• X MODUL. RIVOJLANTIRISH DAVLAT DASTURLARINI SHAKLLANTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH Reja
  • 1 – savol bayoni.
  • Investitsiya




    Download 3,07 Mb.
    bet74/147
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #155232
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   147
    Bog'liq
    Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

    Tayanch so‘z va iboralar
    Buyurtmachi, pudratchi, texnik-iqtisodiy asosnoma, loyihani ekspertizasi, oferent, ochiq tanlov savdolari, kapital qurilish, kapital qo‘yilma, qurilish industriyasi, asosiy fondlar.

    O‘zini – o‘zi tekshirish uchun savollar
    1. Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy mohiyati

    2. Qurilishning bosqichlari


    3. Kapital qurirlishda loyihalashtirish
    4. Kapital qo‘yilmalar samaradorligini baholash
    5. Kapital qurilishda nazorat ishlarining mohiyati
    6. Qurilish industriyasi tushunchasining mohiyati
    7. Qurilishning tashkiliy shakllari.

    X MODUL. RIVOJLANTIRISH DAVLAT DASTURLARINI SHAKLLANTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH
    Reja:


    1.

    O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturi, uning mazmuni, asosiy maqsadi, tamoyillari, shakllantirish tartibi bosqichlari va muddatlari




    2.

    Muhim investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati asosida investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish va tasdiqlash jarayoni. Rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish ustidan nazorat




    1 – savol bayoni. O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu – davlat tomonidan horijiy investitsiyalarni qo’llab quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiruvchi yo’nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora – tadbirlar xamda horijiy investitsiyalar uchun qulay investitsiya muxitini yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.
    O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning umumyi yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy – iqtisodiy va husasiy ho’jalik qarorlari majmuasi bo’lib, mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida ichiga va horijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va joylashuvini belgilaydi. Ishlab chiqarish salohiyatining o’sishi, iqtisodiy o’sish sur’atlari, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish hajmi va sifatining ko’tarilishi va butun infrastrukturaning rivojlanishi ko’p jihatdan investitsiya va investitsiya dasturiga bog’liq. Investitsiya dasturi davlatning investitsiya mablag’larini mamlakatda moddiy boyliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun safarbar qilish vazifasidan iboratdir. Tashkiliy – huquqiy jihatdan davlat siyosatining bu sohasi uning tegishli idoralari tomonidan ushbu siyosatning maqsad va vazifalari amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiya dasturining tashqi tomoni ham bor bo’lib, u iqtisodiyotni zamonaviy texnika, texnalogiya va ishlab chiqarishni tashkil etish asosida jadal rivojlantirish vazifasini hal etish uchun iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb etishni o’z ichiga oladi. Bu vazifani qo’shma korhonalar barpo qilish, ya’ni to’g’ridan –to’g’ri xorijiy hususiy investitsiyalardan foydalanish yo’li bilan hal etish mumkin. Shu munosabat bilan xorijiy investitsiyalarni huquqiy tartibga solish masalalari dolzarblashadi. Aniq, samarador va xayotiy rioya qilinadigan qonunlariga ega bo’lgan ochiq va liberal investitsiya dasturi xorijiy investitsiyalarni jalb etishning qudratli qurolidir. Bynday siyosatni ishlab chiqish respublikaning asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolishi kerak72.

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   147




    Download 3,07 Mb.