Investitsiya




Download 3,07 Mb.
bet19/147
Sana12.02.2024
Hajmi3,07 Mb.
#155232
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   147
Bog'liq
Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

1. Iqtisodiy omillar: ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining bir maromda ushlab turilishi; jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar bozori taraqqiyoti ta’siri ostida olib borilishi); ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi; jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o‘sib borishi (AQSH Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir); ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi; xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshq.
2. Siyosiy omillar: kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIH), offshor hududlari va boshq.); rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish; iqtisodiy islohotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash); bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshq.
3) Huquqiy omillar: xorijiy investitsiya qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy investitsiyani har tomonlama himoya etishga javob beruvchi qonunlarni amal qilishi; xorijiy investitsiyalarni himoya etilishini kafolatlovchi me’yoriy qonun osti hujjatlarini amal qilishi; sherikchilik asosida investitsiya oqimini ta’minlashni istiqbolli dasturlarini mavjudligi.
Milliy iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalar oqimining ob’ektiv o‘zgarishlarga olib keluvchi omillar esa quyidagilardan iborat:
  • xalqaro mehnat, kapital, tajriba, texnologiya, moddiy resurslar ta’minoti va taqsimotini vujudga keltiradi;


  • moliya operatsiyalarining erkinlashuvini va xalqaro kapital ko‘chish oqimini tezlashtirishni ta’minlaydi;


  • millatlararo korporatsiyalarning paydo bo‘lishi asosida xalqaro raqobatning kuchayishiga olib keladi.


Bu omillar o‘z navbatida, iqtisodiy integratsiyani kuchaytiradi, globallashuv jarayonlariga turtki bo‘ladi, raqobat sohasidagi milliy siyosatni xalqaro darajadagi siyosat bilan uyg‘unlashishini talab etadi va bilimlar ko‘lamini kengaytirishga zamin yaratadi. O‘zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar yo‘naltirilayotgan mamlakatlar guruhiga kirish uchun barcha shart-sharoitlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bir qator afzalliklarga ega. O‘zbekiston jahon hamjamiyati oldida o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, dunyo haritasida geografik joylashishi, tabiiy resurslarining tarkibi va zaxirasi, hukumat olib borayotgan iqtisodiy siyosat va boshqalar bilan muhim rol uynaydi.


Hukumatimiz tomonidan xorijiy sarmoyalarni qay darajada jalb etilishi oxir-oqibatda iqtisodiyotimizni kelajagini ko‘p jihatdan aniqlab berishi to‘g‘risidagi g‘oya ilgari suriladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirgi kunda iqtisodiyotimizning kelgusi holati ko‘p jixatdan biz bugun xorijiy sarmoyalarni qay darajada ko‘proq jalb etishimizga bog‘liq. Bu borada xorijiy sarmoyalarni birinchi navbatda yangi texnologiyalarni joriy etilishiga va yangi quvvatlarni ishga tushirilishiga qaratilishi ko‘zda tutiladi. Xorijiy sarmoyalarga baho berilganda ularni juda qiyinchilik bilan va uzoq vaqt mobaynida belgilanishi22, o‘zining yo‘nalishini tanlov asosida o‘zgartirishi hamda tikilgan sarmoyani ko‘paytirishi zarurligini tan olgan holda, mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar ham bo‘lishini, ammo kapital kapitalni ko‘paytirishi, foydali tarzda mablag‘ yig‘ib, undan qo‘shimcha foyda olishi mumkin bo‘lgan maydonni qidirishini, kapital shunchaki harakatsiz yotmasligini ta’kidlash mumkin.
Hozirda har bir jismoniy shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va shu orqali o‘z boyligiga boylik qo‘shishga intilmoqda. Bu esa o‘z navbatida ularni qo‘llab-quvvatlovchi sarmoyalarni jalb qilish sharoitining yaratilishini talab etadi. Buning uchun eng avvalo sarmoyadorniig mamlakatda mavjud siyosiy barqarorlikka, davlatda qabul qilingan qonunlar, huquqiy me’yorlar har bir kapital egasi olishi mumkin bo‘lgan foyda (daromad)ni kafolatlashi mumkinligiga ishonch hosil qilishiga bog‘liq. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritilayotgan mintaqadagi imkoniyatlar, malakali ishchi kuchi mavjudligi, resurslar narx-navosi, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining rivojlanish holati va istiqboli hamda jozibali loyihalarni mavjudligi investorlar qiziqishini yanada orttiradi.
Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o‘rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o‘ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me’yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub’ektlari – xorijiy investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar bu munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar.

Download 3,07 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   147




Download 3,07 Mb.