|
– mavzu: To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarining iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi roli
|
bet | 22/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org4.2 – mavzu: To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarining iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi roli
Reja:
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarining iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi roli
|
2. Xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar va kafolatlar
|
1 – savol bayoni. Har bir mamlakat o’z iqtisodiyotini rivojlantirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TTXI)larning salmog‘i va ulardan qanchalik darajada samarali foydalanayotganligi muhim ahamiyat kasb etadi. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosatiga ta'sir ko'rsatishning kuchli vositasi bo'lib, shunga muvofiq xususiy yoki davlat investitsiyalari shaklida bo'lishi mumkin. Xorijiy investitsiyalarning asosiy shakli bu xususiy sarmoyadir, ammo ular investitsiya qiluvchi mamlakat siyosatchilari tomonidan ham nazorat qilinadi va ma'lum bir davlatga nisbatan tashqi siyosatni olib borishda o'z rollarini o'ynaydilar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kapitalni joylashtirish shakli bo‘lib, investorni qimmatli qog‘ozlarga yoki mulkka bo‘lgan bevosita huquqidan dalolat beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, kapital qo‘yuvchi davlat yoki uning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari tomonidan investitsiyalarni kapital qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotiga joylashtirishini anglatadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya bu transchegaraviy investitsiyalarning shunday turiki, unda bir iqtisodiyotdagi rezident boshqa iqtisodiyotdagi rezident korxonaga investitsiya kiritishi uning boshqaruvini nazorat qilish yoki unga salmoqli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Bunda boshqaruvni nazorat qilish uchun korxonaning kamida 50 foiz ovoz berish huquqi, unga salmoqli ta’sir ko‘rsatish uchun esa 10-50 foiz ovoz berish huquqi talab qilinadi. BMTning Savdo va rivojlanish tashkilotining 1999 yildagi Jahon investitsiya hisobotida aytilishicha esa TTXI bu bir iqtisodiyotdagi rezident birlikning (xorijiy investor yoki bosh korxona) boshqa iqtisodiyotdagi rezident korxonaga uzoq muddatli aloqa, davomli manfaat va nazoratni ko‘zlab kiritgan investitsiyasidir.
TTXIni investor mamlakat nuqtai nazardan gorizontal, vertikal va konglomerativ turlarga ajratish mumkin. Gorizontal TTXI xorijiy mamlakatda o‘z mamlakatida ishlab chiqaradigan mahsulotlar turi bilan bir xil mahsulot ishlab chiqarish uchun yo‘naltirilgan investitsiyalardir. Shu sababli gorizontal TTXI uchun mahsulot differensiatsiyasi bozor tuzilmasining muhim elementi sifatida qaraladi. Boshqacha aytganda, gorizontal TTXI monopolistik yoki oligopolistik ustunliklardan yanada to‘liqroq foydalanish uchun amalga oshiriladi. Bu ayniqsa, monopolistik ustunliklardan mahalliy bozorlarda foydalanish monopoliyaga qarshi qonunlarga zid kelib qolgan holatlarda ayni muddaodir. Vertikal TTXI esa chet eldagi xom ashyo materiallardan foydalanish yoki distribyuterlik savdo shoxobchalari orqali iste’molchilarga yaqinlashish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda turli mamlakatlar ishlab chiqarishning turli bosqichlari yoki omillari bilan qatnashadi. Masalan, uzoq vaqt mobaynida AQSH avtomobil ishlab chiqaruvchilari Yaponiya avtomobil bozoriga kirishda qiyinchiliklarga duch kelganlar. Chunki Yaponiyalik avtomobil dillerlari o‘z ishlab chiqaruvchilari bilan yaqin biznes aloqalariga kirishgan va bu xorijiy avtomobillarga nisbatan qarshilikni tug‘dirayotgan edi. AQSH avtomobil dillerlari bu to‘siqni yengib o‘tish uchun Yaponiyada o‘z mahsulotlarini sotishda o‘z dillerlik tarmoqlarini ochishga kirishganlar.
Konglomerativ TTXI esa o‘z ichiga gorizontal va vertikal TTXI qamrab oladi. Resipiyent mamlakat nuqtai nazardan esa TTXIni import o‘rnini bosuvchi, eksportni rag‘batlantiruvchi va davlat tashabbusi ostidagi turlarga ajratish mumkin. Import o‘rnini bosuvchi TTXI muayyan mamlakatda ushbu mamlakat avval import qilgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun kiritilgan investitsiyalar hisoblanadi va bu mazkur mamlakatning o‘sha mahsulot bo‘yicha importini qisqarishiga va investor mamlakatning esa eksportini kamayishiga olib keladi. Bu turdagi TTXIni rag‘batlantiruvchi asosiy omillar qabul qiluvchi mamlakat bozori hajmining kattaligi, transportatsiya harajatlari va savdo to‘siqlarining mavjudligidir. Eksportni rag‘batlantiruvchi TTXI esa resipiyent mamlakatning investor mamlakat va TMK filiallari joylashgan mamlakatlarga xom ashyo materiallar va oraliq mahsulotlar eksportini rag‘batlantiradi. Chunki bu turdagi TTXI maqsadi ishlab chiqarish uchun yangi manbalar va omillar izlab topishdir. Davlat tashabbusi ostidagi TTXI turiga hukumat to‘lov balansidagi defitsitni yo‘qotish maqsadida xorijiy investorlarga turli imtiyozlar taklif qilish jarayonida jalb qilingan investitsiyalar kiradi.
|
| |