• Eksport-ishlab chiqarish zonalari.
  • Eksport-ishlab chiqarish zonasi
  • Erkin iqtisodiy zonalarning birinchi shakli erkin savdo zonasi (ESZ) hisoblanadi




    Download 0,6 Mb.
    bet12/52
    Sana11.01.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #135100
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
    Bog'liq
    “Investitsiya” fanidan yakuniy nazorat savollar

    Erkin iqtisodiy zonalarning birinchi shakli erkin savdo zonasi (ESZ) hisoblanadi. Bu dengiz porti yoki aeroportda joylashgan yoki unga yaqin chegaralangan hudud bo’lib, milliy bojxona hududidan tashqarida bo’ladi. Bu erda saqlash, saralash va qadoqlash operatsiyalari amalga oshiriladi. Erkin savdo zonalarida mahsulotlar namoyishi va keyinchalik sotilishi ham ko’zda tutiladi. Bunda mahsulot faqat ulgurji savdo shaklida sotiladi. Chakana savdo faqat dengiz va havo kemalari ekipaji va yo’lovchilariga sotiladi, boshqa hollarda esa ta’qiqlanadi. Bunday zonalar katta investitsiyalar talab qilmaydi va tezda xarajatni qoplaydi.
    Eksport-ishlab chiqarish zonalari. Eksport-ishlab chiqarish zonalari milliy bojxona hududi doirasidagi anklavlar sifatida tavsiflanadi. Mazkur hududlar, odatda, xalqaro portlarga yaqin joylashtiriladi va asbob-uskunalar, yig’ish uchun zarur
    ehtiyot qismlar va materiallar hududga iqtisodiy siyosat choralari qo’llanilmagan holda olib kiriladi. Import qilinayotgan mahsulot eksport-ishlab chiqarish zonasida qayta
    ishlanadi va qabul qiluvchi tomonning bojxona aralashuvisiz eksport qilinadi. Bojxona bojini to’lash faqat mahsulot qabul qiluvchi mamlakatning milliy bojxona hududiga kirib borsagina amalga oshiriladi.
    Eksport-ishlab chiqarish zonasi hukumatning alohida qarorlari asosida tashkil etiladi. Ushbu qarorda hududni boshqarishni shakllantirish masalalari, qo’shimcha imtiyozlarni joriy etish hamda boshqa tashkiliy masalalar aks ettiriladi.
    Eksport-ishlab chiqarish zonasini tashkil etish logistika, kommunal va ijtimoiy infratuzilmani yaratish, hudud chegaralarini o’rab olish va bojxona nazoratini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni talab etadi.
    Jahon amaliyotining ko’rsatishicha, o’rtacha kattalikdagi eksport-ishlab chiqarish zonasini tashkil etish va rivojlantirish uchun 50 mln. AQSh dollari miqdorida xarajat talab etiladi. Bunda mamlakatning boshqa hududlariga tovarlarni kontrabanda yo’li bilan olib kirish xavfi sanoat tipidagi erkin bojxona zonasiga nisbatan sezilarli darajada kamayadi.

    Download 0,6 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Erkin iqtisodiy zonalarning birinchi shakli erkin savdo zonasi (ESZ) hisoblanadi

    Download 0,6 Mb.