|
Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
|
bet | 2/7 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 100,54 Kb. | | #238532 |
Bog'liq IQTISOD NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI1. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bugungi kundagi ahamiyati yosh avlodda vatan va el-yurt ravnaqi yo’lida fidokorona mehnat hissini, turli mafkuraviy xurujlarga o’z fikri bilan qarshi tura olish qobiliyatini tarbiyalash kabi muhim vazifalarni bajarish orqali tobora oshib bormoqda. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining ahamiyati uning metodologik vazifasi orqali ham namoyon bo’lib, fanning o’zi, tahlili va tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanini chuqur o’rganish, uning qoida va tushunchalarini bilish boshqa iqtisodiy fanlarni o’zlashtirish va yanada rivojlantirishning garovi hisoblanadi3.
Iqtisodiyot nazariyasi — insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xoʻjalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni oʻrganuvchi fan. Economics atamasi qadimgi yunon tilidagi οἶκος (oikos, „uy“) + νόμος (nomos, “odat” yoki “qonun”), demak “uy (xoʻjaligi)ni yuritish qoidalari” yigʻindisi οἰκονομία (oikonomia, “uy xoʻjaligini boshqarish”) soʻzidan olingan. Iqtisodiyot nazariyasi fani koʻpgina maktab va yoʻnalishlardan iborat. Iqtisodiyot fani mudom oʻzgarishda boʻlgani sababli uning taraqqiyoti va tarixiy retrospektivasi bilan iqtisodiyot tarixi fani shugʻullanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi - iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida “Ekonomiks”, “Ekonomika” va “Siyosiy iqtisod” nomlari bilan, MDH mamlakatlarida Iqtisodiyot nazariyasi nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqtisodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda “Iqtisodiy bilim asoslari” sifatida maktablarda, “Iqtisodiyot asoslari” sifatida kollej va akademik litseylarda va “Iqtisodiyot nazariyasi” sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan boʻlib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va isteʼmol qilinishi jarayonlarini oʻrganadi.
Zero yurtboshimiz ta’biri aytganimizda “Ilm yo’q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to’g’ri yo’ldan adashish bo’ladi”4. Jamiyatda ro’y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo’lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunib, amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilimlarni berishda “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining roli beqiyosdir.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog’liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko’payishi, uning to’g’ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog’liqligini ham o’rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o’ynaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi:
iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish;
boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish;
iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’langan. Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi.
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni oʻrganganda ular qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan izohlab beriladi. G’arbdagi “Ekonomiks” mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu yozishicha, nazariya — bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh oʻrin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga taʼsir etuvchi oʻtkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqtisodiy hodisalarning tabiatini bilish, ularga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.
Kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlar va vositalarni ishlab chiqarish hamda iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, iqtisodiy faoliyat deb ataladi5. Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi. Ana o’sha extiyojlarga bo’lgan talablarni bir tekes ravishda olib borishda hamda ularni nazorat qilishda iqtisodiy qonun qoidalarni o’rni beqiyosdir.
|
| |