ITB boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi




Download 3,07 Mb.
bet38/147
Sana12.02.2024
Hajmi3,07 Mb.
#155232
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   147
Bog'liq
Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

ITB boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi. ITB a’zo mamlakatlari o‘zlarining vakillari orqali bankni boshqarishda, rahbarlik organlari – Boshqaruvchilar kengashi va Ijrochi direktorlar kengashida ishtirok etadilar. ITBni boshqaruv yuqori maslahat tashkiloti Boshqaruvchilar kengashi hisoblanadi. Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishlari vaqtida yillik hisobotni baholash, foydani taqsimlash, grantlar berish, Direktorlar kengashi a’zolarini tayinlash va boshqa masalalar muhokama qilinadi. 2003 yilning sentyabrida ITB Boshqaruvchilarining yillik yig‘ilishi Olma-Ota shahrida bo‘lib o‘tdi. Ijrochi direktorlar kengashi 18 ta a’zodan iborat. Ijrochi direktorlar kengashi tarkibining yarmi ITB kapitalida kattaroq ulushga ega a’zo-mamlakatlarning doimiy vakillaridan shakllantiriladi, qolgan yarmi esa Boshqaruvchilar kengashi tomonidan tayinlanadi. Qayd etish lozimki, 2011 yilda Ijrochi direktorlar kengashiga birinchi marta Qozog‘iston vakili saylandi. Direktorlar kengashi ishiga doimiy qo‘mitalar yordam beradi: Ma’muriy masalalar bo‘yicha qo‘mita, Audit bo‘yicha qo‘mita, Moliyaviy masalalar bo‘yicha qo‘mita, Amaliy faoliyat bo‘yicha qo‘mita. ITBning tashkiliy tuzilishi 24 ta mustaqil faoliyatga ega tarkibiy bo‘linmalardan iborat. Xalqaro kapitallar harakatini tartibga solishda milliy va xalqaro usullardan keng foydalanib kelinmoqda.
Xalqaro kapitallar harakati jarayonining muhim xususiyatlaridan biri mazkur jarayonga davlatning faol aralashuvidir. Bunda davlat quyidagi funksiyalarni bajaradi:


  • tartibga solish;


  • nazorat qilish;


  • rag‘batlantirish.

Davlatning boshqaruv organlariga xos bo‘lgan bunday xususiyatlar davlatning ushbu jarayonda funksiyalarini namoyon bo‘lishi deb ham faraz qilinadi, ammo davlatning ushbu jarayonlarga aralashuvi uning eng muhim funksiyalari deb bo‘lmaydi. Davlatning xalqaro kapital harakatini ta’minlashda qonunlarda belgilab qo‘yilgan chegaralarda ishtirok etadi xolos. Shunday ekan yuqorida nomlari tilga olingan jarayonlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turishga harakat qiladi.



Download 3,07 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   147




Download 3,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ITB boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi

Download 3,07 Mb.