|
Investitsiya
|
bet | 18/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.orgTayanch so‘z va iboralar:
Investitsiya siyosati, investitsiya faoliyati, investitsiya loyihasi, investitsiya ob’ekti, investitsiya sub’ekti, reinvestitsiyalar.
O‘zini – o‘zi tekshirish uchun savollar:
Investitsiya resurslari deganda nimani tushunasiz?
O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug‘ullanadigan rasmiy muassasalar qaysilar?
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda qanday usullardan foydalaniladi?
IV MODUL. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING ROLI
4.1 – mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati
Reja:
1.
|
Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va turlari
|
2.
|
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish turlari va shakllari
|
1 – savol bayoni. Chet el investitsiyalari - foyda olish maqsadida xorijiy investorlar tomonidan tadbirkorlik va boshqa faoiyat turlarini rivojlantirishga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir. Xorijiy investitsiyalar ob'ekti bo’lib milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida yangi yaratilgan va modernizatsiya qilingan asosiy vositalar va aylanma mablag'lar, qimmatli qog'ozlar, maqsadli pul mablag'lari depozitlari, ilmiy-texnik mahsulotlar, intellektual boyliklar, mulk huquqi bo'lishi mumkin. Iqtisodiyoti muttasil o'sib borishni istagan har qanday davlat o'z milliy iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qanday choralar ko'rish kerak? O‘zbekiston xorijiy investitsiyalarni mamlakatga kiritish uchun barcha shart – sharoitlarga ega. O‘zbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bir qator afzalliklarga ham ega. Umuman olganda qulay investitsiya muhitini yaratish davlatimiz iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri bo‘lib hisoblanmoqda. Aytish joizki, xorijiy sarmoyalarni jalb qilmasdan turib biror-bir davlat taraqqiyotga hamda iqtisodiyot rivojiga erisha olgan emas. Shu bois ham bu ish mamlakatimizning iqtisodiy siyosatida ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasida bu siyosatni:
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; respublika iqtisodiyotiga kapital mablag‘larni jalb etishni ta’minlovchi huquqiy asos, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni shakllantirish;
- jahon andozalari talablariga javob beradigan texnologiyalarni yetkazib beruvchi hamda iqtisodiyotning zamonaviy tuzilmalarini barpo etishga ko‘maklashuvchi xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini muntazam ravishda yuritish;
- mablag‘larni raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bilan bog‘liq eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga sarflash kabi tamoyillar orqali amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu borada mamlakatimizdagi mavjud qonunchilik xorijiy samoyadorlarga bir qator kafolat va imtiyozlar berishini ta’minlaydi. Shu o‘rinda xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotimizda naqadar zarurligini e’tirof etgan holda xorijiy sarmoyadorlar O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan investitsion siyosatiga, qonun ustuvorligiga eng asosiysi to‘lov qobiliyatiga qodir bo‘lgan kuchli sherik sifatida ishonchlarini qozonish lozim. Buning uchun iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital sarmoyalar ko‘rinishida keng jalb qilinishi uchun huquqiy, ijtimoiy iqtisodiy va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish, ko‘shma korxonalar tashkil etilishiga ko‘maklashish, shuningdek, investorlar manfaatlari himoya qilinishini takomillashtirish zarur.
Albatta, mamlakatga investitsiya kiritayotgan har bir xorijiy investor uning boy imkoniyatlari bilangina emas, balki avvalambor, respublikada ijtimoiy siyosiy vaziyatning barqarorligi; iqtisodiy taraqqiyot istiqbollarining aniq ravshanligi; respublikada o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning izchilligi; xorijiy sarmoyalar to‘g‘risidagi qonunlarning imtiyozli shartlari to‘g‘ri belgilanganligi bilan ham ularda qiziqish uyg‘otmoqda.
Xorijiy investitsiyalarini jalb etar ekanmiz, ichki jamg‘arma manbalarini safarbar etmasdan va korxonalarning o‘zlari faol investitsiya ishlari bilan shug‘ullanmasdan turib, iqtisodiyot tuzilmasini tubdan o‘zgartirish vazifasini hal qilish qiyin bo‘ladi. Investitsiya siyosatida asosiy e’tibor korxonalarni ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta qurish va texnik qayta qurollantirish uchun mablag‘ qidirib topishni rag‘batlantirishga qaratilmog‘i lozim.
Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilinar ekan, bunda bizning asosiy vazifamiz chet mamlakatlardan keladigan sarmoyalarni ishga solib, xom ashyo yetkazib beradigan mintaqadan tayyor mahsulot chiqaradigan mamlakatga aylantirish orqaligina biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadga erishgan bo‘lamiz. Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo‘naltirilgan har qanday shakldagi mulkni to‘la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo‘la olmaydi.
Xalqaro investitsiyalar – jahon mamlakatlari o‘rtasida harakatda bo‘lgan investitsiyalardir. Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o‘rtasidagi faol harakati zamonaviy jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib turuvchi xususiyatlariga aylandi.
Investitsiyalarni chetga chiqarish jahon xo‘jaligidagi tovarlarni chetga chiqarish monopoliyasini tugatdi. Hozirgi vaqtda xalqaro investitsiyalarning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 30 foizdan oshadi. Bu ko‘rsatkich jahon savdosi o‘sishi sur’atlaridan deyarli 5 marotaba ortiqdir. Xalqaro investitsiyalar o‘zida moddiy boylik barpo etish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish, pul va tovar shakllarida jamg‘arilgan zahiralarni mujassamlashtiradi. Ushbu investitsiyalar doimiy ravishda mamlakat ichida bir tarmoqdan boshqasiga, hamda davlatlararo harakatda bo‘ladi.
Kompaniyalar va jismoniy shaxslar investitsiya jarayonining ishtirokchilaridir. Ular investitsiya jarayonida ham talab tomonida ham taklif tomonida ishtirok etishlari mumkin. Xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi bo‘ladi. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya’ni qarz va kredit), hamda bevosita va portfel investitsiyalarga bo‘linadi. Investitsiyalar nimaga yo‘naltirilganligi ular qaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi.
Xorijiy investitsiyalar qo‘shma korxonalarda o‘z hissasi bilan qatnashib, xorijiy investorlarga to‘liq tegishli bo‘lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olishi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin. Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kelmoqda. Investitsiya muhiti – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmuidir.
Xorijiy investitsiyalarga asosan 3 guruh omillar ta’sir ko‘rsatadi:
|
| |