shovqinlari, kasallik uchun xarakterli bo’lgan xirillashlarni tinglaydilar. Xuddi
shunday Yurak faoliyatini eshitish mumkin. Yana
bir tovush usuli - perkussiya -
tiqqillatib ko’rish. Organizmning turli qismlarini bolg’acha yoki qo’l bilan
tiqqillatib ko’rishda majburiy tebranishlar yuzaga keladi. Bu tovushga perkuter
tovush deyiladi. Yumshoq joyga (muskul, yog’, teri) urganda qisqa to’lqin hosil
bo’ladi va tez yutiladi. Agar elastik qismiga urilsa rezonans bo’lib, perkuter tovush
kuchayishi mumkin va u ancha baland tovush hosil qiladi. Agar organizmda
potologik o’zgarishlar bo’lsa tovush o’zgaradi.Hayvonlar
tovush chiqarish
organlari turlichadir. Ular
tovushdan ov qilish, aloqa vaositalarida ishlatadi.
Hamma hayvonlarda ham ovoz chiqarish organlari mavjud emas. Shu sababli ovoz
chiqarish uchun ular boshqa organlardan foydalaniladi (qanotlar, oyoqlar va
hakazo).
Bo’g’in oyoqlilar ishqalanish yoki bir organning ikkinchisiga
urilishi,
menbranalar vibrasiyasi (qanotlar), tirqish orqali havo o’tkazish tufayli tovush
chiqaradi. Ularning akustik spektri murakkab, chastotasi Yuqori (2 k Gs atrofida).
M: pashsha, ari, chibinlar qanotini qoqishi tufayli tovush chiqaradi.
Baliqlar - Ularning chiqaradigan tovushi asosan tanasining u darajada
silliq
bo’lmasligi tufayli suzish vaqtida suv bilan ishkalanishidan paydo bo’ladi. Shu
bilan birga har bir baliq o’ziga xos tovush chiqaradi. M: stavrida g’ijirlashga
o’xshash tovush chiqarsa, lesh xurrakga o’xshash, dengiz karasi esa tiqqillashga
o’xshash tovushlar chiqaradi. Baliqlar asosan suzuvchi shishiragi yordamida
tovush chiqaradi. Uning ichida havosi bor. Buni harakatga keltirish uchun baliqlar
yonboshida joylashgan baraban muskullarini ishga soladi.
Qushlar - ularning tarqatadigan tovushlarining ko’pchiligi tovush
organlaridan emas, balki qanotlari, tumshuqlari, oyoqlaridan chiqadi. M: turnalar -
tiqqillagan tovushni tumshuqlarini yopish va ochish yordamida chiqaradi. Lekin
asosiy rolni nafas tovushlari o’ynaydi. Tanglayida 2
ta menbrana mavjud - tashqi
va ichki. Uning ish prinsipi Bernulli qonuniga asoslangan. Havo tez o’tishida ovoz
chiqaradi. Qushlar asosan 20 Gs - 12 kGs chastotali, ba’zilar esa hatto 30 - 50 kGs
chastotali ultratovushlar chiqarishi mumkin.