Keys-stadi ta’lim texnologiyasini ta’lim jarayonida qo‘llanishi haqida umumiy tushuncha




Download 116 Kb.
bet4/8
Sana22.11.2023
Hajmi116 Kb.
#103427
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17-Keys texnologiyalari va ulardan “internet texnologiyalari” mavzusini o‘qitish jarayonida foydalanish.
TAVSIFNOMA, Мустақил таълим, Mavzu Axborotli olam muammolari va Internet. Maqsad ta’limiy , Tashkiliy hujjatlar, talabalarga kompyuterli animatsiyani oqitishning elektron tizimini yaratish va fojdalanish metodikasi, asadbek, Abdurashid last work, Yuza, 7-sinf test umumiy baza, Презентация Microsoft PowerPoint, 6f21ada0-01b1-4050-8e08-7f5d6efe4c72, 3 Халқаро онлайн анжуманига қатнашадиган иштирокчилар рўйхати

1.2. Keys-stadi ta’lim texnologiyasini ta’lim jarayonida qo‘llanishi haqida umumiy tushuncha.


Keys-stadi inglizcha “case” - aniq vaziyat, “stadi” – ta’lim so‘zlarining birikuvidan hosil qilingan bo‘lib, aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir.
Keyslar metodi (Case method) yoki keys-stadi (case-study), aniq vaziyatlar analizi (tahlili) metodi bo‘lib, real ijtimoiy, iqtisodiy, biznes vaziyatlar ta’rifidan foydalanuvchi ta’lim texnikasi hisoblanadi. Ta’lim oluvchilardan berilgan vaziyatni tahlil qilish, muammolar mohiyatini anglash, ushbu muammolarning muqobil echimlarini izlash va ular orasidan eng afzalini tanlash talab etiladi. Keyslar real dalilli materiallarga yoki real vaziyatga maksimal ravishda yaqinlashtirilgan ma’lumotlarga asoslanadi.
Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o‘rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o‘quv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yo‘li sifatida qo‘llanilsa, metod xarakteriga ega bo‘ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o‘zida aks ettiradi.
Ushbu metod dastlab 1924 yilda Garvard biznes maktabi (Harvard Business School)da qo‘llangan. Garvard biznes maktabining o‘qituvchilari biznes yo‘nalishidagi aspirantura bo‘limi uchun to‘g‘ri keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani echish uchun biznes maktabining o‘qituvchilari tomonidan qo‘yilgan dastlabki qadam etakchi biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menejerlarning faoliyati, unga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batavsil xisobot yozish bo‘ldi. Ma’ruza tinglovchilariga u yoki bu tashkilot to‘qnash kelgan konkret vaziyat ta’rifi ushbu vaziyat tahlil qilinishi va mustaqil ravishda yoki jamoa bo‘lib munozara tashkil etish vositasida uning echimi topilishi uchun berilardi. Keys metodi biznes yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarida keng targ‘ib etiladi. Kun sayin ushbu texnologiyaning tarafdorlari ortib bormoqda. XX asrning 50 yillaridan boshlab biznes-keyslar G‘arbiy Evropa mamlakatlarida ommalashadi. Evropaning etakchi
biznes maktablari INSEAD, LBS, HEC, LSE, ESADE va boshqalar keys-stadi ta’lim texnologiyasi vositasida dars beribgina qolmay ushbu keyslarni yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar. 2000 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab keys-stadi ta’lim texnologiyasiga qiziqish ortib boradi – oliygohlar qoshida turli to‘garaklar (Keys klublar)tashkil etila boshlaydi. Bundan tashqari turli tashkilotlar keys-stadi yuzasidan bellashuvlar va boshqa tadbirlarni uyushtira boshlaydilar (masalan,Changellenge>>, FutureToday). 1909 yildan 1919 yilgacha bo‘lgan davrida keys metodi asosida ta’lim quyidagi sxema asosida tashkil etilgan: amaliyotchi talabalarga aniq vaziyatni bayon etish, undan so‘ng ushbu vaziyat analizini berish va nihoyat muammo echimini aniqlash va isbotlash ko‘rsatmasi berilar edi. Eng birinchi keyslar to‘plami 1921 yilda (Dr. Copeland, Dean Donhman tomonidan) chop etilgan edi.
2000 yillarning birinchi yarmidan boshlab chet el oliy o‘quv yurtlarida tabiiy fanlar va texnik fanlarni o‘qitishda keys - stadi texnologiyasidan foydalanish tendenstiyasi kuzatilib, hozirgi kunda keys-stadi ta’lim texnologiyasi muammoli ta’limning etakchi usullaridan bo‘lib qoldi, eng umumiy tarzda keys - stadi texnologiyasining mohiyati quyidagicha izohlanishi mumkin: ushbu texnologiya vositasida o‘quvchi (talaba)ga real hayotiy vaziyatni anglash taklif etiladi, ayni paytda bu vaziyatning tavsifida nafaqat u yoki bu amaliy muammo, balki shu muammoni echish natijasida egallanishi zarur bo‘lgan bilimlar kompleksi aktuallashishi ham kuzatiladi. Ta’kidlash joizki, muammoning o‘zi mohiyatan echimga ega bo‘lmaydi.
Keys-stadi ta’lim texnologiyasining Rossiya ta’lim tizimiga kirib kelishi XX asrning 70-80 yillariga to‘g‘ri kelsada, amalda ushbu texnologiyaning ta’lim tizimi sharoitida ommalashuvi XXI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Rossiyada ushbu metodni ishlab chiqish va asoslashga G.A. Bryanskiy, Yu.Yu. Ekaterinoslavskiy, O.V. Kozlova, Yu.D.Krasovskiy, V.Ya. Platov, D.A. Pospelov, O.A. Ovsyannikov, V.S. Rapopport va boshqalar hissa qo‘shdilar. Ayni paytda O‘zbekiston ta’lim tizimiga ham keys-stadi ta’lim texnologiyasi muammoli ta’lim texnologilari qatorida kirib kelgan va bugungi kunda eng samarador metodlardan
biri hisoblanadi.
Keys-stadi ta’lim texnologiyasi – bu ta’limdagi metodik yangilik bo‘libgina
qolmay, balki uning ta’lim tizimida keng ishlatilishi zamonaviy ta’lim tizimidagi vaziyatga ham bog‘liq. Aytish mumkinki, ushbu texnologiya asosan yangi bilim, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga emas, o‘qituvchi va talabalarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Keys - stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida talabalar tomonidan eng afzal ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Buning sababi sifatida ushbu metod talabalarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) talabalarning professionalizastiya jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan “ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivastiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi. Bunga albatta, ta’lim tizimining demokratlashuvi va modernizastiyalashuvi, pedagogik kreativlikka ochilgan keng yo‘l, ularda progressiv tafakkur uslubini hamda pedagogik etika, pedagogik faoliyat motivastiyasini shakllantirishi ham misol bo‘la oladi 1.
Keys - stadi ta’lim texnologiyasi tarkibidagi keysdagi harakatlar tavsif ko‘rinishida berilishi mumkin, bunda talabadan ushbu tavsifni anglash, ya’ni tavsiflangan vaziyatning natijalari, effektivligi yuzasidan mushohada yuritish talab etiladi. Aks holda ular muammoning echimlari sifatida taklif etiladi. Har ikkala holatda ham amaliy harakatlar modelini ishlab chiqish ta’lim oluvchilarning kasbiy fazilatlarini shakllantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.
V.Ya. Platov keys-stadi texnologiyasining quyidagi afzal va boshqa ta’lim texnologiyalaridan ajralib turuvchi jixatlarini belgilaydi:
1. U yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy tizim modelining mavjudligi hamda ushbu model holatining muayyan vaqt birligi ichida ta’hlil etilishi;
2. Muammo yechimini aniqlashga jamoaviy tarzda erishish;
3. Muammoning yechimida turli alternativalarning mavjudligi. Yagona
yechimning mantiqan mavjud emasligi;
4. Muammo yechimini izlashda yaxlit maqsad;
5. Faoliyatni baholashning guruhiy tizimining mavjudligi.
Ushbu o‘ziga xosliklar va boshqa omillar ta’sirida keys - stadi ta’lim
texnologiyasi ta’lim tizimi sharoitida keng tarqalmoqda. Ammo ushbu metodning ta’lim tizimida samarali qo‘llanishida bir qator murakkabliklar ham kuzatiladi. Eng avvalo ular pedagog kadrlarning tegishli metodning metodologik asosiga yuzaki yondashuvi natijasida vujudga keladi. Ko‘pincha, keys - stadi ta’lim texnologiyasi ostida ta’lim tizimiga “sohta”vaziyatlar, boshqacha aytganda “hayotiy” vaziyatlarning kirib kelishi kuzatiladi, ta’limiy munozara esa “hayot haqidagi suhbat”ga aylanadi. Ammo ayni paytda keys - stadi ta’lim texnologiyasi o‘qituvchining kasbiy kompetentligini oshirish vositasi bo‘lib, ta’limning tarbiyaviy, ta’limiy va tadqiqotchilik funkstiyalarini birlashtirishga xizmat qilishi mumkin. Ushbu metodning samaradorligini oshiruvchi yana bir omillardan biri uning boshqa ta’lim metodlari bilan oson birikishidadir.



Download 116 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 116 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keys-stadi ta’lim texnologiyasini ta’lim jarayonida qo‘llanishi haqida umumiy tushuncha

Download 116 Kb.