1-rasm.Suyaklarning muskullar va paylar bilan turg’unligi amalga oshishi.
Normal tik turgan odam tanasida suyak va muskullardan iborat bo’g’inlar
juda turg’unmas holatdagi tizimni hosil qiladi. Shunga qaramasdan butun
tizimning muvozanatda
saqlanishiga sabab, tanani ushlab turuvchi muskullar
tizimining doimiy taranglanib turishi tufaylidir.
Umurtqalilarning skelet muskullari uzunligi bir necha millimetrdan o’nlab
santimetrgacha va qalinligi odatda 0,05 - 0,1 mm bo’lgan muskul to’qimalaridan
iborat.
To’qimalar kundalang strukturalar bo’lgan Z-plastinkalar bilan bir xil
qismlar-sarkomerlarga bo’lingan, ularning tinch holatdagi muskulda uzunliklari 2,2
mkmni tashkil etadi. To’qimalarning bo’shashgan holatdan aktiv holatga o’tish
nerv impulsi ta’sirida sarkoplazmatik retikulumdan Sa
2
ionlarining chiqishi
tufayli ro’y beradi. Aktivlashish tugagandan keyin Sa
2
konsentrasiyasi 10
2
-10
3
marotaba kamayadi va 10
7
-10
8
molni tashkil etadi. Muskullar aktivlashishi tufayli
qisqaradi yoki uzunligi o’zgarmagan holda kuchlanish hosil qiladi (izometrik
qisqarish). Aksincha izotopik qisqarishda muskullar doimiy kuchlanishda qisqarib,
ish bajaradi. Muskullarning mexanik va energetik xossalari haqidagi ko’pchilik
ma`lumotlar A.Xill tomonidan 1930-1964 yillarda aniqlangan. Xill tenglamasiga
ko’ra muskullar qisqarish tezligi va hosil bo’ladigan kuch orasidagi bog’lanish
giperbolik grafik bilan xarakterlanadi.
)
(
)
)(
(
max
a
F
b
a
F
(1.11)
bunda
max
F
-muskulning kuchlanishida hosil kiluvchi kuch, ya’ni izometrik
qisqartirishdagi kuch,
-muskul qisqartirishning o’rtacha tezligi
Muskullarning maksimal kuchi F
max
sarkomerlar uzunligiga bog’liq. Undan
ko’rinadiki, faqat sarkomer uzunligi 2-3 mkm bo’lgandagina
muskul kuchi
o’zining maksimal qiymatiga erishadi. Kuchli uzayishda muskul qisqarishi kuchi
miozin va aktin iplari zonalari qoplanmasligi tufayli keskin kamayadi.
Muskul maksimal kuchining (F
мax
)
sarkomer uzunligiga
(L) bog’lanishi.
Muskullar strukturasi, energetikasi va biomexanikasi haqidagi ma’lumotlarni
tushuntirish uchun muskul modellari taklif etilgan. Faol holatdagi muskulning
qovushoq elastik modelini A.Xill
taklif etgan. Ushbu modelda
muskul ikki paralel
elastik elementlardan iborat bo’lib, ulardan biri qovushqoq dempfer bilan
to’ldirilgan 1). Tinch holatdagi muskul faqat elastiklik xususiyatiga ega.
Muskulning mexanik modellari.1-Xill modeli, 2-Foygt modeli, 3- Maksvell
modeli 4-Foygt-Maksvell modeli
Keyinchalik muskulning qovushoq elastik xossalarini o’rganish natijasida
oldingi elastik elementlarga parallel bo’lgan yana bir elastik element mavjudligi
haqidagi xulosa chiqarildi. Bunday tizimni Foygt modeli va
Maksvell modeli bilan
tushuntirishga urinishgan. Foygt modeli elastik element va unga parallel bo’lgan
qovushqoq dempferdan iborat bo’lsa, Maksvell modelida bu elementlar ketma-ket
ulangan. Biroq, keyinchalik Foygt va Maksvell modellarining kombinasiyasidan
foydalana boshlashdi.
Xill modeli bo’yicha tinch holatdagi muskul uchun quyidagi bog’lanishdan
foydalansa bo’ladi:
)
(
0
0