|
Investitsiya” fanidan yakuniy nazorat savollar
|
bet | 9/52 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #135100 |
Bog'liq “Investitsiya” fanidan yakuniy nazorat savollar«Stend-bay» kreditlar. XVF kreditlash siyosatining asosini tashkil etadi. «Stend-bay» krediti to’g’risidagi shartnomaga asosan a’zo mamlakatlar to’lov balansida qisqa muddatli muammolarni bartaraf etish uchun odatda 12 — 18 oyga belgilangan miqdorda kredit olish huquqiga ega.
Kengaytirilgan kreditlash mexanizmi. XVF kengaytirilgan kreditlash mexanizmi bo’yicha a’zo mamlakatlar belgilangan miqdorda kredit olish huquqiga ega bo’lib, odatda, uch-to’rt yilga taqdim etiladi. Ushbu mexanizm asosida ajratilgan mablag’lar a’zo mamlakatlarda to’lov balansi holatiga sezilarli salbiy ta’sir ko’rsatuvchi tuzilmaviy xususiyatga ega muammolarni bartaraf etishga yo’naltiriladi.
Kambag’allikka qarshi va iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlash mexanizmi.
Qo’shimcha zahiralarni moliyalash mexanizmi.
Qoplovchi moliyalash 1963 yilda joriy etilgan bo’lib, jahon bozorlarida tovar xom ashyo narxining o’zgarishi natijasida eksport tushumi kamomadi hosil bo’lgan yoki oziq-ovqat importi qiymatining o’sishiga duch kelgan mamlakatlarga taqdim etiladi.
Favqulodda yordam. Ushbu tartib favquloddagi holatlar tufayli to’lov balansida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda a’zo mamlakatlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida 1962 yilda joriy etilgan. 1995 yilda a’zo mamlakatlarda harbiy mojarolar tufayli ularning institutsional va ma’muriy salohiyatiga putur etkazilgani sababli mazkur tartibni qo’llash miqyosi yanada kengaytirilmokda.
39. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasini faollashtirishda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ishtiroki.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankn YeTTB — 1991 yilda tashkil topgan va unga 56 ta mamlakat a’zo. YeTTB Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlariga bozor iqtisodiyotiga o’tish bo’yicha islohotlarni o’tkazishda ko’maklashadi.
Bank uchun xususiy sektor rivojlanishi, xususiylashtirish jarayoni, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, moliya muassasalari hamda sanoat sektorini tashkil etish va mustahkamlash, kichik biznesni rivojlanishini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor loyiha va dasturlar bo’lib hisoblanadi. Bank xususiy va xususiylashtirilgan korxonalar taklifi homiylar salohiyati yuqori bo’lishi va biznes rejalarining ishonchli bo’lishini talab qiladi.
|
| |