|
Investitsiya
|
bet | 21/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.orgKonsessiya shartnomalari - bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni qazib olish va o‘zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir.
Lizing shartnomasi chet el investitsiyalari ishtirokida asbob – uskunalarni, texnika - texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olishdir.
Tenderlar – bu tanlov asosida investorlarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etilishidir.
Erkin iqtisodiy hudud – bu ma’lum hududda chet el investitsiyalari erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hududdir. O‘zbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiyot hududlar to‘g‘risida"gi Qonunida erkin iqtisodiy hududga quyidagicha ta’rif berilgan: "Erkin iqtisodiy hududlar - mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan hududdir". Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish jarayonida davlat qo‘llab-quvvatlovchi, rag‘batlantiruvchi hamda nazorat qiluvchi sifatida bosh islohotchi bo‘lishi lozim. Davlatning bosh islohotchi sifatida qatnashishi xorijiy tajribasida aniq namoyon bo‘ladi, masalan, Xitoy hukumati 1 dollar chet el investitsiyalarini jalb etish uchun 4 dollar o‘z mablag‘larini safarbar etgan. Natijada, milliy va asosan, xorijiy investorlar hududlarga investitsiyalar kirita boshlagan, bu esa o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiyotini rivoji uchun poydevor bo‘lib xizmat qildi.
Rivojlangan mamlakatlar xalqaro kapital harakatini, asosan, kapital eksporti-importini milliy va xalqaro darajada rag‘batlantirish orqali amalga oshiradilar. Kapitalning qarzlar, portfel investitsiyalar va boshqalar shaklida harakat qilishi borasidagi davlat siyosati uning harakatidagi barcha cheklashlarni olib tashlash maqsadida olib boriladi. Barcha xorijiy investitsiyalargarga nisbatan davlat har qanday cheklashlarni amalga oshirish huquqini o‘z zimmasida qoldiradi, chunki bu milliy iqtisodiy havfsizlik bilan bog‘liq. Shunisi harakterliki, kapitalni chetga chiqarish uni jalb qilishga nisbatan kam darajada tartibga solinib turiladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun katta hajmdagi investitsiyalar zarur bo’ladi. Investitsiyalarni esa moliya bozori va qimmatli qog’ozlar bozori orqali olib kelish mumkin. Shuning uchun ham mamlakatning iqtisodiy o’sishida moliya bozori va qimmatli qog’ozlarning roli nihoyatda kattadir.
Moliya bozori hamda zamonaviy moliyaviy infratuzilmaning rivojlanishi innovatsion rivojlanish yo’liga o’tishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Faqat shunday sharoitdagina investitsiya faoliyatini faollashtirish va investitsiya oqimlarini ishlab chiqarish, so’ngra esa yuqori texnologiyalar sohasiga qayta yo’naltirish mumkin bo’ladi. Zamonaviy moliya bozorlarining asosiy unsurlarini yaratmasdan turib, iqtisodiy o’sish asosiy omillaridan biri hisoblangan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning kirishiga erishib bo’lmaydi.
Moliya bozori yordamida iqtisodiyotda pul mablag’lari harakati ta’minlanadi, shuningdek, moliya resurslarini beto’xtov shakllantirish, ulardan samarali foydalanish va sarmoyalash amalga oshiriladi. U investitsiyaga aylanayotgan pulning xo’jalikning turli sohalari o’rtasida erkin ko’chib yurishi, moliya resurslaridan erkin va oqilona foydalanishni ta’minlaydi.
O’z navbatida, pulning kapital sifatida ishlab chiqarishga safarbar etilishi iqtisodiy salohiyatni kuchaytiradi, innovatsiyalar, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi va shu asosda xalq farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
|
| |