|
Investitsiya
|
bet | 42/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org2 – savol bayoni. EIHlar dunyo hamjamiyati talqiniga ko‘ra davlatning faol siyosiy vositasi bo‘lib, u bir xil darajada ham iqtisodiy tanazzulli hududlarni sog‘lomlashtiruvchi hamda hududlarning rivojlanish nuqtalariga qo‘shimcha turtki bo‘ladi. Rivojlangan davlatlarda EIHlar tashkil etilishi asosan davlatning hududiy siyosati vositasi bo‘lib, EIHlar aynan iqtisodiy hamda ijtimoiy darajasi yuksalishi lozim bo‘lgan hududlarda tashkil etiladi. EIHlarni tashkil etishda asosan hududdagi ishsizlik darajasi hamda aholining daromadliylik darajasi bosh mezon sifatida qabul qilinadi. Demak, Erkin iqtisodiy hududning tashkil etilishi hududning, qolaversa unga yondosh hududlarning iqtisodiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha, ko‘p haq to‘lanadigan ish o‘rinlarining yaratilishiga, raqobatbardosh hamda eksportga yo‘naltirilgan sifatli mahsulotlarning ko‘plab ishlab chiqarilishiga, valyuta tushumining oshishiga, byudjetga to‘lanadigan soliqlar miqdorining ko‘payishiga, pirovard natijada aholi turmush darajasining yuksalishiga va farovon hayot sharoiti yaratilishiga imkoniyat beradi.
Hozirgi kunda G‘ijduvon tumani hududida Erkin iqtisodiy hududni barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, EIZ tashkil qilish uchun G‘ijduvon tumani hududidan belgilangan tartibda tegishli yer maydoni ajratilib, mahalliy hamda xorijiy investorlarni EIZ ga jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot hamda tashviqot tadbirlari olib borilmoqda. Erkin iqtisodiy zonalarning tashkiliy funksional strukturasi turli tumandir.
Maxsus iqtisodiy zonalarning bir necha turlari mavjud:
erkin savdo zonalari - mahsulotlar saqlanadigan hududning milliy urf-odatlari, ularni sotishdan oldin tayyorlash, qadoqlash, sinovdan o'tkazish va hokazolariga kirmaydigan zonalar;
sanoat ishlab chiqarish zonalari – muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat majmualari;
texnik-innovatsion zonalar – ilmiy-texnik, loyihalash va muhandislik faoliyati va tadqiqot ishlari sohalari (texnoparklar);
turistik zonalar – turizm va dam olish uchun dam olish maskanlari, bu erda tadbirkorlar uchun imtiyozlar mavjud;
xizmat ko'rsatish zonalari – moliyaviy (offshor) yoki eksport-import faoliyati (ko'chmas mulk va transport xizmatlari) amalga oshiriladigan hudud; murakkab zonalar - tumanning ma'muriy chegaralari bilan belgilanadigan imtiyozli boshqaruv hududi (shuningdek, tadbirkorlik zonalari deb ataladi va yana Qrimni misol sifatida ishlatish mumkin.)
Erkin iktisodiy zonalarni tuzishda ikki konseptual yondashish mavjuddir: territorial va funksional. 1 – yondashuvda zonadagi barcha resident korxonalari xujalik mijozlardan foydalanadilar. 2 – yondashuvda esa zona bu xujalik yurituvchi muayyan shakliga, soxa, korxonaga nisbatan mamlakatning kaysi nuqtasida bulmasin imityozli rejim sharoit kullandi. 1 tipga Xitoyning, Braziliyaning Manaus va rivojlanayotgan mamlakatlatdagi eksport ishlab chikarish zonalar kiradi. 2 tipga offshor zonalar, “dpyuti fri” magazinlar kiradi.
|
| |