• 1 – savol bayoni.
  • – mavzu: Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar ishtirokini oshirishda xalqaro moliyaviy institutlarning tutgan o‘rni




    Download 3,07 Mb.
    bet30/147
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #155232
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   147
    Bog'liq
    Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

    5.2 – mavzu: Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar ishtirokini oshirishda xalqaro moliyaviy institutlarning tutgan o‘rni
    Reja:


    1.

    O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasiga qaratilgan davlat siyosatining asosiy maqsadi va yo‘nalishlari




    2.

    Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar ishtirokini oshirishda xalqaro moliyaviy institutlarning tutgan o‘rni va ularning hamkorlik aloqalari.




    1 – savol bayoni. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ham siyosiy, ham iqtisodiy sohada ko‘pgina yutuqlarga erishdi. Ularning eng muhimlaridan biri – bu respublikamizning jahon hamjamiyatida faol ishtirok etib, milliy manfaatlarga mos keladigan ko‘p tomonlama siyosat yuritishi va shu asosda jahon xo‘jaligida tutgan o‘z o‘rnini mustahkamlab borishdir. Endilikda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat maydonida borgan sari munosib o‘rinni egallab bormoqda. Qo‘yilgan ko‘pgina amaliy qadamlar O‘zbekistonning halqaro hamjamiyatda uzoq muddatli, istiqbolli yaratuvchilik faoliyatini olib borishga mo‘ljallangandir.
    Boshqa davlatlar bilan bo‘ladigan iqtisodiy integratsiya davlatning har xil ehtiyojlarini qondirish va samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi va fan-texnika taraqqiyotini jaddalashtirishga, millatlararo yaqinlashuviga, aholining turmush darajasini oshirishga yordam beradi. Xo‘jalik aloqalarining baynalminallashtirish jarayonlarining kuchayib borishida, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda mustahkamlashda tashqi iqtisodiy omil muhim rol o‘ynamoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanish xususiyatlari va ularning ishlab chiqarishdagi samaradorligi milliy iqtisodiy barqarorlikni va uning rivojlanish harakatini aniqlaydi. Shunga ko‘ra jahon mamlakatlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirishga katta e’tibor bermoqdalar.
    Ayniqsa, bu mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tgan respublikamiz uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa qilish imkoniyatidan mahrum edi. Bundan tashqari xo‘jalik yuritishning yopiq, sotsialistik boshqaruv tizimi sharoitida, kapital migratsiyasi, ishchi kuchi migratsiyasi, valyuta-kredit munosobatlari kabi xalqaro ayriboshlash turlari deyarli rivojlanmagan edi. Shuning uchun ham o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning barchasi O‘zbekistonni jahon xo‘jaligi tizimiga teng xuquqli kirishiga va barcha mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorligini ta’minlashga qaratilgan.
    Iqtisodiy integratsiya bir tomondan, yangi texnologiyalardan xorijiy sarmoyalardan foydalanish orqali milliy iqtisodiyotni tezda o‘stirishga ko‘maklashsa, boshqa tomondan, O‘zbekistonning boy resurslari va ishlab chiqarish imkoniyatlarining jahon xo‘jaligiga ko‘shilishi, uning umumjahon iqtisodiy imkoniyatlarini kuchaytiradi.
    Integratsiya – O‘zbekiston Respublikasining jahon xo‘jaligi tizimiga kirib borshini tezlashtiradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarning borishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ham O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo Hamjamiyati (MDH), MDH va Iqtisodiy Hamkorlik tashkilotlari (IHT) miqyosidagi integratsion aloqalarini kuchaytirishi, balki istiqbolda jahondagi boshqa bir qator integratsion uyushmalar bilan ham mustahkam munosabatlar o‘rnatishi lozim. Iqtisodiyotning soha va tarmoqlarini diversifikatsiya va modernizatsiya qilishni izchil davom ettirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, shuningdek, transport, muhandislik, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini davom ettirilishini talab etadi. Hozirda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy hajmi ichki resurslarni safarbar qilish hisobidan amalga oshirilishi muhim vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Bu mablag‘lar, avvalo, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni amalga oshirayotgan korxonalarning o‘z mablag‘larini ko‘paytirishi, soliq yukini yanada kamaytirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va aholining tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlarini oshirish hisobidan hosil bo‘ladi.
    Mamlakatimizda infratuzilmani shakllantirish, ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va modernizatsiya etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga ichki resurslarni jalb etishda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi alohida o‘rin egallashi lozim. Mazkur jamg‘armaning eng muhim vazifalaridan biri strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish maqsadida yirik xorijiy investor va sheriklarni jalb etish bo‘lib hisoblanadi. Masalan, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida umumiy qiymati 1,28 milliard dollarga teng bo‘lgan Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida ikkita bug‘-gaz moslamasini qurish loyihasi shular jumlasidandir.
    Ushbu moliyaviy institutning moliyaviy ko‘magida O‘zbek milliy avtomagistrali uchastkalarini qurish, ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish, qishloq xo‘jaligi erlarining meliorativ holatini yaxshilash, polivinilxlorid va kaustik soda ishlab chiqarish bo‘yicha yangi majmua barpo etish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobil shinalarini ishlab chiqarishni tashkil etish kabi ko‘plab loyihalar amalga oshiriladi.
    Aytish joizki, hozirga qadar chop etgan ko‘plab ilmiy asarlarda shunday holat ko‘rinmoqdaki, integratsion guruhda u yoki bu mamlakatlar ishtirok etishining ijobiy yoki salbiy tomonlarini baholash juda murakkabligicha qolmoqda. Iqtisodiy integratsiyadan ichki bozori kichik, resurslarga kambag‘al, jahon YAIMda kam ulushga ega bo‘lgan davlatlar ko‘proq iqtisodiy samara olishi mumkin.
    Jahon iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – uning qamrovi kengayib borayotganligidandir. Ushbu jarayonlar quyidagi muhim holat natijasi hisoblanadi: bir tomondan, amaliyotda tobora ko‘proq milliy bozorlarning yaratilishi, milliy iqtisodlarning tashqi aloqalarga urg‘u berishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xalqaro xo‘jalik munosabatlarini rivojlantirish va chuqurlashtirish yo‘lida uchraydigan transport, kommunikatsiya sohalarida g‘ov – to‘siqlarni darhol bartaraf etuvchi texnologik innovatsiyalar bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda integratsiya jarayoni kuchayib bormoqda va bu sharoitda jahon iqtisodiga qo‘shiluvning tub bahosi yuz chandon ortib ketmoqda. 1980 – yillarning o‘rtalaridan boshlab jahon iqtisodi xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy muomalalar haddan tashqari yuqori sur’atlar bilan o‘sayotgan davrga qadam qo‘ydi.
    O‘tgan davr ichida xalqaro savdo oboroti hajmi bir yilda o‘rtacha 6,5 foizga, xalqaro xizmatlar savdosi 2,4 marta ko‘paydi, xalqaro savdoning yalpi mahsulotlaridagi salmog‘i oldingi 10 yillikdagiga nisbatan 2 marta ko‘proq oshdi. Bu milliy iqtisodlar kashfi tezlashganidan, ularning bir – biriga muhtojligi kuchayib borganligidan dalolat bermoqda. Shuning uchun ham aksariyat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy integratsiya – xo‘jalik faoliyatining internatsionallashuvida oliy bosqich bo‘lib, o‘ziga xos huquqiy tizimlari bilan ajralib turuvchi, ham davlatlararo, ham ustmilliy negiziga tayangan bamaslahat siyosat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi bir butun yagona xo‘jalik deb e’tirof etib kelinmoqda. Bunga esa Yevropa Ittifoqi misol bo‘ladi.
    Milliy xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro chuqur va barqaror aloqalarni rivojlantirish, mehnat taqsimotini yo‘lga qo‘yish, ularning turli darajadagi, turli shakllardagi qayta ishlab chiqarish tizimlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish asosida mamlakatlarning xo‘jalik hamda siyosat sohalarida birlashuvi jarayonida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati shakllanadi.
    Qo‘shni mamlakatlardagi ba’zi xo‘jalik sub’ektlari (korxonalar, firmalar)ning kapitali bir – biri bilan iqtisodiy bitimlar tuzish usullarini shakllantirish, chet elda o‘z bo‘linmalarini ochish yo‘li bilan o‘zaro mikro darajada hamkorlik qilishni ifodalaydi. Integratsiya davlatlarning iqtisodiy birlashmalarini shakllantirish hamda milliy siyosatlarini muvofiqlashtirish asosida davlatlararo (makro) darajada integratsion jarayonlar ro‘y beradi. Integratsiyaning eng muhim jihatlari:
    1. iqtisodiy jarayonlarni davlatlararo miqyosida yo‘lga qo‘yishda;
    2. bir – biridan u yoki bu darajada mustaqil hisoblangan milliy xalq xo‘jalik majmualari o‘rniga umumiy mutanosiblikka, umumiy qayta ishlab chiqarish tizimiga ega bo‘lgan biron mintaqaviy integratsional majmuani asta – sekin shakllantirishda;
    3. davlat doirasida mahsulotlar, ishchi kuchi, moliyaviy resurslarning davlatlararo harakati uchun hududiy sharoitlarni kengaytirish hamda bunday harakatga monelik qiluvchi ko‘pdan – ko‘p ma’muriy va iqtisodiy g‘ovlarni bartaraf etishda;
    4. integratsional birlashmalarda qatnashuvchi davlatlarning ichki iqtisodiy shart – sharoitlarini bir – biriga yaqinlashtirish, ularning iqtisodiy rivojlanish darajalarini tenglashtirishda namoyon bo‘ladi.
    Odatda, u yoki bu jo‘g‘rofiy mintaqa, unda joylashgan qo‘shni mamlakatlar shunday integratsion birlashmalarning asosiy o‘zagini tashkil etadi. Hozirda qariyib 70 dan ortiq davlatlar tashkilotlari va 65 mingga yaqin millatlararo korporatsiyalar mavjud.



    Download 3,07 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   147




    Download 3,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – mavzu: Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar ishtirokini oshirishda xalqaro moliyaviy institutlarning tutgan o‘rni

    Download 3,07 Mb.