Ion almashinish reaksiyalar




Download 41.85 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2022
Hajmi41.85 Kb.
#23922
1   2   3   4
Bog'liq
ion almashinish reaksiyalar

Gidroliz darajasi - gidrolizlangan tuz miqdorining eritilgan tuzning ummumiy miqdoriga nisbati bo`lib birliksiz (0-1) va foizlarda (0-100%) ifodalanishi mumkin.h –ning qiymati tuzning tabiatiga, eritma konsentrasiyasi, temperaturaga bog`liq.h –ning qiymati gidroliz bosqichining tartibiga ham bog`liq bo`lib, bosqichning tartibi ortishi bilan h –ning qiymati kamayib boradi:h1>h2>h3…>hn .
Gidroliz darajasi tuzning tabiatidan yoki tarkibidan kelib chiqqan holda quyidagicha hisoblanishi mumkin:
a)kuchli va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuz uchun
C OH-
h =
C0 tuz

Bunda: - C tuz eritmadagi tuzning dastlabki konsentrasiyasi, mol`/l; C OH- - tuz gidrolizlangandan keyin eritmada hosil bo`lgan OH- - ionlarining konsenratsiyasi. COH - qiymati miqdoran gidrolizlangan tuzning konsentratsiyasiga teng.


b) kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo`lgan tuz uchun
CH+
h=
Ctuz
Bunda: CH+ - tuz gidrolizlanganda eritmada hosil bo`ladigan H+ - ionlarining konsentratsiyasi bo`lib, u miqdoran gidrolilangan tuz miqdoriga teng. Gidrolizlanish jarayonlari faqatgina tuzlar ishtirokida boribgina qolmasdan, ba`zi (metal-larning nitridlari, metallmaslarning birikmalari PF3, PF5, PCl5 oddiy va murakkab efirlar, yog`lar, kraxmal va sellyuloza kabi) moddalar ham gidrolizlanadi. Bo’larning ayrimlari tuzlarning gidrolizi singari borsa, ayrimlari hech qanday elektrolit xossasiga ega bo`lmagan moddalarni hosili qiladi. Bunday hol-lar organiq moddalarda uchraydi.

  1. Metallarning nitridlari Li3N, K3N, AlN suvli eritmada:

Li3N + 3H2O 3LiOH + NH3
Mexanizmida gidrolizlanib, gidroksid va ammiakni hosil qiladi.
b. Agar PCl5 suv bilan ta`sirlashsa, gidroliz reaksiyasi
PCl5 + 4H2O H3PO4 + 5HCl
tenglamasi bo`yicha ro`y beradi, tegishli kislotalarni hosil qiladi.
v.Agar murakkab efirlar kislotali sharoitda (rH>7) suv bilan ta`sirlashadi.
[H+]
R1 – C(O) – O – R2 + HOH R1 – COOH + R2 – OH
tegishli karbon kislota va spirt hosil bo`ladi. Bu reaksiya ishqo-riy muhitga olib borilsa, tegishli kislotaning tuzi (sovun) va spirt hosil bo`ladi:
R1 – C(O)– O – R2 + NaOH R1 – COONa+ R2 – OH
Bu gidroliz amaliy jihatdan oxirigacha boradigan jarayon bo`lib, yog`lardan sovun olish jarayoni shu reaksiyasiga asosla-nadi.
g. Kraxmal va sellyulozadan keng miqyosida foydalanish uchun ular har xil sharoitda gidrolizlanadi:
H-[C6H10O5]nOH + (n-1)H2O nC6 H12O6 (glyukoza)
hosil bo`lgan glyukozani bijg`itish bilan etil spirti ishlab chiqariladi. Xuddi shuningdek, turli qishloq xo`jalik maxsulotlari (qand lavlagi, shakar qamish) dan shakar ishlab chiqarish jarayonlari ham gidroliz jarayonlaridan foydalanish jarayonlariga asoslangan.
Download 41.85 Kb.
1   2   3   4




Download 41.85 Kb.