• Gasimon moddalar hosil bo`lsa
  • 4.Kompleks birikma (ion)lar hosil bo`lsa
  • 5.Shuningdek, HgJ 2 va KJ eritmalari aralashtirilganda ham
  • Kislotalar, gidroksidlar va tuzlarning dissosilanishi. Kislotalar.
  • Gidroksidlar.
  • Kam eriydigan(cho`kma)lar hosil bo`lsa yoki cho`kma erisa




    Download 41.85 Kb.
    bet2/4
    Sana17.06.2022
    Hajmi41.85 Kb.
    #23922
    1   2   3   4
    Bog'liq
    ion almashinish reaksiyalar

    Kam eriydigan(cho`kma)lar hosil bo`lsa yoki cho`kma erisa:

    a) BaCl2 + Na2SO4 = BaSO4¯ + 2NaCl (cho`kma hosil bo`lishi)
    Ba+2 + 2Cl- +2Na+ +SO4-2 = BaSO4¯ +2Na++2Cl-
    Ba+2 + SO4-2 ® Ba SO4¯

    b) CaCO3 ¯ + 2HCl =CaCl2 +H2CO3(H2O+CO2­)


    (cho`kma erishi)
    CaCO3 ¯ +2H+ =Ca+2 +H2O +CO2­
    v) CaCO3 ¯ + H2O + CO2 Ca (HCO3)2
    CaCO3 ¯ + H2O Ca+2 + 2HCO3
    g) BaCl2+ H2O+ CO2 =BaSO3¯ + 2NaCl
    Ba+2+ H2O+ CO2 = BaSO2¯ + 2 H+

    1. Gasimon moddalar hosil bo`lsa:

    a) Na2S + 2HCl = 2NaCl + H2
    2 Na+ + S -2 + 2H++2Cl- = 2Na+ +2Cl- +H2
    S-2+ 2H+® H2
    b) K2CO3 +H2SO4 =K2SO4 + H2O +CO2­
    CO3-2 +2H+ ®H2O + CO2­

    1. NH4Cl + NaOH = NH3 +H2O + NaCl

    2. NH4+ + OH- ® [NH4OH] ® NH3 ­ + H2O

    (kuchsiz elektrolit)
    4.Kompleks birikma (ion)lar hosil bo`lsa:
    a) AgCl – yomon eriydigan modda konsentrlangan HCl da eriydi, chunki bu eritmada quyidagi ion almashinish reaksiyasi boradi:
    AgCl ¯ + HCl (kons) = H[Ag Cl2]
    AgCl ¯ + H+ + Cl- = H++[Ag Cl2] -
    AgCl ¯ + Cl-®[Ag Cl] eritma
    5.Shuningdek, HgJ2 va KJ eritmalari aralashtirilganda ham:
    HgJ2¯+ 2 KJ = K2[HgJ4 ]
    HgJ2¯+2J-®[HgJ4 ] -2 (eritma)
    v) FeCl3 eritmasiga ko`p miqdorda NH4F qo`shilsa:
    FeCl3 + 6NH4F = (NH4)3 [FeF6]¯ + 3NH4Cl
    Fe +3 + NH4+ + 6F - ® (NH4)3 [FeF6

    Ion almashinish reaksiyalari borish – bormasligini, qanday moddalar hosil bo`lishi, qaysi moddalar eruvchan, qaysilari erimaydigan degan savollarga javob olish uchun “Moddalarning eruvchalik jadvali” (ilova) dan foydalanish kerak.


    Kislotalar, gidroksidlar va tuzlarning dissosilanishi.
    Kislotalar. Dissosilanganda kation sifatida H+ ionlari va anion sifatida kislota qoldig`i ionlarini hosil qiluvchi elektrolitlarga kislotalar deyiladi. Kislotalar tarkibiga ko`ra quyidagicha ionlanadilar:
    HCl ® H+ + Cl - , HNO3 ® H+ + NO3,
    H2SO3 ® H+ + HSO- 3 kuchsiz kislota bo`lgani uchun keyingi bosqich bormaydi.
    H2SO4 ® H+ + HSO- 4 , HSO- 4 ® SO4 2-

    Bu kislota tarkibida 2 ta vodorod atomi bo`lgani uchun ikki bosqichda ionlanadi. Kislota tarkibida H – atomi soni ortishi bilan, dissosilanish bosqichi soni ham ortadi:


    H3 PO4 ® H+ + H2 PO4- , H2 PO4- ® H+ + H2 PO42-,
    H2 PO4-2 ® H+ + PO4-3 oxirgi bosqichda juda kam ionlanadi.
    Kislotalarning barchasi eritmasida umumiy H+ kationi hosil bo`ladi. Bu ion suv molekulasi bilan birikib H+ + H2O® [H3O] + gidroksoniy kationini hosil qiladi. Bu ionda H+ ioni bilan H2O molekulasi donorakseptor bog`i orqali bog`langan.
    Kislotalar eritmalarida H+ bo`lgan uchun lakmus qizil rangga kiradi.
    Gidroksidlar. Dissosilanganda metal kationi va gidroksil anioni (OH-) hosil qiluvchi elektrolitlar gidroksidlar deyiladi. Gidroksidlar quyidagicha ionlananadilar.
    Na OH ® Na+ + OH- KON ® K+ + OH-
    Ca (OH)2 ® Ca OH+ + OH- Ca OH+ ® Ca2+ + OH-
    Suvda yaxshi erib ko`p dissosilanadigan gidroksidlarni ishqorlar deyiladi. Ularning eritmalari lakmusni ko`k rangga bo`yaydi. Suvda kam dissosilanadigan gidroksidlar asoslar deyilib, ularga quyidagilar misol bo`ladi:
    NH4 OH ® H+4 + OH- ; Fe (OH)3 ® Fe (OH)+2 + OH-
    Cu(OH)2 ® Cu OH+ + OH- ; Mg (OH)2 ® Mg OH+ + OH-

    Tuzlar. Dissosilanganda metal kation va kislota qoldig`i anionlarga ajraladigan elektrolitlar tuzlar deyiladi.
    Suvda yaxshi eruvchan tuzlar to`liq dissosilanadi:
    NaCl ®Na+ + Cl-;
    KNO3 ® K+ + NO3-
    FeCl2 ® Fe2+ + 2Cl- ;
    Al2(SO4)3 ® 2 Al3+ + 3 SO42-;
    Mg(HCO3 )2 ® Mg2+ + 2HCO3-.
    Ko`rinib turibdiki, tuzlar kislota va gidroksidlardan farqli ravishda bosqichsiz ionlanadilar.Suvda yomon eriydigan tuzlar kam eriganligi sababli kam dissosilanish muvozanati molekula hosil bo`lish tomonga siljigan bo`ladi:
    AgCl ® Ag+ + Cl-.
    Tuzlar suvda (yoki erituvchilarda) eriganda suv molekulalaridagi atomlar bilan tuzning tarkibiy qismlari o`zaro almashinadi va kuchsiz elektrolit (kislota yoki asos)hosil bo`ladi. Bu hodisaga gidroliz deb aytiladi. Agar erituvchi suvdan boshqa modda (spirt,benzol,aseton,ammiak ….)bo`lsa, bunday reaksiyalar sol`voliz deyiladi.
    Gidroliz reaksiyalarini quyidagicha umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin:
    Kat An + H2O¬ Kat OH + Han
    Tuz + suv¬ asos + kislota
    Tenglamadan ko`rinib turubdiki, tuz suvda eriganda u suv molekulalari bilan reaksiyaga kirishib,yomon dissosilanuvchi modda hosil qiladi, ya`ni gidroliz reaksiyasi natijasida eritmadagi [ OH- ] va [H+] ionlarining miqdori keskin o`zgaradi.Aniqrog`i gidroliz natijasida eritmaning rH i o`zgaradi va bu o`zgarish har qanday tuz gidrolizining mexanizmini tushunishda, gidroliz tenglamasini tuzishda, gidroliz reaksiyalaridan amaliyotda foydalanishda asosiy ko`rsatgich hisoblanadi.
    Tuzlar gidrolizining mexanizmi tuz tarkibiga kirgan metall kationi va kislota qoldig`i - anionning tabiatiga, aniqrog`i, qutblanuvchanligiga bog`liq. Agar ion qanchalik kuchli qutblansa (qutblangan bo`lsa) gidroliz shunchalik tez va to`liq boradi. Umuman Kat n+ va An t- lar ishtirokida gidroliz borish jarayoni mexanizmlarini quyidagicha tasavvur etish mumkin.
    Ma`lumki, har qanday kation suvli eritmada donor – akseptor ta`siri tufayli gidratlangan holda, ya`ni akvakompleks – [Kat(H2O)x]n+ holida bo`ladi. Bu kompleksdagi kationning zaryadi qanchalik katta va radiusi qanchalik kichik bo`lsa, uning akseptorlik kuchi shunchalik katta,ya`ni Kat OH2 bog`i barqaror bo`ladi.Bunday kompleks tarkibidagi O – H bog` kuchli qutblanuvchanlik xossasiga egadir.Shu sababli “gidrat qobog`ida” gi (Kat × H2O¼H2O)suv molekulalari o`rtasidagi vodorod bog`lanish kuchli bo`ladi.
    Bunday o`zaro ta`sirlashuv natijasida kation bilan bevosita bog`langan suv molekulasidagi O – H bog`i kuchsizlanib[Kat×HO- -------H+¼H2O], vodorod atomi sekinlik bilan ajraladi va “gidrat qobiq” dagi suv molekulasi bilan birikib H3O+ gidroksoniy ionini hosil qiladi. Kation esa qoldiq OH- bilan kuchliroq kimyoviy bog` hosil qilib Kat(OH)n – asosga aylanadi.
    Ajralib chiqadigan H3O+-ionlari eritmadagi[H+]=[OH]muvozanatni buzib, [H+]>[OH-] bo`lishiga, ya`ni eritmada kislotali muhit rH< 7 yuzaga kelishiga olib keladi.
    Bu o`zgarishlar asosan: NH+4,Cu2+,Al3,Cr3+,Fe2+,Fe3+,Co2+,Ni2+,Zn2+,Cd2+,Hg2+Pb2+,Sn2+,Sb3+,Bi3+,Mn2+,Mg2+, ionlari ishtirokida ro`y beradi. Boshqacharoq aytganda, hosil bo`ladigan asos Kat(OH)n qanchalik kuchsiz bo`lsa, gidroliz shunchalik oson va tez boradi. Aksariyat tuzlar tarkibiga Na+, K+, Ca2+,Ba2+ kationlari va Cl- , Br -, NO3-, SO2-4, ClO4-,SO42-, SiF62- kabi anionlar kiradi.Bu ionlar suv molekulalari bilan ta`sirlashganda H2O molekulalarini H+ va OH- ionlarigacha ajrata olmaydilar.Shu sababli, bu ionlar birgalikda hosil qilgan tuzlar mutlaqo gidrolizlanmaydi. Bu tuzlar eritmada [H+]=[OH-] muvozanatni o`ng yoki chap tomonga siljita olmagani uchun rH o`zgarmaydi.
    Ma`lumki tuz – kislota bilan asosning o`zaro ta`siri mahsulotidir. Shuning uchun tuzlarning gidroliz tenglamalarini tuzishda ularning qanday kislota va qanday asosdan hosil bo`lganligiga e`tibor berish kerak.

    1. Kuchli asos (LiOH,NaOH,KOH,RbOH,CsOH,Ca(OH)2, Ba (OH)2 va kuchsiz yoki o`rtacha kuchli kislota (HCN,H2S,HNO2,H2SO3,H3PO4 H2CO3,H2SiO3,HF,CH3COOH,HCOOH) dan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizi.Bu tuzlar tarkibidagi metall kationlari kuchli asos hosil qiluvchi bo`lganligi uchun ular suv molekulalari bilan ta`sirlashmaydi.

    Anionlarning qutblanuvchanligi yuqori bo`lgani uchun ular gidrolizda ishtirok etadilar. Bunday tuzlarning gidroliz tenglamasini tenglamasini shunday tasavvur etish mumkin:
    Kat An + H2O ® Kat+ + OH- +HAn
    Tuz + suv ® kuchli asos + kuchsiz kislota
    Agar bunday gidrolizni aniq misolda ko`radigan bo`lsak:
    I bosqich: Na2CO3 + H2O Na+ +OH- + NaHCO3
    II bosqich: NaHCO3 + H2O Na+ + OH- + H2CO3
    Soda - Na2CO3 suvda eriganda gidrolizlanadi(bu gidroliz amalda oxirigacha bormaydi) va birinchi bosqichda deyarli to`xtaydi. Agar eritma qizdirilsa, II bosqichi boradi va ikkala holda ham eritma ishqoriy muhitga ega bo`ladi(rH>7).
    I bosqichning ionli tenglamasi:

    2Na+ + CO3-2 + H2O Na+ + OH- +Na+ + HCO3



    Download 41.85 Kb.
    1   2   3   4




    Download 41.85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kam eriydigan(cho`kma)lar hosil bo`lsa yoki cho`kma erisa

    Download 41.85 Kb.