/
(1.3)
Bunda
- materialga bog’liq musbat koeffisiyent (Puasson koeffisiyenti).
Ingliz fizigi R.Guk kichik deformatsiyalar uchun nisbiy deformatsiya
kuchlanishga to’g’ri proporsional ekanini aniqladi.
E
(1.4)
Bunda
E
- Yung (elastiklik) moduli. Yung moduli nisbiy uzayish birga teng
bo’lgandagi kuchlanish bilan aniqlanadi. Yuqoridagi formulalardan quyidagi
bog’lanish kelib chiqadi.
S
E
F
(1.5)
(1.5) formula Guk qonunining matematik ifodasi. k - elastiklik koeffisiyenti.
1.3 - rasmda kuchlanish bilan nisbiy deformasiya orasidagi bog’lanish ko’rsatilgan.
OA - elastik deformasiya, V - elastiklik chegarasi bo’lib, shunday maksimal
kuchlanishni harakterlaydiki, bunda tashqi kuch ta’siri olingandan so’ng jismda
qoldiq deformatsiya qolmasdan, u yana o’z shaklini tiklay oladi. SD - gorizontal
oraliq kuchlanishning oquvchanlik chegarasidir, ya’ni bu oraliqda
kuchlanish
oshmasdan deformatsiya oshib boradi.
Е - nuqta esa jismning buzilishi (uzilishi)
oldidan jismga qo’yilgan eng katta kuchlanish jismning mustahkamlik chegarasi
deyiladi. Moddalar elastiklik xossalari orasida juda katta farq bor. Masalan, po’lat
mustahkamlik chegarasidan 0,3% cho’zilgandayoq uziladi, yumshoq rezinalarni
esa 300% cho’zish mumkin. Bunday farq sifat tomondan Yuqori molekulyar
bog’lanishlar elastikligi mexanizmi bilan bog’liq.
Mexanik kuchlanish va nisbiy deformatsiya orasidagi bog’lanish: σ-mexanik
kuchlanish, ε-nisbiy deformasiya
T. Molekulalari ko’p miqdordagi atomlardan yoki atom gruppalaridan
tuzilgan va kimyoviy bog’lanishlar bilan birlashtirilgan uzun zanjir ko’rinishdagi
moddalar
polimerlar deyiladi. Polimerlar izotrop moddalardir. Tirik organizmning
ko’p qismini polimer deb qarash mumkin. Ba’zi moddalar
mustahkamlik chegarasi
va Yung moduli qiymati quyidagi jadvalda keltirilgan.
- modda ! Yung moduli, GPa ! must. chegarasi, MPa
- Po’lat ! 200 ! 500
- Organik shisha ! 3,5 ! 50
- Shishali kapron ! 8 ! 150
- Elastin ! 0,1 - 0,6 MPa ! 5
- Kollogen ! 10 - 100 MPa ! 100
- Suyak ! 10 ! 100
Elastik siqilgan sterjen potensial energiyasi tashqi kuchlar bajargan ishga tengdir
dx
F
A
П
O
(1.6)
Bunda X - absalyut uzayish. Guk qonunidan elastik sikilgan sterjen potensial
energiyasi
2
)
(
2
П
(1.7)
ya’ni deformatsiya kvadratiga to’g’ri proporsional bo’ladi. Endi biologik
to’qimalarning mexanik xossalari bilan tanishamiz.
Suyak to’qimasining 2/3 qismi (0,5 hajm) noorganik moddadan (gidro-
silappatit) lardan tashkil topgan. Qolgan qismi organik moddadan kollogendan
(Yuqori molekulyar birikmadan) yuksak elastik xossaga ega bo’lgan tolali oqsildan
tashkil topgan. Gidrosilappatit kristalchalari kollogen to’qimalari (fibrilar)
orasida
joylashgan. Suyak to’qimalari zichligi 2400 kg/m
3
, uning mexanik xossasi yoshga
va organning qismiga qarab turlicha bo’ladi.