Ion almashinish reaksiyalar




Download 41.85 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2022
Hajmi41.85 Kb.
#23922
1   2   3   4
Bog'liq
ion almashinish reaksiyalar

Qisqa ionli tenglamasi:
CO32- + HOH OH- + + HCO3- (rH>7)

Oxirgi tenglamadan ko`rinib turibdiki, kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuzning gidrolizi anion bo`yicha boruvchi reaksiya bo`lib, kation gidrolizlanmaydi. Bunday gidrolizni eritmaga kislota qo`shib kuchaytirish, ishqor qo`shib susaytirish mumkin. Temperaturaning ortishi va eritmaning suyltirishi muvozanatni o`ngga siljitadi, ya`ni gidrolizni to`liq oxirigacha borishiga olib keladi. Bu tuzlarning eritmalari doimo ishqoriy muhitli bo`ladi.

  1. Kuchsiz asos(NH4OH, Mg(OH)2, Cu(OH)2, Fe(OH)2,

Fe(OH)3, Co(OH)2, Ni(OH)2, Al(OH)3, Cr(OH)3, Mn(OH)2, Zn(OH)2, Pb(OH)2, Sn(OH)2, Sb(OH)3, Bi(OH)3) lardan kuchli kislota (HCl, HBr, HJ, HClO4, H2SO4, HNO3) lardan va hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizi.Bu tuzlar gidrolizining umumiy tenglamasi:
KatAn + H2O Kat (OH) + H+ + An-
Tuz + suv kuchsiz asos + kuchli kislota
Bunday tuz tarkibiga kirgan An- ning qutblanuvchanligi past bo`lgani uchun suv molekulalari tarkibidagi vodorodni tortib ola olmaydi.Kat+ ning qutblovchiligi yuqori bo`lgani uchun suv molekulalari bilan ta`sirlashadi va OH- ionlarini tortib, biriktirib oladi va eritmaga H+ ionlari ajralib chiqadi. Shuning uchun eritma(rH<7) kislotali muhitga ega bo`ladi. Aniq misolda ko`rib chiqamiz:
FeCl3 + H2O Fe (OH)Cl2 + H+ + Cl - I bosqich
Fe(OH)Cl2+ H2O Fe(OH)Cl2 + H+ + Cl IIbosqich
Fe(OH)2 Cl+ H2O Fe(OH)3 + H+ + Cl III bosqich
Ko`p valentli metallarning tuzlari gidrolizlanganda II ,III … bosqichlarning borish ehtimolligi kamayib boradi. Shun-ga asosan FeCl3 tuzi suvda eriganda III bosqich deyarli amalga oshmaydi.Agar III bosqich bo`yicha gidroliz borganda edi, FeCl3 eritmasi tiniq sariq rangli bo`lmasdan, balki qo`ng`ir rangli loyqa (zangli suv) ga aylanib qolar edi. Lekin FeCl3 eritmasi tiniq eritma. Demak, gidroliz I yoki II bosqich bo`yicha boradi. Aytilganlarni e`tiborga olib I va II bosqich uchun ionli tenglamalarni tuzamiz.
I bosqich uchun to`liq ionli tenglama:
Fe3+ + 3Cl- + HOH FeOH2+ + 2Cl- + H- + Cl-
qisqa ionli tenglama:
Fe3+ + HOH Fe(OH)2+ + H+(rH>7)
II bosqich uchun:
Fe(OH)2+ + 2Cl- +HOH FeOH2+ + Cl- + H+ + Cl-
Fe(OH)2+ + HOH Fe(OH)2+ + H+ (rH>7)
Ionli tenglamalardan ko`rinib turibdiki,kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo`lgan tuzning gidrolizi kation ishtirokida reaksiya bo`lib, bu tuz tarkibidagi anion gidrolizda ishtirok etmaydi, eritma kislotali muhitga ega bo`lmaydi (rH>7). Bu gidrolizni to`liq oxirigacha yetkazish uchun temperaturani oshirish, eritmani suyultirish yoki eritmaga bir oz ishqor qo`shish kerak. Gidrolizni to`xtatish uchun esa eritmaga kislota qo`shish zarur. Shu sababli ZnSO4, SnCl2 kabi tuzlarning eritmalarini tayyorlashda eritmaga mos ravishda H2SO4 va HCl eritmalari qo`shiladi va hosil bo`lgan oq rangli cho`kmalar eritib yuboriladi.
3.Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuzlar suvda eriganda kation ham, anion ham mos ravishda o`rtacha qutblovchi va qutblanuvchi bo`lganliklari uchun ikkala ion ham gidrolizda ishtirok etadi. Gidrolizlanish mahsuloti sifatida kuchsiz asos (cho`kma) va kuchsiz kislota hosil bo`ladi. Bunday gidrolizlanish reaksiyasining umumiy tenglamasi:
Kat An + H2O KatOH + HAn
tuz + suv kuchsiz asos + kuchsiz kislota
Aniq misolda ko`rib chiqaylik:
(NH4)2CO3 + 2H2O 2NH4OH + H2CO3
ionli holda:
2NH4+ + CO32- + 2HOH 2NH4OH + H2CO3
Reaksiya tenglamalaridan ko`rinayaptiki, kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuz ham kation, ham anion bo`-yicha gidrolizlanadi. Odatda bunday tuzlarning gidrolizi to`liq ro`y beradi. Eritmaning muhiti hosil bo`lgan kislota va asosning Kdis - qiymatiga, ya`ni ularning qanchalik darajada dissotsia-lanishiga bog`liq bo`ladi. Agar Kdis.kisl >Kdis.asos bo`lsa eritma kislotali muhitga (rH>7), Kdis.kisl < Kdis.asos bo`lsa eritma ishqoriy muhitga (rH>7) ega bo`ladi.
3 – turdagi gidroliz reaksiyalari quyidagi hollarda ham boradi.
Agar kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo`lgan biror tuz eritmasi ikkinchi – kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuz eritmasi bilan aralashtirilsa ikkala tuz birgalikda gidrolizga uchraydi. Birgalikda ro`y beradigan gidroliz to`liq boradigan gidroliz bo`lib, uni quyidagi misolda ko`rib chiqaylik. Agar AlCl3 tuzi eritmasiga Na2S eritmasi qo`shilsa, eritma tezda oq rangli loyqaga aylanib, qo`lansa xid chiqara boshlaydi.
Uning sababi AlCl3 va Na2S birgalikda gidrolizlanib suvda yomon eriydigan Al(OH)3 va qo`lansa xidli H2S – gazi hosil bo`ladi:
2AlCl3 + 3Na2S + 6H2O = 2Al(OH)3 + 3H2S + 6NaCl
Reaksiyaning ionli tenglamasi:
2Al3+ + 6Cl- + 6Na+ + 3S2- + 6H2O
2Al(OH)3 + 3H2S + 6Na+ + 6Cl-
Qisqa ionli tenglamasi:
2Al3+ +3S2- + 6HOH 2Al(OH)3 + 3H2S
Eritmaning muhiti yuqoridagi (3 – tur) gidroliz reaksiyala-ridagi singari hosil bo`ladigan kislota yoki asosning kuchi bilan tavsiflanadi.
Gidroliz reaksiyalarining aksariyati qaytar jarayon bo`lgani uchun gidrolizning miqdoriy tavsifi sifatida gidroliz darajasi – h va gidroliz doimiysi – K gird.tushunchalari kiritilgan.

Download 41.85 Kb.
1   2   3   4




Download 41.85 Kb.