• • Web­sahifalarni xotiraga yuklash va ko‘rsatish;
  • Elektron pochta xizmati
  • Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Mobil internet texnologiyalari. Elektron pochta xizmati




    Download 1,06 Mb.
    bet6/10
    Sana02.02.2024
    Hajmi1,06 Mb.
    #150683
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi
    магнетосфера, raqamli fotoaparat, Gidroavtomatika, TOPSHIRIQLAR 5, 2-amaliy mashg`ulot, Hujjatlarning asosiy parametrlari, vodyanoy-akkumulyator-tepla-v-solnechnyh-teplitsah (1), Молек физика лаб методическое указания русс, 2-Sanoq sistemalari, JUFT KORRELYATSION - REG TAHLIL, 2-70, Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta\'minoti va vazifalari, Elektr maydon energiyasi Gazlarda, metallar, yarim otkazgichlar, Algoritmlash va dasturlash asoslari (A.Azamatov), Pedagogika fani, uning

    Microsoft firmasining Internet Explorer dasturining Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritilganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida brauzerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz. Web­brauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • Web­sahifalarni xotiraga yuklash va ko‘rsatish;

    • Web­sahifani diskka yozib qo‘yish (saqlash);

    • WWWdagi manzili bo‘yicha Web­sahifani chaqirish.

    Qidiruv tizimlari

    Qidiruv tizimi – maxsus web­sahifa bo‘lib, Internet tarmog‘idan kerakli axborotni izlab topish uchun xizmat qiladi.

    Hozirgi kunga kelib o‘nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko‘p qo‘llaniladiganlari sifatida Google, Rambler, Aport, Yahoolarni keltirish mumkin. Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog‘ida o‘z man ziliga ega. Masalan, yuqorida sanab o‘tilgan qidiruv tizimlari mos ravishda www.rambler.ru, www.aport.ru, www.yahoo.com va www.google.uz manzillarga ega. O‘zbekistonda ham WWW.UZ milliy axborot­qidiruv tizimi 2006­yilning oktyabr oyida UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan ishga tushirilgan edi.


    Google qidiruv tizimi

    Elektron pochta xizmati

    Internet–xalqaro tarmog’ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo’lib, faqat bunda xatni qog’ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so’zlarni terib, ma’lum elektron yozuv ko’rinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur bo’lib, uning yordamida Internet tarmog’i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy ma’lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) jo’natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan iboratki, xat jo’natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan kompyuter Internet tarmog’iga ulangan bo’lishi zarur.

    Xabar va pochta qutisi tushunchalari. Xabar, umuman olganda, foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak bo’lgan ma’lumot xisoblanadi va oldindan boshqa dasturda (masalan Word) tayyorlab, keyin elektron pochta orqali jo’natishi maqsadga muvofiqdir. Pochta serveri ham o’zining matn terish oynachasiga ham ega bulib, xabarni shu oynada yozish mumkin.


    Download 1,06 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Mobil internet texnologiyalari. Elektron pochta xizmati

    Download 1,06 Mb.