|
Osiyo taraqqiyot banki (OTB)
|
bet | 10/79 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #142832 |
Bog'liq Инвестиция фанидан якуний назорат ишининг ҷавоблари.Osiyo taraqqiyot banki (OTB) — 1966 yilda tashkil topgan va unga 57 ta mamlakat (41 ta hududiy va 16 ta hududdan tashqari mamlakatlar) a’zo. OTBga a’zolik BMTning Osiyo va Tinch okeani bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’iicha komissiyasidagi barcha mamlakatlar va Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlari (agar ular BMT yoki uning ixtisoslashgan agentliklariga a’zo bo’lsalar) uchun ochiq. A’zolikda mavjud bunday keng imkoniyatlar OTBda Osiyo mintaqasidan tashqari mamlakatlar ulushining ortishiga olib keldi, ularga bank aktsiyalarining qariyb 37%i va ovozlarining 35%i to’g’ri keladi.
OTBning maqsadi Osiyo qitasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy rivojlanishda ko’maklashishi, hududiy hamkorlikni rag’batlantirish, a’zo-mamlakatlarga texnik yordam ko’rsatish va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlash-tirishdan iborat.
40. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar harakatini tartibga solishning mazmuni, zarurligi va ahamiyati.
Jahon amaliyotida xalqaro kapitallar harakatini tartibga solishning milliy va xalqaro usullari qo’llaniladi.
Xalqaro kapitallar harakati jarayonining muhim xususiyatlaridan biri mazkur jarayonga davlatning faol aralashuvidir. Bunda davlat quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
tartibga solish;
nazorat qilish;
rag’batlantirish.
Jahon amaliyotida xalqaro kapitallar harakatini davlat tomonidan tartibga solishda muayyan ziddiyatlar mavjud. Jumladan, mamlakatlar, bir tomondan, xalqaro kapital harakati yo’lidagi mavjud cheklovlarni bartaraf etishga harakat qilishsa, boshqa tomondan, halqaro kapital harakatini cheklash choralarini ko’rishadi.
Jahon amaliyotining ko’rsatishicha, mamlakatdan kapitalning chetga chiqib ketishi xorijiy kapitalning kirib kelishiga qaraganda kamroq darajada tartibga solinadi.
Xalqaro kapital harakatini davlat tomonidan tartibga solishda milliy qonunlar, qarorlar va ma’muriy cheklovlar asosiy o’rin egallaydi. Shunisi e’tiborliki, ko’pchilik sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda (masalan, AQSh, Germaniya, Frantsiya va Buyuk Britaniya) xorijiy investitsiyalarni tartibga solish bo’yicha maxsus qonunlar yoki kodekslar qabul qilinmagan. Biroq boshqa mamlakatlarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ulardan foydalanishga oid maxsus milliy qonunlar qabul qilingan va amal qilmoqda.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish vazifalarini hal qilishda milliy qonunchilikka xorijiy investorlar uchun qulay milliy rejimni shakllantirish haqidagi nizomlar kiritiladi. Milliy rejimda norezidentlar uchun xo’jalik faoliyatini yuritish borasidagi shart-sharoitlar rezidentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan yomon bo’lmasligi kerak. Ushbu qoida muhim ahamiyatga ega. Milliy rejim – xo’jalik yuritish faoliyatining minimal sharoitlari bo’lib, bu minimum sharoitlar xorijiy investorlar uchun yomonlashib, pasayib ketmasligi kerak.
41. Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati hamda ular rivojlanishining bosqichlari va asoslari.
Iqtisodchi-olimlar tomonidan erkin iqtisodiy hudud tushunchasining mazmuni va mohiyati xususida turli fikrlar mavjud. Hozirgi kungacha iqtisodiy adabiyotlarda EIHlarga 30 xilga yaqin ta’rif berilmoqda. Chunki, na xorijiy adabiyotlarda, na mahalliy adabiyotlarda EIHning ko’pchilik tomonidan qabul qilingan umumiy belgilari yoki umumiy ko’rsatkichlari ko’rsatib o’tilmagan. Turli davrlarda EIHning mohiyatidan kelib chiqqan holda turlicha ta’riflanmoqda. Masalan, iqtisodchilardan A.Kuznetsov: «An’anaviy ma’noda EIH deganda, davlatning suveren hududi bo’lib, u erdagi xorijiy tavorlar hech qanday bojxona to’lovlarisiz saqlanishi, sotilishi yoki xarid qilinishi mumkin»21, deb ta’riflaydi.
EIHlarning mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o’ynashini hisobga olgan holda O’zbekistonda ham «Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida»gi22 Qonun qabul qilingan. Unga ko’ra erkin iqtisodiy zona – mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus ajratilgan hududdir. Erkin iqtisodiy zonalar – shunday geofafik hududki, unda mamlakatda qabul qilingan xo’jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to’lash tartibi joriy etiladi. Boshqacha ifodalaganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo’lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo’llanilmaydigan ma’lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi. Erkin iqtisodiy zona – mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismi.
Davlatning EIHni tashkil etish orqali maxsus hududlarga investitsiya oqimini kuchaytirishga qaratilgan intilishlarini T.Danko va Z.Okrutlar ta’kidlab o’tadilar. Ular EIHni «qulay investitsiya muhitini yaratish uchun hamda ishlab chiqarishni, savdo-sotiqni, ilmiy faoliyatni rag’batlantiruvchi omil, mexanizm», deb biladilar.
O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borgan M.Raimjonova EIHni quyidagicha ta’riflagan: «mamlakat hududida maxsus iqtisodiy rejim va ma’muriy boshqaruvga ega bo’lgan, davlat aralashuvi kamaytirilgan va ayni vaqtda uning nazoratidan butkul ozod etilmagan, balki xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat yuritishi uchun mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz va rag’batlantirishlar beriladigan hudud – erkin iqtisodiy hudud, deb tushuniladi»23.
Iqtisodiy adabiyotda turli xildagi hududlarning mohiyatini yoritishda «erkin iqtisodiy hudud» terminidan foydalaniladi. Biroq, bu termin uning mohiyatini to’liq ifoda eta olmaydi. Bunda qo’llaniladigan iqtisodiy qoidalar, maxsus ma’muriy tartib, shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarni aniq belgilangan huquqiy va xo’jalik rejimlaridan butunlay ozod qilmaydi, balki ularni engillashtiradi, ma’lum imtiyozlar beradi. Ko’rinib turibdiki, EIH tom ma’noda erkin emas, balki nisbatan erkin hududdir. Bu hududga olib kirilgan tovarlar bojxona to’lovlari, import nazoratlaridan ozod etilgani uchun ham bunday hudud – erkin iqtisodiy hudud, deb ataladi. Shu bilan birga, qonunlar tovar egalari va investorlarni mavjud iqtisodiy-huquqiy tartibotdan ozod qilmaydi, balki uni engillashtiradi. Shuning uchun, fikrimizcha, bunday hududni «erkin» emas, balki «maxsus» iqtisodiy hudud, deb atash o’rinlidir.
42. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish maqsadlari, obyektiv zarurligi va tasniflanishi.
|
| |