• VI MODUL. IQTISODIYOTGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNING O‘RNI 6.1 – mavzu: Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati Reja
  • 1 – savol bayoni.
  • Erkin iqtisodiy zona
  • Investitsiya




    Download 3,07 Mb.
    bet39/147
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #155232
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   147
    Bog'liq
    Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

    Tayanch so‘z va iboralar:
    Iqtisodiy o‘sish, kredit, xalqaro valyuta fondi, integratsiya, investitsiya loyihasi, xalqaro iqtisodiy integratsiya, integratsion uyushma, xalqaro iqtisodiy integratsiya, diversifikatsiya, modernizatsiya.

    O‘zini – o‘zi tekshirirsh uchun savollar:
    1. Xalqaro valyuta fondini iqtisodiyotni xalqaro integratsiyasidagi roli

    2. Milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalashni ahamiyati


    3. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarni o‘rni
    4. Milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasiga qaratilgan davlat siyosatining asosiy maqsadi.
    5. Iqtisodiyotni xalqaro integratsiyasini faollashtirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning ishtiroki.

    VI MODUL. IQTISODIYOTGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNING O‘RNI
    6.1 – mavzu: Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati
    Reja:


    1.

    Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati hamda ular rivojlanishining bosqichlari va asoslari.




    2.

    Erkin iqtisodiy hududlarning turlari va ularga jalb etilgan investitsiyalarga nisbatan turli imtiyoz va rag‘batlarning qo‘llanilishi.




    1 – savol bayoni. Dunyodagi erkin iqtisodiy zonalar rejimi Evropada 12-asrda, Boltiqbo'yi va Shimoliy dengizlardagi savdoni boshqaruvchi taniqli Gansatik Ligasi paydo bo'lganida sinovdan o'tgan. Uyushma a'zolari turli xil imtiyoz va imtiyozlarga ega bo'lib, bu uning muvaffaqiyati va uzoq umrini ta'minladi. 15-17 asrlarda bunday hududlar bilan tajribalar Italiya, Rossiya va Germaniyada o'tkazildi. 19-asrning oxiriga kelib chinakam maxsus zonaning paydo bo'lishi uchun qulay sharoitlar vujudga keldi. Germaniyaning Gamburg va Bremen shaharlarida mamlakatning birinchi erkin iqtisodiy zonasi paydo bo'ldi. Gamburg o'zining maqbul joylashuvi va rivojlangan infratuzilmasi tufayli hozirgacha o'z imtiyozlarini saqlab kelmoqda.
    Erkin iqtisodiy zonalarz.da alohida xalqaro huquqiy status joriy etiladi. Lekin u qayerda joylashishidan qatʼi nazar, shu mamlakatning ajralmas boʻlagi hisoblanadi, barcha amaliyotlar (yer ajratish, firma va kompaniyalarni tashkil etish, chegaradan yuklarni, tovarlarni olib kirish va olib chiqish, boj toʻlovlari, soliq toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, qaysi valyuta yoki valyutalar toʻlov vositasini oʻtashi, hududni boshqarish tartibi va boshqalar) qabul qilingan qoidalar asosida tezkorlik bilan bajariladi. Erkin iqtisodiy zonalarz.ni tashkil etishdan maqsad koʻplab yangi texnologiya, investitsiyalarni jalb qilib, rivojlangan iqtisodiy makon yaratish va shu yoʻl bilan mamlakat iqtisodiyotini tezkorlik bilan rivojlantirishdir.
    20-asrda erkin iqtisodiy zonalarning paydo bo'lishi odatiy holga aylandi, 70-yillarda xalqaro huquqiy mexanizm shakllandi, bu ko'plab davlatlarga bunday hududlarni ochishga imkon berdi. Erkin iqtisodiy zonalarni hozirgi zamon iqtisodiy integratsiya jarayonlarining mahsuli, deb qarash unchalik toʻgʻri emas. Uning tarixi juda koʻhna. Erkin iqtisodiy zonalarz. tarixi mil. boshlariga borib taqaladi. qadimiy finikiyaliklar, yunonlar va rimliklar savdo ishlarini rivojlantirish maqsadida chet el savdo kemalarining oʻz portlariga erkin kiribchiqishini va ularning xavfsizligini taʼminlaganlar. 16 va 17-asrlarda Yevropaning qator shaharlari oʻzlarini "erkin savdo shaharlari" deb eʼlon qilganlar. Buyuk Amir Temur davrida Samarqand ana shunday erkin savdo markazi boʻlgan, mamlakatning barcha karvon yoʻllari hokimiyat himoyasiga olingan.
    Erkin iqtisodiy zonalar xo‘jalik yuritishning yangi shakllaridan biri bo‘lib, xalqaro maydonda 1950 – yillarning oxiri va 60 – yillarning boshlarida paydo bo‘lgan. 1970 – yillarning o‘rtalariga kelib esa jahon maydonida keng ommalasha boshladi30. Bunday hududlar dastlab sanoat ishlab chiqarishi rivojlangan mamlakatlar hisoblangan AQSH, Yaponiya, Germaniya va Buyuk Britaniyada keyinchalik esa Polsha, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlarda tashkil etildi. Eng muhimi, dastlabki yillarda erkin iqtisodiy zonalar daryo va dengiz portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir va avtomobil yo‘llariga yaqin joylarda, sayyohlik va alohida olingan sanoat markazlarida tashkil etilgan. Chunki tovar moddiy boyliklarni chet el bozorlariga olib chiqishda va chet el investitsiyalarini iqtisodiyotga jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning roli muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqning farovonligi, xayotning ko‘rkamlashib borishi, ko‘p jihatdan shu mamlakat erkin iqtisodiy hududlarining tashkil etilishi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liqdir.
    Qaysi mamlakatda chet el investorlari va tadbirkorlar faoliyati uchun qaysi mamlakatlarda keng imtiyozlar yaratilsa, ularning o‘zlarini tiklab olishlari uchun amaliy yordam berilsa va imkoniyatlar yaratilsa investitsiya miqdori ham, tadbirkorlikning mehnat qobilyati ham talab darajasida yuqori bo‘ladi. Erkin iqtisodiy zona xaqida tushuncha birinchi marta 1973 yil 18 maydagi Kioto konvesiyasida berilgan. Unga ko‘ra erkin iqtisodiy zona deb – mamlakatning bir qismini ya’ni tovarlar importi va eksportini, bojxona va soliq cheklovlarisiz olib kirish mumkin bo‘lgan zonaga aytiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 5 – sessiyasida qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonunning 1 – moddasida esa quydagicha tarif berilgan: - “Erkin iqtisodiy zona deb – mintaqani jadal ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish uchun ichki va tashqi kapitalni, istiqbolli texnologiyalar va boshqaruvga oid tajribalarni jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida xuquqiy tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan hududga aytiladi”. Hozirda erkin iqtisodiy zonalarning 30 ga yaqin turi mavjud bo‘lib, ulardan keng tarqalganlari qatoriga erkin savdo hududlar, erkin bojxona, erkin ishlab chiqarish, erkin ilmiy – texnik hududlarni kiritish mumkin. Bularning har biri erkin iqtisodiy zona toifasiga kirgani bilan o‘z funksiyasiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   147




    Download 3,07 Mb.