• Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA)
  • Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB)




    Download 3,07 Mb.
    bet32/147
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #155232
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   147
    Bog'liq
    Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

    Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) — Umumjahon banki guruhining asosiy tashkiloti bo‘lib, o‘rta va kam daromadli, to‘lov qobiliyatiga ega mamlakatlar hukumatlariga qarz beradi. XTTB 1944 yilda tashkil etilgan va hozirda a’zo mamlakatlar soni 186tani tashkil etadi. XTTBning maqsadi – a’zo-mamlakatlar iqtisodiyotini qayta tiklashga va rivojlanishiga kapital qo‘yilmalar berish, investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish orqali qo‘llab-quvvatlash, to‘lov balansi muvozanatini ta’minlashga qaratilgan qarz berishdan iborat. XTTB, odatda, 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yilgacha muddatda uzoq muddatli kreditlarni beradi. Bankning resursi ikki manbadan shakllanadi. Shu jumladan, asosiy qismi moliya bozorlarida turli xil qarz majburiyatlarini joylashtirishdan shakllanadi. XTTB a’zo mamlakatlarga hukumat kafolati asosida qarz beradi. Qarzni odatda 10-15 yil muddatga 5 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi. XTTBning foiz stavkasi har 6 oyda o‘zgaradi va o‘rtacha 7 foiz atrofida belgilanadi. XTTB ustaviga muvofiq aholi jon boshiga 5055 dollargacha YAIM to‘g‘ri keladigan mamlakatlargina bankdan qarz olish huquqiga ega. Yirik taraqqiy etgan mamlakatlar, xususan, bankning 5 ta eng yirik aksionerlari qarz olishi mumkin emas. Jahon banki qariyb 70 yillik faoliyati mobaynida 140 ta mamlakatda qiymati 300 mlrd. dollarga teng 6 mingdan ortiq loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etgan. Ushbu bank O‘zbekistonda ham yirik loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
    Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) — 1960 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga a’zo mamlakatlar soni 169 tani tashkil etadi. XTA uzoq muddatga foizsiz, kredit ko‘rinishida qarz va deyarli bozor shartlari bo‘yicha qarz olish imkoniga ega bo‘lmagan dunyoning eng past daromadli 82ta mamlakatlariga grantlar beradi. XTA kredit operatsiyalarini donor mamlakatiga badallari, XTTBning sof foydasini o‘tkazish, XMKning grantlari va uyushma tomonidan ajratgan kreditlaridan keladigan tushumlar hisobiga moliyalashtiriladi. XTAning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga imtiyozli kreditlar berishdan iborat bo‘lib, zahiralashtirilgan kredit mablag‘larining jami hajmi 207 mlrd. Dollarga etgan. XTA kreditlari 10 yillik imtiyozli davrni kamrab olgan holda 35 — 40 yilga beriladi. Kreditlar hajmi SDRda aks ettiriladi, lekin moliyalashtirish loyiha harajatlari amalga oshiriladigan valyutada beriladi. Olingan qarz bo‘yicha foiz hisoblanmaydi, ammo kredit bo‘yicha xizmat ko‘rsatishdan kreditning 0,75 foiz miqdorida komissiya haqi olinadi.

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   147




    Download 3,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB)

    Download 3,07 Mb.