zaryadlanadi, Yarim davr ichida esa R orqali razryadlanadi. Kondensatorning roli
qon bosimining tebranishlarini tekislashdir. Qon tomirlarini tarmoqlangan
naychalar sifatida olish mumkin. Suratda 1-2 aorta, 2-3 arteriyalar, 3-4 arteriolalar,
4-5 kopelyarlar, 5-6 venulalar, 6-7 venalardan iborat. Yurak muskullarining
qisqarishida (sistolada) qon Yurakdan aortaga va undan tarqalib ketuvchi
arteriyalarga siqib chiqarila boshlaydi. Agar bu tomirlar devorlari qattiq bo’lganda
edi, qonning Yurakdan chiqish paytida vujudga kelgan bosim tovush tezligida
qismlarga uzatilgan bo’lar edi. Qon tomirlari elastik bo’lgani uchun sistola paytida
Yurak itarib chiqarayotgan qon aorta, arteriya va arteriolalar cho’ziladi. Bunda
katta qon tomirlari sistola paytida markazdan chetdagi qismlarga oqib boradigan
qonga nisbatan ko’p qonni qabul qiladi. Odamning sistolik bosimi normada
taxminan 16 kPa.ga teng. Yurakning bo’shashi (diastola) paytida cho’zilgan qon
tomirlari pasayadi (bo’shaladi), Yurakning qon orqali ularga uzatgan potensial
energiyasi qonning oqishidagi kinetik energiyaga aylananib diastolik bosimni
taxminan 11 kPa. atrofida tutib turishga madad beradi. Sistolalar yuz berishi
davrida qonning chap qorinchadan itarilib chiqarilishi tufayli yuzaga kelgan va
aorta hamda arteriyalar orqali tarqaluvchi Yuqori bosimli to’lqinga puls to’lqini
deyiladi. Puls to’lqini 5 - 10 m/s, bu esa (0,3 s da 1,5 - 3 m) sistola davrida
Yurakdan qo’l va oyoqlargagacha bo’lgan masofadan kattadir. Bu shuni
bildiradiki, puls to’lqini fronti qo’l va oyoqlarning oxirgi nuqtalariga aortada
bosimning pasayishidan oldin yetib boradi. Ammo qonning tezligi 0,3 - 0,5 m/s,
puls to’lqini tezligidan kichikdir. Rasmda Yurak atrofidagi , ya’ni aortadagi (a) va
arteriolalardagi (b) o’zgarish ko’rsatilgan. Ikkinchi grafikda bosimning o’rtacha
qiymatining va qon oqimi tezligining qon harakatlanuvchi tomirlar turiga bog’liq.