• 4.1 – rasm. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari
  • Investitsiya




    Download 3,07 Mb.
    bet20/147
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #155232
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   147
    Bog'liq
    Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

    2 – savol bayoni. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag`lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, turli xil risklarni, mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo`l bilan respublika iqtisodiyotini ko`tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo`shilishiga, chet el investitsiyalarining kirib kelishini rag`batlantirish yo`li bilan investitsiyalarni, ko`proq iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.
    O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag‘lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo‘l bilan respublika iqtisodiyotini ko‘tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishiga, rag‘batlantirish yo‘li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan. Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud (4.1–rasmga qaralsin). Chizmada aks ettirilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllarini quyida alohida ko‘rib chiqish muhimdir.
    Qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo‘shma korxonalarni tashkil etishdir. O‘zbekiston Respublikasida qo‘shma korxona deganda, ustav kapitalining kamida 30 foiz xorijiy investorlarga tegishli bo‘lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo‘lgan, nizom kapitalining eng kam miqdori 150 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi.

    4.1 – rasm. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari
    Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom jamg‘armasining 150 ming AQSH dollaridan kam bo‘lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug‘ullanishga ixtisoslashgan kichik qo‘shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan. Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish bugungi kunda kengayib bormoqda. O‘zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning turli sohalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy kompaniya va korxonalar o‘z mol-mulklari bir qismini ajratib, shu’ba korxonalar ochishi mumkin. Bunday shu’ba korxonalarga ham qo‘shma korxonalarga qo‘yilgan talablar belgilangan. Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korxonalar o‘z kapitallarini jamlagan holda xalqaro tashkilotlar tashkil etishi mumkin.

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   147




    Download 3,07 Mb.