar o’rtasida aloqa o’rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o’zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan bo’lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stanstiyasi (kompyuteri) Internet xizmatlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, Internet tarmog’iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud bo’lib, ularni xost kompyuterlar (host – asosiy hisoblash mashinasi) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o’z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin.
Internet tarmog’ining tuzilishi. Internet o’z - o’zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan: - texnik;
- dasturiy;
- axborot.
Internet tarmog’ining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun’iy yo’ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan.
|
| |