JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 2 (May) ISSN: 2181-3000
Page 43
Demak, tematik tahlil deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini alohida
mavzusi bo‘yicha tahlil qilish tushiniladi. Bunga aksiyadorlik
jamiyatining bozor
faolligini, ish faolligini, moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
tahlili
kabilarni misol keltirish mumkin.
Bular o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagi chizmada keltirilgan (2-chizma).
Iqtisodiy taxlilning to‘rlari va shakllarini tasniflashda uning alohida xillari
shartli ravishda olingan. Bunda tasniflash belgilari va ularga kirituvchi iqtisodiy
tahlil
turlari mualliflar nuqtai nazaridan tahlilning nazariy va
amaliy jihatlarini hisobga
olgan holda yondoshilgan.
Vaqt - betakror boylik. Agar u yo‘qotilsa qayta tiklanmaydi. SHu tufayli vaqtni
yo‘qotmaslik lozim. Vaqtning o‘tishi bilan ishlab chiqarish jarayoni davom etadi.
Ma’lum bir davrda natija hisob-kitob qilinadi, chamalanadi, tegishli kamchiliklar va
yutuqlar aniqlanadi. SHu tufayli har bir vaqtda sodir bo‘lgan jarayonni uzluksiz
ravishda tahlil qilib turish lozim. SHu jihatdan iqtisodiy tahlil uchga bo‘linadi: tezkor
tahlil, joriy tahlil, istiqbol tahlili.
Tezkor tahlil
deganda hisobot davri davomida, u tugamasdan o‘tkaziladigan
tahlil tushiniladi. Masalan, hisobot davri bir chorak deydigan bo‘lsak, uning tomom
bo‘lishini kutish uchun uch oy kerak. Ammo shu muddatda qanday natijaga erishish
mumkinligini aniqlash uchun shu davr ichida tezkor tarzda har kuni, har haftada, har
o‘n kunlikda, har oyda tahlil qilib borish lozim. Bu aynan shu hisobot davrida (chorak
ichida) amalga oshiriladi. SHu tufayli ushbu tahlil tezkor tahlil hisoblanadi.
Joriy tahlil deganda hisobot davri tugashi bilan buxgalteriya, statistik va tezkor
hisobot ma’lumotlari va boshqa axborot manbalariga asosan o‘tkaziladigan tahlil
tushiniladi. Masalan, hisobot davri chorak bo‘lsa, u tugashi bilan buxgalteriya,
statistik va tezkor hisobotlar tuziladi. Hamda ular tegishli tashkilotlarga (soliq
idorasiga, moliya, statistik bo‘linmalarga) topshiriladi. asl nusxasi shu xo‘jalik
yurituvchi sub’ektda qoladi. Ana shu hisobot ma’lumotlariga asosan ushbu xo‘jalik
yurituvchi sub’ektning faoliyati joriy tahlil qilinadi.