|
Investitsiya
|
bet | 26/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.orgTayanch so‘z va iboralar
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, xalqaro mehnat, kapital, texnologiya, moddiy resurslar ta’minoti, xalqaro investitsiyalar, konsessiya, lizing shartnomasi, qo‘shma korxona, tenderlar.
O‘zini – o‘zi tekshirish uchun savollar
Xorirjiy investitsiya deganda nimani tushunasiz?
Xorijiy investitsiyani jalb qilish shakllari.
Konglomerativ to‘g‘ridan – to‘g‘ri xorijiy investitsiya mohiyati.
Xorijiy investorlarga beriladigan qanday imtiyozlarni bilasiz?
To‘g‘ridan – to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni mohiyati.
V MODUL. IQTISODIYOTNING XALQARO INTEGRATSIYASIDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING O‘RNI VA ULARNING XALQARO HARAKATINI TARTIBGA SOLISH
– mavzu: Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning o’rni
Reja:
1.
|
Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasi mazmuni, jarayoni hamda milliy iqtisodiyotning rivojida uning xalqaro integratsiyasini ta’minlash va faolllashtirishning zarurligi va ahamiyati.
|
2.
|
Milliy iqtisodiyot xalqaro integratsiyalashuvining asosiy yo‘nalishlari va hozirgi talablari
|
1 – savol bayoni. Xalqaro iqtisodiy integratsiya uzoq davom etadigan koʻp bosqichli jarayon boʻlib, turli shakllarda yuz beradi. Birinchi bosqichda turli mamlakatlar oʻrtasida erkin savdo-sotiq olib boriladigan, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Natijada davlatlararo tovar ayirboshlashda integratsiyalashuv yuz beradi.
Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllanib, bu yerda ham bir necha mamlakatlar birlashadi. Bu bosqichda integratsion aloqalar savdo-sotiq bilan cheklanmasdan sanoat, bank, sugʻurta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi. Bu zonalar ochiq iqtisodiy hududlar hisoblanadi, iqtisodiy aloqalar erkin va koʻp qirrali boʻlib, barcha iqtisodiyot subyektlari imtiyozlarga ega boʻladilar.
Uchinchi bosqichda umumiy bozor shakllanadi. Umumiy bozorni tashkil etgan mamlakatlarning milliy bozorlari bir-biri uchun ochiq boʻladi, amalda milliy bozorlar birlashib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi. Bu bozorda barcha tovarlar erkin, hech bir cheklovlarsiz koʻchib yuradi. Ish kuchi, kapital va tovarlar bir mamlakatdan boshqasiga oʻtadi, qaysi mamlakatda resursni ishlatish qulay boʻlsa, u shu yerga borib joylasha oladi. Umumiy bozorda iqtisodiy chegaralar amalda bekor qilinadi, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari, tovar sifatiga talab minimal darajaga keltiriladi. Umumiy bozor dastlab 1957-yildan Yevropada shakllangan.
Toʻrtinchi bosqichda iqtisodiy va valyuta ittifoqi doirasida integratsiya yuz beradi. Bu yerda integratsion aloqalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Yevropa Ittifoqiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000—2001 yillarda umumiy pul — yevro muomalaga kiritildi, milliy pullar muomaladan asta-sekin chiqarildi, yagona soliq tizimi joriy etildi, milliy byudjetlar saqlangan holda yagona, umumiy byudjet ham tuziladigan boʻldi.
21-asr boshlaridagi integratsiyaning eng yuqori shakli boʻlgan iqtisodiy va valyuta ittifoqi mamlakatlar iqtisodiyotini yuksak darajada birlashtiradi, iqtisodiy umumiylikka ustuvorlik beradi, ammo ayrim mamlakatlar mustaqilligini maʼlum darajada cheklaydi.
Iqtisodiy integratsiya – turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular oʻrtasida uzviy iqtisodiy aloqalar oʻnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xoʻjalikning shakllanishi jarayoni. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuzatiladi. Iqtisodiy integratsiya ishlab chiqarish texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida birbiriga qulay sharoitlarni yaratishda, oʻzaro toʻsiklarni olib tashlashda namoyon boʻladi. Iqtisodiy integratsiya asosida mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Shu tariqa korxona va tarmoqlar oʻzaro yaqin va muntazam iqtisodiy aloqa bogʻlaydi. Avvalo, korxonalar oʻrtasida iqtisodiy integratsiya yuz beradi va ularning birlashmasi vujudga keladi, soʻngra iqtisodiy integratsiya tarmoqlararo miqyosda yuz berib, yirik i.ch. majmualari paydo boʻladi. Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya, tarmoqlararo esa vertikal iqtisodiy integratsiya yuz beradi. Vertikal iqtisodiy integratsiyaga agrosanoat majmui misol boʻladi, u qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga oshishi bilan xoʻjalik hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli mamlakatlarda korxona va tarmoklar qatnasha boradi, binobarin, mamlakatlararo iqtisodiy integratsiya yuzaga keladi, buning natijasida mamlakatlar iqtisodiyotida ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro iqtisodiy integratsiya eng yuqori darajadagi va yetakchi integratsiya koʻrinishi hisoblanadi. Hozirgi kunda integratsion jarayonlar to‘g‘risida mutaxassislar orasida yagona qarashlar konsepsiyasi mavjud emas.
Bir guruh iqtisodchi olimlar integratsiyani jahon mamlakatlari o‘rtasida yangi tovarlar oqimini shakllantirish orqali "resurslar cheklanganligi" muammosini bartaraf etish yo‘li deb talqin etishsa bu orqali jahon mamlakatlarida nisbatan serharajat tovarlar ishlab chiqarishga chek qo‘yilib, texnologik ayirboshlashni kengaytirish imkoniyatini beradi, ya’ni, NIOKRga harajatlarni kamaytirish imkonini beradi, boshqa bir guruh olimlar integratsiyani talab etuvchi dastlabki turtki sifatida noiqtisodiy omillarni ilgari suradi. Masalan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va boshqalar. Uchinchi bir guruh iqtisodchilar esa integratsiya bu ishlab chiqarishni barqaror o‘sishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlik kabi maqsadlarga yengilroq va tezroq erishish imkoniyatini beradi deb hisoblashadi. Xullas, u yoki bu nazariy yondashuvlarni umumlashtirgan holda shuni qayd etib o‘tishimiz mumkinki, integratsiya – bu hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish yo‘li orqali milliy xo‘jalik komplekslarining o‘zaro yaqinlashishi va bir-biriga kirib borishi jarayonidir.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar asosan ikki ko‘rinishda (mikro – transmilliy korporatsiyalarning tashkil etilishi orqali, makro – iqtisodiy siyosatni davlatlararo muvofiqlashtirish siyosati orqali) amalga oshiriladi.
Mikro miqyosdagi integratsion jarayonlar bir-biriga hududiy jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kapitallarini o‘zaro ta’sir doirasi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, ushbu davlatlar o‘rtasida integratsion jarayonlar iqtisodiy bitimlar tizimining shakllanishi, kichik shahobchalar, sho‘’ba korxonalar tashkil etilishi orqali yuz beradi. Tashkil topgan korxona va firmalar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarning tez rivojlanishi tovar almashuvini, xizmat sohalarini, kapital va ishchi kuchining mamlakatlararo erkin harakatini ta’minlashga, ijtimoiy – iqtisodiy va ilmiy-texnologik, tashqi iqtisodiy va mudofaa, moliyaviy va valyuta sohasida yagona siyosatni o‘tkazish zaruriyati tug‘iladi. Yagona valyuta va moliyaviy fondlar, infratuzilmalar va umumiy davlatlararo boshqaruv organlariga ega bo‘lgan iqtisodiy majmualar yaratiladi. Iqtisodiyot globallashuvini rivojlantirishni ilk bosqichida sayyoramizning barcha qit’alarida integratsion jarayonlarning turli shakllarini ko‘rishimiz mumkin.
Xo‘jalik hayotida integratsiyalashuv jarayonlari kundan – kunga chuqurlashib bormoqda. Integratsiyalashuv jarayonlari jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo sohasidan tortib ilmiy – axborot, tovar ayiraboshlashgacha bo‘lgan turli ko‘rinishlarini bir-biriga qo‘shilib borishini nazarda tutadi. Jahon xo‘jaligida globallashuvi sharoitida iqtisodiy integratsion jarayonlarning asosida bir qator ob’ektiv omillar yotadi (5.1 – rasm).
|
| |