|
TTXIni ekspansiyaviy (expansionary “egallovchi”) va himoyaviy (defensive) turlarga ajratish mumkin
|
bet | 23/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.orgTTXIni ekspansiyaviy (expansionary “egallovchi”) va himoyaviy (defensive) turlarga ajratish mumkin. Chen va Kuning (Chen and Ku 2000) fikriga ko‘ra ekspansiyaviy TTXI resipiyent mamlakatda investor firma ustunliklaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunday turdagi TTXI investor korxonaning ichki va tashqi savdosining o‘sishiga yordam beradi. Himoyaviy TTXI esa qabul qiluvchi mamlakatda mavjud arzon ishchi kuchidan foydalanib ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishni maqsad qilib qo‘yadi. Chen (Chen, 1999) empirik tadqiqotlariga ko‘ra ekspansiyaviy TTXIga eng ko‘p ta’sir qiladigan omillar firma hajmi, ilmiy-texnik salohiyati, rentabellik va texnologiya kabilar hisoblanadi. Himoyaviy TTXIga esa ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bilan bog‘liq motivlar salmoqli ta’sir ko‘rsatadi.
TTXI uch xil shaklga ega bo‘lishi mumkin: grinfild (noldan boshlanuvchi) investitsiyalar, transchegaraviy birlashish va yutib yuborishlar va qo‘shma korxonalar. Grinfild investitsiyalar investor firma resipiyent mamlakat hududida yangi ishlab chiqarish faoliyatini boshlash bilan amalga oshiriladi. Bu esa investitsiya qabul qiluvchi mamlakat uchun yangi ish o‘rinlarini yaratishi va ishlab chiqarishda yangi qo‘shilgan qiymatni shakllantirgani sababli ma’qul hisoblanadi.
Agar xorijiy investor yangi korxona ochmasdan mavjud korxonani sotib olib undagi ishlab chiqarish texnika va texnologiyasini, ishchilarini va butun jarayonni deyarli butunlay yangilasa bunday TTXI “braunfild investitsiyalar” deyiladi. Bunday TTXI turi asosan o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida ko‘p kuzatilgan. TTXIning korxonalarning xalqaro darajada o‘zaro birlashishi va yutib yuborishi natijasida kelib chiqadi. TTXIning bu turi xorijiy investorlar uchun grinfild investitsiyalarga qaraganda bir qancha ustunliklarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, muvaffaqiyatsizlikka uchragan investitsiya loyihalari odatda investor uchun arzonga tushadi va investorning bozorga qisqa muddatda kirib olishini ta’minlaydi.
Ko‘pchilik rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida TTXI asosan resurs izlovchi harakterga ega bo‘ladi. Bu turdagi investitsiyalar uchun rag‘batlantiruvchi omillar sifatida resipiyent mamlakatlarning xom-ashyo va mehnat resurslariga boyligini keltirish mumkin. Ushbu mamlakatlarda neft, gaz, mineral moddalar, metallar kabi tabiiy boyliklarning ko‘pligi va arzonligi hamda arzon ishchi kuchi mavjudligi resurs izlovchi investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantiradi. Bunday turdagi investitsiyalash natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar esa asosan eksport qilinadi.
|
| |