Mavzuga oid adabiyotlar sharhi




Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana10.02.2024
Hajmi1.4 Mb.
#154418
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sun, Academic-Data-334221101823 (1), [01.06.2023 19 00] ТАШКЕНТ ПАСС ЦЕНТР. КАРШИ (1), Academic-Data-334221101823, Topshiriq 1 (MT) Organik va fizikaviy kimyo, 09-маъруза, вариант О.Н (1), Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazm (3), Delphi dasturlash tilida protseduralar bilan ishlash-fayllar.org, hdmtMNAcAa2XwkfBuurNclX4qCDSiebVZ6SokeGJ, Monitoring tarix 9-sinf, Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev), Jahon tarixi. 1918-2008 (M.Lafasov), PF-79-сон 26.05.2023. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.
Mintaqa-
larning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiyo-
tini barqaror rivojlantirish masalalari xorijiy va 
mamlakatimiz olimlarining ilmiy ishlarida keng 
MINTAQA IQTISODIYOTI


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 3-son
492 
miqyosda o‘rganilgan. Xususan, xorijlik olimlar 
А.Veber, U.Izard, V.Kristaller, M.Porter, O.Kuznet-
sova [2] va boshqalar mintaqalararo hamkorlikning 
ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib brogan-
lar. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari 
olimlaridan S.Suspitsin, А.Granberg, K.Pavlov va 
boshqalarning tadqiqotlarida[3] mintaqalarning ra-
qobatbardoshligini oshirishning nazariy-uslubiy 
asoslari, uni amalga oshirish mexanizmlari – hudu-
diy klasterlar, ishlab chiqarishni joylashtirish, shu-
ningdek, ekologik jihatlariga eʼtibor qaratilgan. 
O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda minta-
qalarning rivojlanishini davlat tomonidan tartibga 
solish mexanizmlaridan foydalanishni nisbiy baho-
lash А.M.Sodiqovning ilmiy ishlarida keng yoritil-
gan[4]. 
D.I.Ibadullayev fikricha, “Hududning investit-
siya salohiyati investitsiya omilini barcha manbalari 
hisobidan jalb etishga qaratilgan hududning iqtiso-
diy, ijtimoiy, siyosiy va tabiiy imkoniyatlari yig‘in-
disi va ularni qo‘llash darjasi hisoblanadi” [5]. 
M.R.Raximova “mintaqa tabiiy-geografik, ijti-
moiy-iqtisodiy, moddiy-texnik, siyosiy jabhalari bir-
biriga yaqin hamda yagona boshqaruv va logistika 
tizimiga ega hududlar majmuasi sifatida ko‘rishni 
taklif etadi” [6]. 
Hududlarning rivojlanish ko‘rsatkichlarini 
tahlil qilishda GAT texnologiyalarini rivojlantirish 
bo‘yicha oxirgi bir necha o‘n yillardan buyon insoni-
yat axborot suronini boshidan kechirmoqda. U yil-
dan yilga kuchayib, inson faoliyatining ko‘plab soha-
lariga kirib bormoqda. Bugungi kunda kartograflar 
ko‘plab manbalardan olinadigan axborotlardan foy-
dalanish mobaynida topografik, turli mavzuli geog-
rafik kartalar va atlaslarni tuzish, aero va kosmik 
tasvirlarni deshifrovka qilish, dalada o‘lchash natija-
larini qayta ishlash va kompyuter tizimlarida ma’lu-
motlarni to‘plash bo‘yicha boy tajribaga egalar. 
Ma’lumotlarning ko‘plab turlari vaqt o‘tishi bilan 
tez-tez o‘zgarib turishi, oddiy usulda tuziladigan 
qog‘ozli kartadan foydalanishni ancha qiyinlashtirib 
yubormoqda. Bugungi kunda tezkor axborotlarni 
qabul qilish, ularning dolzarbligini ko‘rsatish faqat-
gina avtomatlashtirilgan tizim kafolatlashi mumkin. 
Shu o‘rinda zamonaviy GIS ko‘p miqdordagi grafikli 
va mavzuli ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan, baza 
asosida ish bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan mo-
delli va hisobli funksiyalar bilan birlashgan, fazoviy 
ma’lumotlarni kartografik shaklga aylantirish, turli 
xulosalar chiqarish va monitoring ishlarini amalga 
oshiradigan avtomatlashgan tizim, deb qaraladi [7]. 
Geografiya 
fanlari 
nomzodi, 
dotsent 
A.A.Ibraimova mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsat-
kichlarni tahlil qilishda GAT texnologiyalari orqali 
amalga oshirish tahlilning samarali va aniq bo‘lishi-
da yordam berishi haqida ilmiy izlanishlarida ta’-
kidlab o‘tgan [8]. Bundan tashqari geografiyada 
sonli metodlarni o‘rganishga AQSh, Kanada, Angliya, 
Shvetsiyada kuchli e’tibor qaratilgan. 
Sotsial-iqtisodiy kartografiya iqtisodiy va 
ijtimoiy soahalar bilan uyg‘un aloqalarga ega. 
N.N.Baranskiy bu aloqalarning asosiy yo‘nalishlarini 
va birinchi navbatda, metodologik jihatlarini ko‘rsa-
tib o‘tgan [9]. 
Ilmiy-geografik tahlilning ahamiyati sotsial-
iqtisodiy kartografiyaga matematik usullar va avto-
matlashtirish vositalarining joriy etilishi bilan ham 
oshib bormoqda – maslaning qo‘yilishini geografik 
asoslash va olinadigan natijalarni nazorat qilish 
uchun. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada sotsial-
iqtisodiy kartografiya tadqiqot usuli hamda axbo-
rotni to‘plash va taqdim qilish vositasi sifatida chi-
qadi (V.S.Tikunov) [10]. 
Adabiyotlarni bir-biri bilan solishtirganda 
shu ayon bo‘ldiki, yuqoridagi tizim birinchi GAT hi-
soblanadi. Bu sistema fazoga taqsimlangan ma’-
lumotlar bilan ishni olib borgan. Karta yaratishning 
bu texnologiyasi bugungi kunda, birinchidan sezi-
larli darajada universallashgan, ikkinchidan juda 
tez rivojlanayotgan, inson faoliyatining hamma so-
halarini qamrab olayotgan jarayondir. Geografik 
axborot tizimlari sohasida asosiy bilimlarni beruv-
chi rus va chet mamlakatlar xalqlari tillaridagi ki-
toblarda va GISning turli sohalariga oid bo‘lgan mo-
nografiyalar va konferensiya materiallari orqali tad-
qiqotchilar GIS tizimiga ham nazorat, ham amaliy 
yangiliklarni kundan kunga ko‘plab kiritmoqdalar. 

Download 1.4 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish