|
Osiyo taraqqiyot banki (OTB)
|
bet | 34/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.orgOsiyo taraqqiyot banki (OTB) — 1966 yilda tashkil topgan va unga 57 ta mamlakat (41 ta hududiy va 16 ta hududdan tashqari mamlakatlar) a’zo. OTBga a’zolik BMTning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘iicha komissiyasidagi barcha mamlakatlar va Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlari (agar ular BMT yoki uning ixtisoslashgan agentliklariga a’zo bo‘lsalar) uchun ochiq. A’zolikda mavjud bunday keng imkoniyatlar OTBda Osiyo mintaqasidan tashqari mamlakatlar ulushining ortishiga olib keldi, ularga bank aksiyalarining qariyb 37 foizi va ovozlarining 35 foizi to‘g‘ri keladi. OTBning maqsadi Osiyo qitasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy rivojlanishda ko‘maklashishi, hududiy hamkorlikni rag‘batlantirish, a’zo-mamlakatlarga texnik yordam ko‘rsatish va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat. Xorijiy investitsiyalarni xalqaro miqyosda tartibga solishda mintaqaviy moliya institutlari ham muhim rol o‘ynaydi.
Bundan tashqari OTB va O‘zbekiston o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik temir va avtomil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish, qishloqlarda suv ta’minoti tizimini takomillashtirish ishlarini faollashtirishni nazarda tutadi.
Islom taraqqiyot banki (ITB) – 1974 yilda tashkil topgan. Unga islom diniga e’tiqod qiluvchi 35 ta mamlakat, ya’ni Islom anjumanining deyarli barcha a’zolari kiradi. Nizom kapitalining miqdori OTB dan 5 marta kam. ITBning maqsadi a’zo mamlakatlarning rivojlanish loyihalarini, tashqi savdoni kreditlash va savdo, sanoat kompaniyalari kapitallarini investitsiyalashdan iborat.
O‘zbekiston ITBga 2003 yil 3 sentyabrda a’zo bo‘lgan bo‘lib, ushbu bank tomonidan faqat 2003 – 2009 yillar mobaynida umumiy qiymati 150 mln. Dollarga teng moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan. Jahon iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini tartibga solish va rag‘batlantirish bo‘yicha katta tajriba to‘plangan. O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini tashkil etish, yuritish, tartibga solish hamda qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratilgan, ushbu tizimning amal qilishini ta’minlash uchun zarur qonunchilik hujjatlari qabul qilingan va ular amaliyotda investitsiya faoliyatini tartibga solishda keng qo‘llanilmoqda. Islom bankida ustamalar o‘z o‘zidan oshmaydi va penya tushunchasi umuman yo‘q. Jarimalar bor, lekin ular bir marotaba qo‘yiladi, qo‘yilish sababi esa mijozni tarbiyalash va kelajakda shunga o‘xshash e’tiborsizliklarga yo‘l qo‘ymasligini ta’minlash. Islomiy moliyalashda kreditlar eng uzog‘i 5 yil muddatga beriladi. Agarda mijoz biror bir falokatga uchrab, to‘lash qobiliyatini yo‘qotsa, bank muddatni 6-10 yilga cho‘zib berishi mumkin ekan. Bunda summada hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Lekin mijoz asbob-uskunani olib qo‘yib, ularni yaxshi ishlatmay, beparvo yurgani kuzatilsa, bank sovuqqonlik uchun jarima soladi. Undirilgan bu mablag‘ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xayriya maqsadlariga sarflaydi. Vaholanki, islom moliyalashida jarimaga foyda sifatida qaralmaydi va u harom hisoblanadi. Islom taraqqiyot banki(ITB) 1975 yilda IHT mamlakatlari moliya vazirlari yig‘ilishining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. ITBning shtab-kvartirasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. ITBning Hududiy ofislari 1994 yili Rabot (Marokash)da, shu yili Kuala-Lumpur (Malayziya)da, 1997 yili Olma-Ota (Qozog‘iston)da va 2008 yili Dakar (Senegal)da ochildi. Bank shuningdek, 12 ta a’zo mamlakatda mahalliy vakolatxonalarga ega: bular Afg‘oniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Gvineya, Indoneziya, Eron, Nigeriya, Pokiston, Serra-Leona, Sudan, O‘zbekiston va Yamandir.
ITBning asosiy vazifasi a’zo-mamlakatlarda shariatga muvofiq ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bank tashkil etilayotgan vaqtda uning nizom jamg‘armasi 6 mlrd.islomiy dinorni, a’zolari soni 22 tani tashkil etgan. Islomiy dinor – ITB foydalanadigan hisob birligi; bir islomiy dinor HVJning bir qarz olish maxsus huquqiga teng. Hozirgi vaqtda ITBga ishtirokchi a’zolar 56 ta davlat hisoblanadi. 2013 yili ITBning e’lon qilingan hissadorlik kapitali – 30 mlrd.islomiy dinorni, shu jumladan, obuna hissadorlik kapitali – 18 mlrd.islomiy dinorni tashkil etdi. Bankning asosiy hissadorlari Saudiya Arabistoni (23,6 foiz aksiya), Liviya (9,5 foiz), Eron (8,3 foiz), Nigeriya (7,7 foiz), BAA (7,5 foiz), Qatar (7,2 foiz), Misr (7,1 foiz), Turkiya (6,5 foiz) va Quvayt (5,5 foiz) hisoblanadilar.
2013 yilda ITB boshqaruvchilar kengashi umumiy hissadorlik kapitalini 30 mlrd.islomiy dinordan 100 mlrd.islomiy dinor (150 mlrd.dollar)ga ko‘tarish haqida qaror qabul qildi. Bankning obuna kapitali ham 18 mlrd.islomiy dinordan 50 mlrd. Islomiy dinorga oshirildi. Ushbu qaror a’zo-mamlakatlarning moliyalashtirish mablag‘lariga bo‘lgan katta ehtiyoji bilan bog‘liq. So‘nggi 12 yil davomida yetakchi reyting agentliklari (Moody”s, Standard&Poor”s, Fitch) tomonidan ITBga uzoq muddatli kredit reytingi – “AAA” va qisqa muddatli oliy barqaror kredit reytingi – “A+” berib kelinmoqda. 2013 yilning dekabrida ushbu reytinglar yana tasdiqlandi.
|
| |