Investitsiya dasturi (keyingi o‘rinlarda dastur deb ataladi) – bu Respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xom-ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‘li bilan Respublikaning ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bir – biri bilan o‘zaro bog‘langan chora – tabdirlar kompleksidir.
“O‘zbekistonning 2020–2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-4563-son, 09.01.2020 y.) qabul qilindi. Qaror bilan O‘zbekistonning 2020–2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi. Dasturda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:
850,5 trln so‘m investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish;
206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratish.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston nomidan yoki kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha 2020 yilda yangi imzolanadigan shartnomalar doirasidagi loyihalar “2020 yil uchun O‘zbekistonning Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilangan chegaraviy hajmlar doirasida aniqlanadi. Shuningdek, qiymati 50 mln. AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini byudjet mablag‘lari hamda moliyalashtirishning boshqa ichki manbalari hisobidan qurish tartibi mazkur investitsiya loyihalari quyidagi talablarga mos kelgan taqdirda qo‘llaniladi:
loyihaning iqtisodiy samaradorligi mavjudligi;
urbanizatsiya agentligining loyihani so‘ralayotgan yer uchastkasida joylashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi mavjudligi;
loyihaning loyihaoldi hujjatiga davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi (zarur hollarda).
Investitsiyalarning miqdoriy o’sishi ichki investitsiya dasturi ( mablag’larni noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish hisobiga safarbar qilish) vositasida ta’minlanadi. Investitsiyalar sifatining o’sishi ichki ( fan va texnika yutuqlarini tadbiq qilish) va tegishli tashqi investitsiya dasturi ( xorijiy investitsiyalar –texnik tarkibi va xususiyatiga ko’ra yuqoriroq bo’lganlarini jalb etish) vositasida ta’minlanadi. Ichki investitsiya dasturi ham tashqi investitsiya dasturi ham,har ikkalasi investitsiyalashning turli manbalaridan turli shakillardagi investitsiyalarni jalb etish zaruriyatini nazarda tutadi. Investitsiya dasturining mohiyati va mazmuni eng qulay huquqiy vositalarni topish – investitsiya jarayoni va investitsiyani huquqiy tartibga solishdan iborat. Ratsional investitsiya dasturini amalga oshirayotgan davlat ixtiyorida huquqiy tartibga solishning ikki vositasi mavjud: milliy – huquqiy va halqaro – huquqiy. Davlatning tashqi investitsiya dasturi huquqiy nuqtai nazardan xorijiy investitsiyalar uchun qulay huquqiy muhit yaratishdan iborat bo’lib, bu milliy huquqiy tartibod, milliy huquqiy shakillar va normalardan (qonunlar va boshqa me’yoriy aktlar) xamda xalqaro huquqiy tartibod, xalqaro – huquqiy shakl va normalardan (ikki va ko’p tomonlama shartnomalar va bitimlar) foydalanishni nazarda tutadi. Bularning barchasi ham ichki ham tashqi investitsiya siyosatlari hisobga olinishi shart. Investitsiya dasturining aniq maqsadga yo’naltirilgan ba ilmiy asoslangan asosiy vazifasi davlatning jamiyatda moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun investitsiya mablag’larini safarbar qilish bo’yicha faoliyat yuritishidan iborat. Investitsiya faoliyati (ingl. Investmen activity) – bu investitsiya kiritish va investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha olib boriladigan amaliy harakatlarning yig’indisidir. Investitsiya dasturi alohida davlatlar tomonidan investitsiya munosabatlari sub’ektlarining (davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy) investitsiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini nazarda tutadi. Investitsiya faoliyati esa uning sub’ektlarining investitsiyani amalgam oshirish bilan bog’liq faoliyatlari yig’indisidir.
Investitsiya dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- investitsiya jarayonlarini boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish, shuningdek loyihalarni tanlab olish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;
- belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarini va faoliyat sohalarni qo‘llab quvvatlash;
- ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarni (ta’lim, soliqni saqlash) birinchi navbatda, moliyalashtirish;
- mineral xom-ashyo resurslarini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni, tayyor mahsulotni tashqi bozorda raqobatbardoshligigi darajaga yetkazishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini qo‘llab quvvatlash;
- transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish;
- tarkibiy o‘zgarishlar vazifalari va amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatiga muvofiq mablag‘ qo‘yishning o‘zaro manfaatliligi asosida xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, tomonlarning investitsiya majburiyatlari asosida shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish;
- investitsiya loyihalarni investitsiya dasturining aniq ro‘yxatiga oldindan belgilangan mezonlar asosida kiritish;
- ilgari boshlangan ob’ektlarni tugallash uchun markazlashtirilgan investitsiyalarni, birinchi navbatda, ajratish.
Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim tarmoqlarini va mintaqalarini rivojlantirish ustuvorliklari, mahsulot sotish ko‘rsatkichlari, shu jumladan eksportga yo‘naltirilganlik, butlovchi buyumlar va kompanentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda qatnashish va shu kabilar asosiy mezonlar hisoblanadi.
Investitsiya dasturida loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilishi va qurilishni tugallash hamda foydalanishga topshirish uchun yillar bo‘yicha joriy narxlarda moliyalashtirishga ehtiyoj, moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Investitsiya dasturini ishlab chiqishda yirik va o‘ta muhim loyixalar alohida, katta bo‘lmagan bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi mumkin (masalan: maktablar, qishloq, vrachlik punktlari qurilishi va boshqalar).
Investitsiya dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishi bo‘yicha barcha ishlarni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtirib boradi. Investitsiya dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash va uni kreditlash ishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilgan tartibda asosan amalga oshiriladi. Unga muvofiq investitsiya loyihasini markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash har qaysi ob’ekt bo‘yicha ajratilgan kapital quyilmalar limitlar doirasida qat’iy amal qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati va qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan titul ro‘yxati asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni qo‘llab quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo‘lgan davlat tomonidan rag‘batlantiriluvchi yo‘nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora – tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag‘larning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mukammal xuquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat investitsiya dasturini shakllantirish orqali yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning barcha shakllarini faol jalb qilishda: mamlakatning hududiy va tarmoq tizimini takomillashtirish nuqtai-nazardan investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillarni muvofiqlashtirgan holda qulay investitsion muhitni yaratish; chet el investitsiyasini jalb etuvchi hamda shu asosda tovar eksport qilishni ko‘paytiruvchi korxonalar uchun imtiyozlarni kengaytirish; investitsiya loyihalarini iqtisodiyotning makro va mikro darajasidagi ehtiyoj va imkoniyatlarni hisobga olib, ishlab chiqish asosida xorijiy kredit liniyalarining investitsiyalaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir.
|