|
METHODS OF ANALYSIS OF THE SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF REGIONS ON
METHODS OF ANALYSIS OF THE SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF REGIONS ON
THE BASE OF DIGITAL TECHNOLOGIES (EXAMPLE OF NAMANGAN REGION)
Fazliddinova Zulkhumor Akramovna -
Research Center “Scientific foundations and
problems of development Economy of Uzbekistan”
at TSUE, trainee researcher
Annotation.
This article examines the theoretical and practical aspects of using digital technologies in the analysis of
socio-economic development of regions. The indicators of socio-economic development of Namangan region and the dynamics of
change trends were analyzed using GIS technologies.
Keywords:
geographic information systems, online maps, aerial and space images, thematic information, socio-economic
cartography.
Kirish.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan
islohotlarning barchasi hududlarni rivojlantirishga
qaratilgandir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 01.05.2020-yildagi PQ-4702-sonli
“Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni rey-
ting baholash tizimini joriy etish”[1] to‘g‘risidagi qa-
roriga muvofiq, hududlarni barqaror va jadal rivoj-
lantirish uchun ularning kompleks va mutanosib
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, tabiiy xomashyo
resurslaridan foydalanish samaradorligini, iqtisodiy
va investitsiyaviy salohiyatini, shuningdek, hudud-
larning boshqa qiyosiy ustunliklarini baholashning
yagona tizimini joriy etish maqsadida statistik ko‘r-
satkichlar va so‘rovnomalar natijalari asosida hu-
dudlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting
baholash tizimi joriy etildi va bunda quyidagilarga
alohida e’tibor qaratilmoqda:
Shuningdek, Namangan viloyati aholi soni-
ning o‘sishi va institutsional muhit sharoitida ulkan
mehnat resursiga, tadbirkorlik faolligiga ega vilo-
yatdir. Shundan kelib chiqib, kelgusida viloyatda
bandlik sifati va aholi turmush darajasi hamda iqti-
sodiy va ijtimoiy yo‘nalishlar sifatini izchil oshirish-
ni ta’minlaydigan samarali, istiqbolli loyihalarni ri-
vojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish muhim
ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi va Koreya
Respublikasi bilan hamkorlikda Milliy geografik
axborot tizimi (MGAT) va Milliy fazoviy ma’lumotlar
infratuzilmasi (FMMI) siyosatini olib borish to‘g‘ri-
sida o‘zaro kelishuvlarga ega bo‘lindi. Milliy geogra-
fik axborot tizimi orqali hududlarni to‘liq rivojlan-
tirish, eng chekka hududlarda ham axborot bazasi
bilan ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarni
rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar ishlab chi-
qilmoqda. Bu loyiha davomida viloyat yoki hudud
boshqaruv organlari tomonidan barcha hududlar-
ning ijtimoiy-iqtisodiy tomondan tahlilini yagona
dastur orqali olib borish, bu orqali hududning rivoj-
lanish darajasini aniqlash va kelgusida kutilayotgan
prognozlar natijalarga ega bo‘lish mumkin. Bu loyi-
ha dasturida geografik axborot tizimi (GAT) orqali
yagona standartlashgan tizimga o‘tish, iqtisodiyot
va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini to‘liq qam-
rab olgan holda yagona bazaga keltirish orqali aho-
liga qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan. Bu loyiha
Jahon banki tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda
tutilgan. Avvalo, bu loyiha bo‘yicha raqamli ma’lu-
motlar bazasini shakklantirish, geografik axborot
texnologiylari bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish,
barcha sohalar bo‘yicha standartlashgan tizim joriy
qilish lozimdir. Shu kabi loyihalarni amalga oshirish
uchun hududda quyidagi rivojlanish dasturlarini
olib borish va loyiha, investitsiyalarni joriy etish
uchun rivojlanish ko‘rsatkichlarini yangilash zarur
va bu kabi ishlarni chora-tadbirlar, ichki loyihalar
orqali amalga oshirish mumkin.
|
| |