JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 2 (May) ISSN: 2181-3000
Page 41
IQTISODIY TAHLILNING TURLARI VA SHAKLLARI, ULARNING
TASNIFI VA TAVSIFI
Xoliqulov Anvar Nematovich
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Iqtisodiy tahlil va satatistika kafedrasi mudiri, i.f.n., dots.
Xamroyev Yusuf
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK-S-420 guruh talabasi
Iqtisodiy tahlil mazmun va mohiyati jihatidan turli shakllarga xillarga ega.
Ammo ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda ular farqlanmasdan ishlatiladi. Ammo ular
mazmun jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Iqtisodiy tahlilning turi
deganda ma’lum belgilari, xossalari, vazifasi va shu
kabilar bilan umumiy bo‘lgan guruhlar yoki bir butunlikni tashkil etgan yaxlit xillari
tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning shakli deganda uning o‘ziga xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishi,
sirtqi qiyofasi, bilan birga o‘ziga xos mazmuni, ya’ni uni amalga oshirish yo‘llari,
usullari tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning turi va shakli mazmun jihatidan bir-biriga juda yaqin,
chunki ularning ikkalasi ham tahlil qiluvchining o‘z oldigan qo‘ygan maqsadini
amalga oshirishga xizmat qiladi. Ammo ular bir-biridan ma’lum belgilari, shakli va
mazmuni bo‘yicha farqi bor. Tahlilning turi necha xil bo‘lishidan qatiy nazar ularda
bir-biriga juda yaqin va o‘xshash usullardan foydalaniladi. Tahlilning shaklida esa
har birida o‘ziga xos usullar majmuasi qo‘llanilishi mumkin.
Iqtisodiy tahlilning turi uning belgilari bo‘yicha guruhlanadi. Bu tahlilga qaysi
nuqtai nazardan qarashga bog‘liq. Masalan, iqtisodiy tahlil mazmun jihatidan qaralsa
u glabal, lokal va tematik tahlilga bo‘linadi. Bularning hammasida bir xil usullardan
foydalanish mumkin. Ammo iqtisodiy tahlilning shaklini ko‘radigan bo‘lsak, uni
makon va zamon nuqtai nazaridan qarab, unda qo‘llaniladigan o‘ziga xos usullarning
majmuasidan kelib chiqiladi. Masalan, kompleks tahlilda qo‘llaniladigan kompleks
baholash usullari funksional qiymat tahlilida (FQT) qo‘llanilmaydi. FQT da
qo‘llaniladigan usullar omilli tahlilda qo‘llanilmasligi mumkin va hokazo.
Iqtisodiy tahlil turli belgilari bo‘yicha tasniflanadi. Bu masala turli darslik va
adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Ko‘p adabiyotlarda 2-3 ta, ba’zilarida 6-7 ta,
ba’zilarida 8 ta belgilari bo‘yicha tasniflanadi. Ta’kidlanganidek, ko‘pgina
adabiyotlarda iqtisodiy tahlilning turi bilan shakli farqlanmagan holda berilgan.
Tadqiqotlar natijasida iqtisodiy tahlilning turlarini tasniflashda quyidagi
belgilardan foydalanish maqsadga muvofiq degan xulosaga kelindi. Bularga:
mazmuni bo‘yicha tasniflash; makon nuqtai nazaridan qarash bo‘yicha; tahlil
qiluvchilar subekti bo‘yicha; tarmoq tamoyili bo‘yicha; zamon nuqtai nazaridan
tasniflash bo‘yicha; ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha; kengaytirilgan
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 2 (May) ISSN: 2181-3000
Page 42
taror ishlab chiqarish bosqichlari bo‘yicha; kompyuterlashtirish darajasi bo‘yicha
tasniflash kabi belgilari kiradi. Bu quyidagi chizmada keltirilgan (1-chizma).
O‘rganilayotgan ob’yektni
qamrob olish darajasi buyicha
Mazmuni bo‘yicha
Zamon nuqtai nazaridan
Makon nuqtai
nazaridan
Ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni
o‘rganish bo‘yicha
|