Internet texnologiyalari




Download 116 Kb.
bet3/8
Sana22.11.2023
Hajmi116 Kb.
#103427
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17-Keys texnologiyalari va ulardan “internet texnologiyalari” mavzusini o‘qitish jarayonida foydalanish.
TAVSIFNOMA, Мустақил таълим, Mavzu Axborotli olam muammolari va Internet. Maqsad ta’limiy , Tashkiliy hujjatlar, talabalarga kompyuterli animatsiyani oqitishning elektron tizimini yaratish va fojdalanish metodikasi, asadbek, Abdurashid last work, Yuza, 7-sinf test umumiy baza, Презентация Microsoft PowerPoint, 6f21ada0-01b1-4050-8e08-7f5d6efe4c72, 3 Халқаро онлайн анжуманига қатнашадиган иштирокчилар рўйхати
- pedagogik texnologiya – o‘quv jarayoniga texnologik - tizimli yondashuv;  pedagogik texnologiya – maqsad, (vazifa) faoliyat natijalarining yaxlitligi
va muvaffaqiyatini ta’minlashni loyihalashtirish;
pedagogik texnologiya – ta’lim - tarbiyani eng qulay imkoniyatlarini
yaratishga qaratilgan o‘quv jarayonining shakl, metod va vositalarining o‘zaro hamkorligidir.
YUqoridagi ta’riflar orasida eng mukammali, pedagogik texnologiyaning mohiyat - mazmunini to‘liq ochib beradigani nazarimizda YUNESKO bergan ta’rifdir. Zero, ta’lim - tarbiyada kam kuch va vaqt sarflab yaxshi natijalarni tezroq qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatlar - texnik vositalar, o‘qituvchi mahorati, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi iqtidori, salohiyatini inobatga olish shu kunning talabidir.
Ma’lumki, ilmiy - texnikaviy taraqqiyot nafaqat mamlakatimizdagi ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlariga, balki ma’naviy - ma’rifiy, ijtimoiy gumanitar va madaniy sohasiga ham ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etishni taqozo qilmokda. SHu boisdan O‘zbekistonlik olimlar ham boshqa mamlakatlardagi hamkasblari singari ta’lim - tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni
tadbiq etish bo‘yicha birmuncha nazariy va amaliy ishlarni amalga oshirdilar hamda oshirmokdalar.
Zamonaviy pedagogik texnogiyalarning mohiyat mazmunini oydinlashtirishga bo‘lgan urinishlar respublikamizda 1993 yildan boshlandi. SHu yili Buxoroda “Ta’lim-tarbiya jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish” mavzusida ilmiy - amaliy anjuman o‘tkazildi. Mazkur anjumanda “Pedagogik texnologiya”ga ta’lim jarayonining texnik vositalari majmui sifatida qaralayotganligi reproduktiv ta’lim olish ekanligi to‘g‘risida so‘z bordi va reproduktiv ta’lim har qanday ta’limning zaruriy komponenti hisoblanib, u aniq o‘quv predmeti doirasida kishilarning tajribasini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lib, talabalarda ma’lum bilim va ko‘nikmalar “asosini” shakllantirgandan so‘ng produktiv (mahsulli) va ijodiy tadqiqiy ta’lim metodlariga o‘tish mumkinligi turli olimlar tomonidan qayd etildi.
Respublikada pedagogik texnologiyani ta’lim - tarbiya jarayoniga tadbiq etish va uni fan sifatida e’tirof etishni birinchilardan bo‘lib pedagog olimlardan B.L.Farberman, N.S.Sayidaxmedov, M.Ochilov, O.Roziqov, X.Abdukarimov, T.Nazarova, K.Zaripov, B.Ziyomuhammedov va boshqalar talqin qildilar. Bular tomonidan pedagogik texnologiyaning mazmun mohiyatini aniqlashtirish, uning xududga mos variantini yaratish, ta’limni texnologiyalashtirish vositasida o‘quvchi shaxsini shakllantirish, o‘qituvchi pedagogik mahoratini yuksaltirish masalalari ko‘tarilib chiqildi.
B.L.Farbermanning fikriga ko‘ra, “Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib pedagogikada ijtimoiy - muxandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holda olib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisasidir”. Ma’ruzamizning birinchi paragrafida biz “texnologiya” tushunchasining mohiyati ustida to‘xtalib uning ishlab chiqarish uslublari, tayyorlash metodlaridan iborat hunar fani deb ta’riflagan edik. Darhaqiqat, ishlab chiqarish texnologiyasi ma’lum ashyolarga ishlov berish, ularni qayta ishlash metodlari tavsifini bildiradi. O‘qitish texnologiyasi esa ta’lim
oluvchilarga ta’lim tarbiya berish va ularning ongiga tafakkurini, dunyoqarashini rivojlantirib berish hunari, san’ati va metodlari majmui to‘g‘risidagi ta’limoti degan ma’noni anglatadi. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashilganda O‘zbekistonda pedagogik texnologiyani o‘quv tarbiya jarayoniga olib kirish zarurligini targ‘ib qilgan va ilmiy asoslangan olimlardan N.Sayidaxmedovning pedagogik texnologiyaga bergan ta’rifi mantiqqa to‘g‘ri keladi. Uning fikricha: “Pedagogik texnolgiya - bu o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni”.
Bu ta’rifda pedagogik texnologiya shaxs sifatlarini shakllantirish uchun o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan maqsadga erishish tizimi loyihasi deb qaraladi. Darhaqiqat har bir loyiha ilmiy asoslangan holda va texnologik talablarga javob bergan takdirdagina shaxs rivojlanishini hamda o‘quv tarbiya jarayonining amalga oshishini ta’minlay oladi.
Pedagogik olim K.Zaripov pedagogik texnologiyani pedagogik mahorat, pedagogik ijod, ijodiy faoliyatning mahsuli deb qarab pedagogik texnologiya yordamida ta’lim jarayonidagi xato, kamchiliklarni mavxumini loyihalashtirib, uni asta - sekinlik bilan voqe’likka aylantirish deb qaraydi va bu tushunchani shunday ta’riflaydi: “Pedagogik texnologiya izchil va ketma - ket amaliy faoliyatga, ta’lim-tarbiya jarayoniga avval rejalashtirilgan maqsadni amalga oshirish va ma’lum loyihani pedagogik tizim amaliyotiga qo‘llashdir”.
M.Ochilov pedagogik texnologiyani ta’lim jarayoniga tizimli texnologik yondashuv; ta’lim maqsadlarini oydinlashtirish (identifikatsiyalash), natijani kafolatlash, faoliyatni ob’ektiv baholash deb qarab “pedagogik texnologiya” tushunchasiga shunday ta’rif beradi:
“Pedagogik texnologiya - tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob’ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarining o‘zaro ta’sirini inobatga olib, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan metod va metodlar majmuidir.”
Pedagogika fanlari doktori, professor N.N.Azizxo‘jaevaning ta’rifi quyidagicha: “Pedagogik texnologiya - pedagogik faoliyatni bosqichma - bosqich amalga oshirib, ta’lim va shaxsning barkamol bo‘lishi taraqqiy etishga qaratilgan maqsadga erishish tizimining loyihasidir”.
Pedagogik texnologiyaga pedagogik jarayonning majmui sifatida qaralib uni bosqichma - bosqich amalga oshirilishi to‘g‘risida fikr yuritgan olimlardan biri B. Ziyomuhammedov va SH. Abdullaevalardir. Ularning fikricha “Pedagogik jarayon majmuini muayyan vaqt mobaynida bosqichma - bosqich amalga oshirilishi – pedagogik texnologiya deyiladi”. SHunga ko‘ra ”Pedagogik texnologiya - bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini majmui sifatida qo‘rib, uni tashkil qiluvchi qismlari bo‘lgan o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi(talaba)larga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma - ketlikda ko‘rsatgan ta’sirini nazoratga tutuvchi va ta’lim natijasini baholab boruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir”. Mazkur ta’rifda shu narsa ko‘zga tashlanadiki, pedagogik texnologiya ta’lim tarbiya jarayonini bir butunlikda ko‘radi, ta’limning maqsadi, mazmuni, o‘qitish metodlari va vositalarini bilim beruvchi va bilim oluvchilarni majmuiga keltirishni, o‘qitish bosqichlarini loyihalashni, uning borishini nazorat qilish, natijani kafolatlashni ham majmuaga keltirishni nazarda tutadi. Uning yana bir xususiyati shundaki, ilmiy asoslangan yaxshi loyihalangan pedagogik texnologiya o‘qituvchi mahoratidan qat’iy nazar ko‘zlangan maqsadga erishishni kafolatlaydi, o‘quvchi ta’lim tarbiyaning yakunida egallagan bilimlarni faol amalga oshiruvchisiga aylanadi.
SHunday qilib, pedagogik texnologiya ilmiy konsepsiyaga asoslangan maqsadni belgilash va unga erishishda ijtimoiy, didaktik, ruhiy-pedagogik, falsafiy nazariyaga suyangan vazifa, faoliyat, natija yaxlitligi, muvaffaqiyatini ta’minlaydigan, ta’lim - tarbiyaning loyihalangan jarayoni, tamoyillari metodlari, vositalarining o‘zaro hamkorlikdagi birligidir.
SHu o‘rinda ikkinchi masalaning xulosa sifatida pedagogika fanlari doktori, professor M.Ochilovning fikriga qo‘shilgan holda pedagogika nazariyasi va
amaliyotida tan olingan va ilmiy nazariy jihatdan asoslangan, pedagogik olimlar bildirgan fikrlarni tahlil qilib, pedagogik texnologiyaning mohiyat - mazmuniga quyidagilarni kiritishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
- ta’lim jarayonini oldindan loyihalash va sinfda o‘quvchilar bilan qayta ishlab chiqish;
- tizimli yondashuv asosida talabalarning o‘qish - bilish faoliyatini tasvirlaydigan ta’lim jarayoni loyihasini tuzish;
- ta’lim maqsadi real, aniq diagnostik bo‘lishi va o‘quvchining bilim o‘zlashtirish sifatini ob’ektiv baholash;
- ta’lim jarayonining tuzilishi va mazmunini yaxlitligi, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sirda bo‘lishi;
- ta’lim shakllarini optimallashtirish (qulaylashtirish);
- ta’lim jarayonida texnik vositalar va inson salohiyatining o‘zaro ta’sirini
hisobga olish;
- ta’lim maqsadlarini ko‘zlagan etalon asosida o‘quvchilarning
kuzatiladigan, o‘lchanadigan xarakterlari shaklida juda oydinlashtirish;
- talabaning faolligiga tayanib o‘qitish;
- bilim o‘zlashtirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlab, kuzatib
borish;
- shakllantiruvchi va izohlovchi baholar;
- belgilangan mezonlarga binoan test vazifalarini bajarish;
- ta’limning kafolatlanganligi;
- ta’lim samaradorligining yuqoriligi;
- majmuaga keltirishni nazarda tutadi.
Uning yana bir xususiyati shundaki, ilmiy asoslangan, yaxshi loyihalangan
pedagogik texnologiya o‘qituvchi mahoratidan qat’iy nazar ko‘zlangan maqsadga erishishni kafolatlaydi, o‘quvchi ta’lim - tarbiyaning yakunida egallagan bilimlarni faol amalga oshiruvchisiga aylanadi.
SHunday qilib, pedagogik texnologiya ilmiy konsepsiyaga asoslangan, maqsadni belgilash va unga erishishda ijtimoiy, didaktik, ruhiy - pedagogik,
falsafiy nazariyaga suyangan, vazifa, faoliyat, natija yaxlitligi. Muvaffaqiyatini ta’minlaydigan, ta’lim - tarbiyaning loyihalangan jarayoni tamoyillari, prinsiplari, metodlari, vositalarining o‘zaro hamkorligidagi birligidir.

Download 116 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 116 Kb.