II.Bob. Keys-stadi ta’lim tizimining kategorial apparati




Download 116 Kb.
bet5/8
Sana22.11.2023
Hajmi116 Kb.
#103427
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17-Keys texnologiyalari va ulardan “internet texnologiyalari” mavzusini o‘qitish jarayonida foydalanish.
TAVSIFNOMA, Мустақил таълим, Mavzu Axborotli olam muammolari va Internet. Maqsad ta’limiy , Tashkiliy hujjatlar, talabalarga kompyuterli animatsiyani oqitishning elektron tizimini yaratish va fojdalanish metodikasi, asadbek, Abdurashid last work, Yuza, 7-sinf test umumiy baza, Презентация Microsoft PowerPoint, 6f21ada0-01b1-4050-8e08-7f5d6efe4c72, 3 Халқаро онлайн анжуманига қатнашадиган иштирокчилар рўйхати

II.Bob. Keys-stadi ta’lim tizimining kategorial apparati

2.1 Keys-stadi ta’lim tizimining kategorial apparati


Keys-stadi ta’lim tizimining kategorial apparati. Tegishli metodning kategorial apparatini shakllantirish undan foydalanishning samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini beradi hamda ta’lim jarayonida metodning texnologizastiyasiga yo‘l ochadi. Keys - stadi ta’lim texnologiyasining asosiy tushunchalari qatoriga “vaziyat” va “analiz”, bu ikki tushunchaning uyg‘unlashuvidan kelib chiqqan “vaziyat analizi” kiradi. Falsafa nuqtai nazardan “vaziyat” atamasi o‘z ichiga bir qator kontekstlarni birlashtiradi. Shuning uchun, ushbu atama yuqori darajadagi barqarorsizlik bilan tavsiflanuvchi va o‘z tarkibida bir qator ziddiyatlarga ega bo‘lgan muayyan holat sifatida izohlanishi mumkin. Vaziyat aksariyat hollarda o‘zgarish moyilligiga ega bo‘lib, uning o‘zgarishi ushbu vaziyatda ishtirok etuvchi insonlarning faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Vaziyat insonlar
ta’siriga nisbatan ochiq bo‘lib, insonlarning xatti-xarakatlari esa bu vaziyatda o‘z maqsadlariga erishishlari va qiziqishlarini qondirishlariga bog‘liq bo‘ladi. Vaziyatlar shunday ijtimoiy tizimlarda “paydo bo‘ladi”ki, ularda xulq - atvorning qattiq determinastiyasi kuzatilmaydi, ijtimoiy sohada ko‘plab ijtimoiy kuchlarning o‘rtasida o‘zaro ta’sir, raqobat va kurash mavjud bo‘ladi. Shu tufayli vaziyatlar analiziga asoslangan har qanday metod kabi keys-stadi ta’lim texnologiyasi plyuralizm, o‘z-o‘zini anglash va jamoaviylik, ayni paytda mustaqillikni taqozo etadi.
Keys-stadi ta’lim texnologiyasining yana bir bazaviy kategoriyasi bu “analiz”dir. Analiz kategoriyasi ob’ektni hayolan bo‘laklarga bo‘lish yoki ilmiy tadqiq etish sifatida tushunilishi mumkin. Analizning turli klassifikastiyalari mavjud bo‘lib ommaviy analiz tasnifini quyidagicha belgilaymiz: tizimli analiz, korrelyastion analiz, faktorli analiz, statistik analiz va b. Umuman olganda aytish mumkinki, analizning ushbu barcha turlari keys -stadi texnologiyasi doirasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, bu holatning texnologiyaning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Keys-stadi vaziyatni anglash, tafakkur qilish jarayonida amalga oshishi mumkin bo‘lgan bir qator analitik faoliyat turlari ishtirok etishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchidan yuqori darajadagi metodologik madaniyatni talab etadi.
Keys-stadi texnologiyasining ta’lim ta’lim jarayonida asosiy maqsad o‘quv
guruh talabalarining bilim olish jarayonini faollashtirish, mavjud muammoli vaziyatlarni hal qilish orqali ularning ilmiy–ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek, texnologiya talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalarini hamkorlikda qo‘llashga, taklif qilingan yechimlarni tahlil qilish orqali muqobil yechimini izlashga o‘rgatuvchi ta’lim texnologiyasidir.
Birinchi bobda keys-stadi texnologiyasining vujudga kelish tarixi haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek keys-stadi texnologiyasining vujudga kelishida qadim yunon maktablarining ahamiyati kattaligi ko‘rsatilib o‘tilgan.
Umuman olganda keys-stadi texnologiyasi ilk marotaba 1870 yilda Garvard biznes maktabida qo‘llanila boshlangan. “Muammo” (situatsiya) atamasiga keladigan bo‘lsak, ushbu so‘z ko‘proq tibbiyot va huquqshunoslik sohalarida qo‘llanilib kelingan, ta’lim tizimida bu so‘z yangicha talqin qilinadi.
Keys-stadi texnologiyasi asosan iqtisod fanlarini o‘qitishda qo‘llanilib kelingan. Amaliy iqtisodiy masalalarni yechishda qo‘llaniluvchi bu texnologiya keyinchalik barcha sohalarda foydalanilib borilgan. Shuningdek hozirda dunyo bo‘yicha maxsus keyslar ishlab chiquvchi Garvard biznes maktabi, Virjiniya universitetining Darden maktabi, Michigan universitetidagi Ross biznes maktabi, Richard Ivey biznes maktabi, Osiyo menejment instituti, Hindiston menejment instituti, Ahmedobod va Kong universitetidagi Osiyo keys tadqiqot markazlari mavjud.
Dissertatsiya ishining birinchi bobida shuningdek keyslarning o‘rganilish manbalari ham tahlil qilingan.
Keys-stadi texnologiyasi hozirgi kunda ta’lim fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiya sifatida ta’lim tizimida samarali qo‘llanilishida samarali ishlar rejasi asosida tashil etilmoqda.
Hozirgi ta’lim tizimidagi samarador o‘qitish texnologiyasi - bu muammoli o‘qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi
maqsadlariga mos keladi.
Muammoli o‘qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o‘qitishniig
reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o‘sib boradi.
Hozirgi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o‘qitishning turli tarif
va tavsiflar bor. Bizningcha, nisbatan to‘liq va aniq ta’rif M.I.Maxmudova tomonidan berilgan bo‘lib, unda muammoli o‘qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlil, umumlashtirsh) hisobga olingan o‘rgatish va dars berish usullarini qo‘llash qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga bo‘lgan qiziqish va talab...) tizimi sifatida izohlanadi.
Muammoli o‘qitishning mohiyatini o‘qituvchi tomonidan talabalarning o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil atadi. Bu esa bilimlarni o‘zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.
Ma’lumki, o‘qitishning har qanday asosida inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular negizida shakllangan pedagogik fanning tamoyillari va qoidalari yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayonni mantiqiy bilish ziddiyatlarini hal qilishda ob’ektiv qonuniyatlari didaktik tamoyillarga tayanadi.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik «vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o‘rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o‘qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo‘lidagi kutilmagan to‘siq» bilan bog‘langan aqliy mashaqqat holati emas. U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida avval o‘zlashtirilgan bilim izlari yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog‘liq emasligini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. Yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog‘lanmasa, aqliy mashaqat muammoli bo‘lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq
qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob’ekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo‘lgan vazifa, masala bo‘yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi.

Download 116 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 116 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.Bob. Keys-stadi ta’lim tizimining kategorial apparati

Download 116 Kb.