Internet texnologiyalari




Download 116 Kb.
bet7/8
Sana22.11.2023
Hajmi116 Kb.
#103427
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17-Keys texnologiyalari va ulardan “internet texnologiyalari” mavzusini o‘qitish jarayonida foydalanish.
TAVSIFNOMA, Мустақил таълим, Mavzu Axborotli olam muammolari va Internet. Maqsad ta’limiy , Tashkiliy hujjatlar, talabalarga kompyuterli animatsiyani oqitishning elektron tizimini yaratish va fojdalanish metodikasi, asadbek, Abdurashid last work, Yuza, 7-sinf test umumiy baza, Презентация Microsoft PowerPoint, 6f21ada0-01b1-4050-8e08-7f5d6efe4c72, 3 Халқаро онлайн анжуманига қатнашадиган иштирокчилар рўйхати

Xulosa


Keys-stadi texnologiyasidagi muammoli vaziyatlarni tahlil qilishda talabalarning quyidagilarga e’tiborli bo‘lish, yechim sari yo‘l topishda yordam beradi.
- muammoli vaziyat talabidan kelib chiqib uni shakllanish bosqichlarini aniqlash;
- vaziyat aks etgan vaqt va zamon chegarasini aniqlash;
- muammoli vaziyat tasnifi, turini aniqlash;
- vaziyat yechimlarini orasidan ma’qbul variyatini tanlay olish;
- ma’lumotlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash;
- muammoni yechish texnologiyalarini tashkiliy bosqichlarini ishlab chiqish;
- muammoli vaziyatni yechimini guruh bilan birgalikda hal qilish;
Keys-stadi texnologiyasining asosiy tarkibi sabab va oqibatdir. Sabab texnologiyaning dastlabki qismi bo‘lsa, oqibat uning yakunlovchi qismidir. Keysni tahlil qilish jarayonida sabab va oqibatni to‘g‘ri shakllantira olish asosiy o‘rini egallaydi. Sabab va oqibat tahlili muammolarning kelib chiqish manbalarini o‘rganishdan boshlanadi, ular hodisalar orasidagi bog‘lanishlarni aniqlaydi. Sabab va oqibat tahlili quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
- muammoli vaziyatning ob’ektini va predmentini shakllantirish;
- vaziyatlarning sabab va oqibatlarini aniqlashda tayanch ilmiy-tadqiqot manbalarni bo‘lishi;
- sabab va oqibat orasidagi bog‘lanishlarni aniqlash;
- o‘rganilayotgan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish;
Muammoli vaziyatni yechimini topishda turli-xil tahlil qilish usullaridan foydalaniladi.
1. Pragmatik tahlil u yoki bu manbalarni, jarayonlarni, hodisalarni tahlil qilishda ko‘proq ijobiy nuqtai-nazarlarda hisobga olishni nazarda tutadi. Pragmatik tahlilning asosiy tushunchasi ijobiy yechimlarni topish bilan baholanadi. Bu tahlil bir qancha boshqichlarda amalga oshiriladi.
- keysda keltirilgan manbalar, jarayonlar vazifalaridan kelib chiqgan holda fikrash;
- keyslarning mazmundorligini aniqlash;
- muammoli vaziyatni tahlil qilish, muvofaqqiyatsizliklarning sabablarini
o‘rganish;
- keyslarning ilmiy darajalarini, foydalanilayotgan adabiyotlar zahiralarini aniqlash;
- keyslarning ijobiy yechimlar bilan boyitish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
2. Aksiologik tahlil u yoki bu manba hodisalarini oldindan rejalashtirilgan maqsadlar asosida tahlil qilishni nazarda tutadi. Bunday tahlilning asosiy maqsadi jamiyatdagi hodisalarni tafovutlarni o‘rganishdir. Aksiologik tahlil uslubi amaliy faoliyatda hozirgacha qo‘llanilmagan.
3. Prognostik tahlil kelgusida sodir bo‘luvchi muammoli vaziyatga xos yechimlarni bashorat qiladi. O‘zining mazmuniga ko‘ra bu tahlil oldindan bashorat qilish tahlili deyiladi. Bu tahlil qilinayotgan muammoli vaziyatlarning bo‘g‘usi jarayonini bilishga undaydi.
4. Keys–stadi uslubidan foydalanishda vaziyatga xos tahlil asosiy ahamiyatga egadir. Bu tahlilda muammoli vaziyatdan kelib chiqgan holda maqsad va vazifalar, yechimga olib boruvchi usullar belgilab olinadi.
5. Tavsiyalar beruvchi tahlil, bunda muammoli vaziyatga nisbat yechim emas tavsiyalar ishlab chiqiladi. Keltirilgan tavsiyalar orqali vaziyatdagi muammolar hal qilinadi.
Keys-stadi texnologiyasi bilan ishlash jarayonida amalga oshiriladigan vazifalar:
- muammoli vaziyatni tizimlashtirishni amalga oshirish, ular tipologiyasi, tasnifi, natijasi, yechim yo‘llarini aniqlash;
- texnologiyaning vazifasini, muammoli vaziyatni qurshab olgan tashqi va ichki muhit bilan hamkorlikdagi harakatlarini aniqlash;
- muammoli vaziyatning kelib chiqish, sabab-oqibatlarni o‘rganish;
- muammoli vaziyatning faoliyat mazmunini oldindan tashxis qilish, ijobiy yechimlarni ishlab chiqish;
- muammoli vaziyatga xos prognostik tahlilni amalga oshirish ;
- muammoli vaziyatlarda keltirilgan shaxslarga nisbatan tavsiyalar ishlab chiqish;
- muammoli vaziyat faoliyatini aks etiruvchi dastur ishlab chiqish;
Keys - stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida talabalar tomonidan eng afzal ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Buning sababi sifatida ushbu metod talabalarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning tahlili talabalarning professionalizastiya jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jihatdan o‘sishiga xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivastiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi. Bunga albatta, ta’lim tizimining demokratlashuvi va modernizastiyalashuvi, pedagogik kreativlikka ochilgan keng yo‘l, ularda progressiv tafakkur uslubini hamda pedagogik etika, pedagogik faoliyat motivastiyasini shakllantirishi ham misol bo‘la oladi.


Download 116 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 116 Kb.