1. Biofizika va radiobiologiya fani, uning predmeti
1-Ma’ruza
Mavzu: Biomexanika va bioakustika. Termodinamika asoslari.
Bioelektromagnetizm.
Reja
1.Biofizika va radiobiologiya fani,
uning predmeti.
2.Qattiq jismlar.Tirik organizmlarda deformatsiya turlari.
3. Tovush, uning fizik va fiziologik xossalari.
4. Ultra- va infratovushlar, ularning tirik organizmga ta’siri.
5. Suyuqliklarda oqim turlari va uzluksizlik tenglamasi. Bernulli tenglamasi..
6. Termodinamik jarayonlar.Termodinamikaning I va II qonunlari
7.
Harorat - issiqlik harakatining o’rtacha kinetik energiyasidir.
8.Elektr maydon va uning asosiy xarakteristikalari.
9.Moddalarning elektr xossalari: o’tkazgichlar va yarim o’tkazgichlar,
dielektriklar dielektrik kirituvchanlik.
10.Suyuqliklarda elektr toki.
11.Elektrolitlar va ularning tirik organizm tarkibidagi hujayralar
funksiyasidagi ahamiyati
Tayanch so’z va iboralar: Deformasiya, elastiklik (Yung ) moduli,
mustahkamlik chegarasi, oquvchanlik qismi, elastin, kollogen, siljish, siqilish,
buralish, cho’zilish, mexanik kuchlanish, nisbiy uzayish va siqilish. Diffuziya,
uzluksizlik, viskozimetriya, sistola, diastola, stasionar, oqim chiziqlari, uyurma,
turbulent, laminar, yopishqoqlik, ichki energiya, puaz, adiabatik jarayon, kinetik
energiya, harorat, izojarayon, gradiyent, konveksiya, impuls, termos, kopellyar,
lipid, oqsil, Entropiya, ichki energiya, issiqlik miqdori, termodinamik tizim,
issiqlik sig’imi, issiqlik mashinasi.
Elektr maydon, elektr zaryad, ebonit tayoqcha,
Kulon qonuni, kuchlanganlik, maydon potensiali, elektrostatik induksiya,
kondensatorlar, Nuqtaviy zaryad, dielektrik kirituvchanlik, Elektrolitlar, Faradey
qonunlari, elektr sig’im, magnitlar, paramagnet, diamagnit, ferromagnitlar,
elektrofarrez, yarimo’tkazgichlar.
Biofizika va radiobiologiya fani fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarni, biologik
tizimlar ultrastrukturasini tashkil qilishning hamma soxalarida submolekulyar va
molekulalardan to to’qima va to’liq organizmgacha o’rganadi. Tirik organizmda
sodir bo’ladigan turli jarayonlarning murakkabligiga va o’zaro bog’liqligiga
qaramasdan, ular ichidan fizik jarayonga yaqinlarini ajratib olish mumkin.
Masalan: qon aylanishi, bu jarayon suyuqlikning oqimi (gidrodinamika), tomirlar
bo’ylab elastik to’lqinlarning tarqalishi (akustika), Yurakning ishi va quvvati
(mexanika), biopotensiallar generasiyasi (elektr), nafas olishda gaz harakati
(aerodinamika), issiqlik uzatish (termodinamika), bug’lanish (fazoviy o’tishlar) va
hokozo bo’limlarda o’rganiladi.
|