Ta’lim jarayonida keys-stadi texnologiyasidan foydalanishning pedagogik ahamiyati




Download 116 Kb.
bet6/8
Sana22.11.2023
Hajmi116 Kb.
#103427
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17-Keys texnologiyalari va ulardan “internet texnologiyalari” mavzusini o‘qitish jarayonida foydalanish.
TAVSIFNOMA, Мустақил таълим, Mavzu Axborotli olam muammolari va Internet. Maqsad ta’limiy , Tashkiliy hujjatlar, talabalarga kompyuterli animatsiyani oqitishning elektron tizimini yaratish va fojdalanish metodikasi, asadbek, Abdurashid last work, Yuza, 7-sinf test umumiy baza, Презентация Microsoft PowerPoint, 6f21ada0-01b1-4050-8e08-7f5d6efe4c72, 3 Халқаро онлайн анжуманига қатнашадиган иштирокчилар рўйхати

2.1. Ta’lim jarayonida keys-stadi texnologiyasidan foydalanishning pedagogik ahamiyati.


Keys-stadi ta’lim jarayonida talabalarni, guruhlarni, voqealarni qayta-qayta tahlil qilish, muhokama qilinayotgan muammoga bog‘liq holda rivojlantiruvchi omillarni ta’kidlab berishdir. Keysda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘naltirilgan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan ma’lum bir vaziyatli tahlil etilishi ta’lim harakatlarda yechim topishiga asoslanadgan ta’lim uslubidir. Ta’lim ta’lim jarayonida keys-stadi metodi tasvirlash va tushunitirish ko‘rinishida qo‘llanilishi mumkin. Ikkinchi turi sabablarni o‘rganish orqali asos bo‘la oladigan prinsiplarni izlab topish uchun qo‘llaniladi.
Keys-stadi texnologiyasi talaba faoliyatini faollashtiruvchi, o‘quv jarayonini bahs-munozaralarga aylantiruvchi, bir so‘z bilan aytganda muammoli vaziyatlarga nisbatan yangi ijobiy yechimlarni tug‘ilishiga ko‘maklashuvchi ta’lim texnologiyasidir. Bu texnologiya uzoq davrlar davomida shakllanib, bugungi ta’lim tizimiga kirib keldi. Keys-stadi texnologiyasi ham boshqa ta’lim texnologiyalari kabi bugungi ta’lim tizimida o‘z o‘rniga egadir. Keys–stadi texnologiyasini qo‘llashda uni tashkil qilish bosqichlariga katta e’tibor qaratish lozim. Negaki har qanday nazariy jihatdan puxta qurilgan texnologiyani, amaliy faoliyatda to‘g‘ri tashkil qilinmasa u o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda ta’lim ta’lim jarayonida ta’lim maqsadlarni to‘g‘ri qo‘ya olish ustuvor masalardan biridir. Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilishda navbatdagi asosiy bosqichlarni ajratib berish maqsadga muvofiqdir.
1. Keysning didaktik maqsadini shakllantirish. Bu bosqichning tarkibida chaqiriqqqacha qadar boshlang’ich tayyorgarlik fanining ta’lim ish asosalari bo‘limining o‘qitishda keys-stadi metodini kiritish, shu fanning bo‘limlarini,
mavzularini aniqlash, texnologiyaga mos vaziyatlarni tashkil qilish, maqsad va vazifalarni shakllantirish kabilar kiradi.
2. Muommali vaziyatlarni aniqlash. O‘quv amaliy soat mavzularidadan kelib chiqib vaziyatlarni tanlab olish.
3. Keysning dastur xaritasini tuzish. Ya’ni tanlab olingan muammoli vaziyat asosida keysning qo‘llanish bosqichlarini texnologik xaritada aks etirish.
4. Keys modulini tanlash yoki tuzish. Bu jarayonda muammo uchun ma’lum bir modul tanlab olinadi va shu asosda uning tuzilmasi tuziladi.
5. Keysda qo‘llaniladigan matnini yozish. Keys matni yozishda o‘rganilgan manbalar muhim ahamiyat kasb etadi. Matn qisqa yoki keng hajmda bo‘lishi mumkin.
6. Keysning maqsadlarini to‘g‘riligini, ishlash samarasini eksperimentlar guruhi bilan birgalikda ko‘rib chiqish. O‘quv amaliy soatda qo‘llash mumkin bo‘lgan tayyor keysni oldindan sinovdan o‘tkazish va samaradorligini oldindan bashorat qilish.
7. Keysni yakunlovchi xulosasini tayyorlash. Keysning yakuniy xulosasini tuzish, qo‘llanilgan vaziyatning ma‘qbul yechimlarini oldindan tuzib chiqish.
8. Keysdan foydalanish uchun uslubiy tavsiyalar tayyorlash, talabalar uchun o‘quv vazifalarni oldindan ishlab chiqish, texnologiyani qo‘llash uchun qulay sharoit yaratish.
O‘quv fanining bo‘limlarini o‘qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanish qo‘llaniladigan muammoli vaziyatlar talabada qiziqish uyg‘otishi uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak.
- qiziqarli, talabalar uchun aniq va oddiy tilda yozilishi;
- ijobiy, namunaviy misollar bilan birgalikda salbiy ko‘rsatkichlarning ifodalanishi; - tanlangan talabalar kontigentini mavjud talabalar soniga mosligi, yechim uchun zarur bo‘lgan axborotlar keltirilganligi;
Muammoli vaziyatlar modulini tuzish jarayonida muammoni aniqlash va guruhlashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birgalikda keltirilgan vaziyat yechimi, murakkab va dolzarb mavzular asosida qurilgan bo‘lishi zarurdir.


Download 116 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 116 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim jarayonida keys-stadi texnologiyasidan foydalanishning pedagogik ahamiyati

Download 116 Kb.