• I.Bob. Keys-stadi ta’lim texnologiyasini ta’lim jarayonida qo‘llanishi haqida umumiy tushuncha.
  • Internet texnologiyalari




    Download 116 Kb.
    bet2/8
    Sana22.11.2023
    Hajmi116 Kb.
    #103427
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    17-Keys texnologiyalari va ulardan “internet texnologiyalari” mavzusini o‘qitish jarayonida foydalanish.
    TAVSIFNOMA, Мустақил таълим, Mavzu Axborotli olam muammolari va Internet. Maqsad ta’limiy , Tashkiliy hujjatlar, talabalarga kompyuterli animatsiyani oqitishning elektron tizimini yaratish va fojdalanish metodikasi, asadbek, Abdurashid last work, Yuza, 7-sinf test umumiy baza, Презентация Microsoft PowerPoint, 6f21ada0-01b1-4050-8e08-7f5d6efe4c72, 3 Халқаро онлайн анжуманига қатнашадиган иштирокчилар рўйхати
    Kurs ishinig vazifalari: Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:
    keys stadi usulini qo’llash asosida o’qitish metodikasidan, ushbu ta’lim tizimini o’qitishda xamda talabalarning bilim va ko’nikmalarini shakillantirishda samarali foydalanish mumkin.
    Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat

    I.Bob. Keys-stadi ta’lim texnologiyasini ta’lim jarayonida qo‘llanishi haqida umumiy tushuncha.

    1.1. Pedagogik texnologiya tushunchasining mohiyati va mazmuni.


    lozim. “Texnologiya” so‘zi 1872 yilda qo‘shma, yunoncha, ya’ni “texnos” – san’at, mahorat va “logos” - fan so‘zlaridan olinib, “mahorat fani" ma’nosini, “O‘zbek tilining” 1981 yilda nashr etilgan izohli lug‘atida esa “ishlab chiqarish protsesslari, metod va vositalari xaqidagi bilimlar majmui” degan ma’noni anglatadi.
    Buni pedagogika faniga ko‘chirib, “pedagogik texnologiya” deb izohlaydigan bo‘lsak, unda “ta’lim - tarbiya qoidalari, metodlari shakl va vositalari xaqidagi bilimlar majmui” degan ma’no kelib chiqadi. CHunki “Pedagogika” bu ta’lim - tarbiya demakdir. SHunday qilib, “pedagogik texnologiya” bu ta’lim -tarbiya jarayonining qoidalari, metodlari, shakllari, vositalarining mukammaligini anglatuvchi bilimlar yig‘indisi yoki san’atidir. Zero, har bir o‘qituvchi, o‘qitish va tarbiyalashning qoida, shakl, metod, vositalarini mukammal, san’at darajasida bilsa, shunga qarab o‘qish jarayonini tashkil qilsa, o‘quvchini mustaqil o‘qishga, mustaqil fikrlashga, mutolaa qilishga o‘rgatadi va ko‘zlangan maqsadga erishadi.
    SHunday qilib, “YAngi pedagogik texnologiya” bilimli bo‘lishni, iste’dodni rag‘batlantirishni nazarda tutgan, o‘quv tarbiya jarayonini san’at, mahorat darajasiga ko‘tarishga imkon yaratadigan, ta’lim sohasidagi barcha islohotlarning harakatlantiruvchi kuchidir.
    “Pedagogik texnologiya” tushunchasiga berilgan ta’riflar.
    Ma’lumki, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek mamlakatimizning bozor
    iqtisodiyotiga bosqichma - bosqich o‘tib borishi tufayli ishlab chiqarishning barcha jabxalari uchun ishbilarmon, o‘z kasbini mukammal biladigan tadbirkor, tashabbuskor mutaxassislar tayyorlash talab etiladi. Bunday mutaxassislar zamonaviy texnika, uning ishlash texnologiyasi bilan qurollangan bo‘lishlari va bu jarayonga ishtirok etish malakalariga ega bo‘lishlari lozim bo‘ladi.
    Buni faqat oliy ta’limning o‘qitish jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish orqali, bo‘lajak mutaxassislarda yuksak kasbiy malakalarni shakllantirish mumkin. SHu bois mazkur muammo respublikamiz olimlarining diqqat markazida turibdi. Mazkur mavzu doirasida mamlakatimizda maqolalar, qo‘llanmalar, risolalar nashr etilmokda.
    Ilmiy pedagogik adabiyotlarni o‘rganishi va tahlil qilish, shundan dalolat bermoqdaki, ayni vaqtda “yangi pedagogik texnologiyalar” tushunchasini ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘zining yagona bir ta’rifi, mazmunining echimiga kelgan emas. “Pedagogik texnologiya” tushunchasining tarixiy shakllanishi va rivojlanishida turlicha yondashishlar sodir bo‘lgan.
    Pedagogika fanlari doktori professor Nurali Saidaxmedov ushbu sohaning etakchi mutaxassisi sifatida muammoni yoritayotgan olimlarning g‘oyalarini fikrli ravishda 3 guruhga ajratib, quyidagicha izohlaydi:
    - ba’zi olimlar masalaga “pedagogikadagi zamonaviy yo‘nalish” deb an’anaviy yondashadilar va o‘z imkoniyatlari doirasidagi muammoga ilk bor qo‘l uradilar (X.Abdukarimov, K.Zaripov, T. Nazarov, U.Nishonaliev);
    - boshqa guruh tarafdorlari ta’limning bugungi ahvoliga qayg‘uradilar va uni inqirozdan qutqaruvchi kuch, texnologiyalashtirish deb qaraydilar (I.YA.Lerner, F.Fradkin, Dj. Bruner, T.Sakamota);
    - uchinchi guruh olimlari texnologiyalashtirishni ob’ektiv jarayon deb yangicha sifatiy muammolarni echish uchun ta’limning evolyusion bosqichga ko‘tarilish shartlaridan biri ekanligini e’tirof etadilar. (V.P.Bespalko, M.V.Klarin, M.Klark, T.A.Ilina).
    Ko‘rib chiqilgan barcha yo‘nalishdagi qarashlarda an’anaviy pedagogik texnologiyadan ma’lum darajada chekinish va pedagogik texnologiyaga texnik rivojlanish taraqqiyoti nuqtai nazaridan qarash g‘oyasi mavjudligi seziladi. SHuningdek, yangi pedagogik texnologiyalarga shaxsni rivojlantirish jarayoni shaxsga yunaltirilgan ta’lim deb qarash mujassamlashgan. Zero, mustaqillik va demokratik rivojlanish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning bosh vazifasi ham ta’lim oluvchilarning ma’naviy - axloqiy tarbiyalashdan iboratdir. Ma’lumki, o‘quv jarayoni texnologik tayyorgarlikning asosi hisoblanib barcha operatsiyalar, o‘qitish jarayoni orqali amalga oshiriladi.
    SHunga ko‘ra, professor N.Avliyoqulovning ta’biricha “Texnologiyani” o‘qitish jarayoniga joriy etish pedagogik texnologiyaning vazifalaridan biri hisoblanadi”.
    Bu qarashlarning barchasida yangi pedagogik texnologiyalarga o‘qitishning zamonaviy uslubi deb anglash mavjud.
    Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaga o‘qitishning bir yangi uslubi, shakli yoki boshqarish uslubi sifatida qarash unchalik mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, chunki pedagogik texnologiya tushunchasini o‘quv jarayonini tashkil qilish, boshqarish, baholash, tahlil qilish jarayonlarining bir yoki bir necha sohasini, bosqichlarini qamrab oladigan, ilmiy - amaliy asoslangan yondashuv, texnik va informatsion uslublar tizimlari deb atash bir oz mantiqqa yaqin bo‘ladi.
    SHuni e’tirof etish joizki, “YAngi pedagogik texnologiyalar” termini hali standartlashtirilmagan, uning mohiyati ilmiy jihatdan to‘liq ochib berilmagan mahsuli, taraqqiyot omili va ta’lim islohotlarining kuchi sifatida unga ta’riflar berilgan. Bu ta’riflarda ma’lum darajada pedagogik texnologiyaning mohiyati, mazmuni, uning davr bilan hamnafaslik tomonlari echimini topa olgan.
    Endi mazkur ta’riflarni qo‘rib chiqamiz. Xalqaro tashkilot YUNESKOning ta’rifiga ko‘ra “Pedagogik texnologiya - bu, ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyatini hamda ularning o‘zaro ta’sirini inobatga olib, o‘qitish va bilish, o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo‘llashning tizimli metodidir” (YUNESKO). Bu ta’rifda pedagogik texnologiyaning ko‘p jihatlari ochib berilgan bo‘lib asosan ta’lim -tarbiya jarayoniga yakka xolda emas, balki tizimli yondashish asos qilib olingan.
    Ushbu ta’rifga mazmun va mohiyat nuqtai nazaridan yaqin ta’rifni fikrimizcha Yapon pedagogi, olim T.Sakamoto izohlagan. Uning fikricha “Pedagogik texnologiya - bu majmuali fikr yuritish metodini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir majmuaga keltirishdir” Mazkur, yuqoridagi ikki ta’rif, shubxasiz tayanch so‘zlar “tizimli yondashuv” va “majmuali yondashuv” asosiy, pedagogik texnologiya mazmunini anglatuvchi tayanch so‘zlar bo‘lib, ta’riflardagi boshqa barcha so‘zlar tizim sifatida pedagogik texnologiya mohiyatini tavsiflaydi.
    Xuddi mana shu sistemali, majmuali yondashuv pedagogik texnologiyani boshqa texnologiyalardan ajratib turadi va ta’lim maqsadlari, ta’lim – tarbiya
    mazmuni, o‘qitish va metodlari hamda ta’lim natijalarini oldindan kafolatlashni o‘zaro bog‘liqda va aloqadorlikda nazarda tutib, nazorat qilish va baholashni amalga oshiradi. Aynan mana shu xususiyat an’anaviy ta’limda etishmaydi, Masalan, an’anaviy ta’limda o‘qitish jarayoni o‘quv axborotlarini eshitish, esda saqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, bunda talabaning aktiv faoliyati, operatsiyalarni mustaqil bajarishi, tashkilotchiligi, boshqaruvchiligi esdan chiqarib qo‘yilgan. YOyinki, ma’lum o‘quv yurtida, har bir o‘quv predmetining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zga fanlardan farqli tomonlari hisobga olinma yo‘llarni nazorat qilish va baholashni ma’muriyat tomonidan bir xil metodda amalga oshirish qoyida bo‘lib qolgan.
    Pedagogik texnologiyaning mohiyat - mazmunini o‘rganish, unga davr fan -texnika, xudud xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish faqat uzoq xorijda emas, balki mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)da ham amalga oshiriladi.
    Pedagogik texnologiyani ta’lim jarayoniga tadbiq etish g‘oyasini Rossiyada birinchilardan bo‘lib V.P.Bespalko amalga oshirdi.
    Ma’lumki, G‘arb va SHarq olimlarining fikrlariga ko‘ra pedagogik texnologiyada belgilangan dastlabki maqsad va mazmun asosida o‘quv jarayoni rejalashtiriladi, uni amalga oshirish loyihalari ishlab chiqiladi, natija kafolatlanadi. Bunday yondashuvda o‘quvchi shaxsining ustivorligi, ta’limning o‘quvchi shaxsini faol shakllantirishga xizmat qilishi esdan chiqarib qo‘yilayapti. Mana shu kamchilikni birinchilardan bo‘lib V.P.Bespalko payqadi va uni to‘ldirishga harakat qiladi. Uning ta’biricha: “Pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir”. Bu ta’rifda pedagogik texnologiya pedagogik jarayonning shunday mexanizmlarining umumlashgan texnologik asboblari tarzida qayd etiladiki, unga inson salohiyatidan qat’iy nazar ushbu asboblar oldindan tuzilganligi va loyihalanganligi tufayli shaxsning shakllanish jarayonini kafolatlay oladi. Demak, ta’lim - tarbiya jarayoni pedagogik texnologiya asosida ko‘rilsa, barcha pedagogik mexanizmlar ishlab chiqarish korxonasidagi texnologik xarita singari, bola shaxsining shakllanishi uchun
    poydevor yaratib shaxsiy fazilatlar (bilim, iqtidor, malaka, tarbiya) shakllana boradi. Bu ta’lim jarayoniga texnologik yondashuvning hosilasidir.
    O‘quv jarayonining pedagogik texnologiyasi g‘oyasini ko‘tarib chiqqan rus pedagoglaridan biri M.V.Klarin pedagogik texnologiyani ta’riflab shunday yozadi: “Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayoniga texnologik yondashgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad, mazmun, yo‘nalish, ko‘rsatgichlaridan kelib chiqib, o‘quv jarayonini loyihalash va tizimli yondashishdir”.
    Ushbu ta’rifdan shu narsa ma’lumki, o‘quv maqsadlariga erishish va yaxshi natijani qo‘lga kiritishning muhim sharti o‘qitish texnologiyasining mexanizmi bo‘lgan o‘quv jarayonini loyihalash va ta’limga tizimli yondoshishdir.
    Ta’limga tizimli yondashish g‘oyasi ko‘tarilgandan so‘ng asta- sekinlik bilan pedagogik texnologiyaning mohiyat - mazmuniga ma’lum aniqliklar kiritila borildi. SHunday yo‘nalishda rus olimlaridan biri B.M. Monaxov pedagogik texnologiya mohiyatini “.....avvaldan rejalashtirilgan maqsadlar asosida natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo‘lgan tartibli amallar tizimi deb fikr yuritib, “Pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonining texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg‘unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining sub’ektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi” deb ta’riflaydi.
    Ta’lim maqsadini aniqlash o‘quv biluv faoliyatini optimallashtirish nuqtai nazaridan ham pedagogik texnologiyaga ta’riflar berilgan. SHulardan biri I.YA.Lernerning ta’rifidir. Uning fikricha “Pedagogik texnologiya - o‘quvchilar harakatlarida aks etgan o‘qitish natijalari orqali ishonchi anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi”.
    XX-asrning 90-yillarida Rossiyada “Pedagogik texnologiya” tushunchasi birmuncha kengaytirilib talqin qilina boshlandi. Unga qadar pedagogik texnologiya faqat o‘qitish jarayonini texnologiyalashtirish misolida qaralgan bo‘lsa, endi o‘quv - tarbiya jarayonini tezlashtirish asosida ko‘rish va tarbiya maqsadi, mazmuniga mos keladigan metodlar, vositalar hamda materiallarni tanlash bevosita hamda bilvosita pedagogik texnologiyani loyihalashdagi tarbiyachi - o‘qituvchi faoliyatiga
    xos hujjatlari aspektida qurildi. SHundaylardan biri akademik B.T.Lixachevdir. Uning fikricha: “Pedagogik texnologiya - bu maxsus tanlab olingan o‘quv tarbiya vositalari (sxemalar, chizmalar, diagrammalar) shakllari, metodlarini aniq anglatadigan psixologik pedagogik ko‘rsatmalar yig‘indisidir”. Bunda texnologik jarayon o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilidigan axloqiy bilim, ko‘nikma, malakalar hamda shaxsiy xususiyatlarning shakllanishini ta’minlovchi vosita sifatida ishtirok etadi.
    Bu davrda pedagogik texnologiyaga oid fikrlar, g‘oyalar V.Go‘zeev, V.A.Selastenin, I.Volkov, M.CHoshanov, CH.YUdit, V.Pityukovlarning kitoblarida bayon etilib, ularda pedagogik texnologiya o‘quv - tarbiya jarayonini texnologiyalashtiruvchi omil nuqtai - nazaridan qo‘rib chiqilgan. Bulardan tashqari yana bir guruh psixolog - pedagog olim (N.F.Talizina, YU.N.Kulyutkin, L.M.Fridman va x.k.) larning ta’riflari ham mavjud:

    Download 116 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 116 Kb.