• Tahlil va natijalar.
  • MINTAQA IQTISODIYOTI Iqtisodiyot va talim / 2023-yil 3-son 493
  • Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 3-son 490




    Download 1.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/7
    Sana10.02.2024
    Hajmi1.4 Mb.
    #154418
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Sun, Academic-Data-334221101823 (1), [01.06.2023 19 00] ТАШКЕНТ ПАСС ЦЕНТР. КАРШИ (1), Academic-Data-334221101823, Topshiriq 1 (MT) Organik va fizikaviy kimyo, 09-маъруза, вариант О.Н (1), Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazm (3), Delphi dasturlash tilida protseduralar bilan ishlash-fayllar.org, hdmtMNAcAa2XwkfBuurNclX4qCDSiebVZ6SokeGJ, Monitoring tarix 9-sinf, Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev), Jahon tarixi. 1918-2008 (M.Lafasov), PF-79-сон 26.05.2023. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
    Tadqiqot metodologiyasi.
    Tadqiqotning 
    metodologik asosini qiyosiy tahlil qilish va tanlan-
    ma kuzatishning umummilliy metodlarini o‘z ichiga 
    oluvchi tizimli yondashuv tashkil etadi. Amaliy tad-
    qiqotlarda emperik baholashlar esa iqtisodiy-mate-
    matik metodlarga asoslangan. Hududiy-iqtisodiy 
    tizimda amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar 
    va hududiy boshqarish sifatini baholashda boshqa-
    ruvning funksional tahlili va ekspert baholash me-
    todlari qo‘llanildi. GAT texnologiyasida kartogram-
    ma, kartodiagramma, sifatli fon, miqdorli fon me-
    todlaridan foydalanilgan. 
    Yuqoridagi fikrlar va mulohazalarni hisobga 
    olgan holda, taqqoslash usulini qo‘llash orqali ush-
    bu tadqiqotda O‘zbekiston turistik salohiyati o‘rga-
    niladi va ilg‘or xorij tajribasi bilan taqqoslangan hol-
    da tahlil (muhokama) qilinadi. Bir qator taqqoslash-
    lar asosida munozaralar va xulosalar chiqarilib, rek-
    reatsion hududlar nazoratini samarali tashkil qilish 
    bo‘yicha takliflar beriladi. Shuningdek, geografik 
    axborot tizimi dasturlari yordamida ham mintaqa-
    lar o‘rtasida taqqoslash, baholash, matematik hisob-
    kitoblar olib boriladi. 
    Tahlil va natijalar.
    Iqtisodiyotning hozirgi 
    holati va ijtimoiy hayotda yuz bergan o‘zgarishlar 
    umumiqtisodiy xaritalashtirish muammolariga yan-
    gicha qarashga majbur qildi va xaritalar mazmunini 
    kengaytirish yo‘li bilan zamonaviy umumiy ijtimoiy-
    MINTAQA IQTISODIYOTI


    Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 3-son
    493 
    iqtisodiy kartografik asarlarni yaratishga o‘tishga 
    olib keldi. Bunday xaritalar iqtisodiyotning asosiy 
    tarmoqlari: sanoat, transport, qishloq va o‘rmon 
    xo‘jaligi xaritalarini yangicha ko‘rinishga olib kelishi 
    va xaritaga kiritilgan hududga xos bo‘lgan ijtimoiy-
    iqtisodiy va ekologik jarayonlar va hodisalar to‘g‘-
    risida yangi tushunchalarni berishi mumkin. 
    Yangi yo‘nalishni shakllantirishda geoaxborot 
    va multimedia texnologiyalaridan foydalanish mu-
    him rol o‘ynaydi. Ushbu texnologiyalar tez fursatlar-
    da kartalar tuzush va toʻldirish, foydalanuvchilarga 
    oson tanish imkonini beruvchi binolar va inshoot-
    larning uch o‘lchovli tasvirlarini, fotosuratlar, video-
    kliplar, eng muhimi ma’lumotnoma va tarixiy mate-
    riallarni joylashtirish imkonini beradi. Yangi yo‘na-
    lishni rivojlantirishda turli darajadagi foydalanuv-
    chilar foydalanishi uchun qulay bo‘lishida telekom-
    munikatsiya texnologiyalarining o‘rni kattadir. 
    Ushbu yo‘nalishning keng tarqalganligi ham-
    da rivojlanganligiga qaramasdan, ushbu sohadagi 
    uslubiy ishlanmalar juda kam hamda ilmiy tadqiqot 
    ishlari deyarli yo‘q. Shu paytgacha oliy ta’lim muas-
    sasalarining atlas va elektron xaritalari yaratilinma-
    gan. Bularning hammasi geoinformatsion kartogra-
    fiyani qo‘llagan holda oliy ta’lim muassasalarining 
    elektron xaritalarini yaratishni raqamli shahar 
    yaratish metodining bir qismiga aylantiradi. 
    GAT texnologiyalarni ijtimoiy va iqtisodiy so-
    halarning barchasida qo‘llash mumkin. Namangan 
    viloyatining ta’lim xaritasini GAT dasturlaridan, 
    ArcCatalog, ArcMap, ArcGisPro, ArcGisOnline ilova-
    laridan foydalanilgan holda yaratdik. Ta’lim kartasi 
    ma’lumotlari Statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan 
    olingan bo‘lib, shu ma’lumotlar asosida Web-xarita 
    yaratildi. Bu xarita barcha uchun tushunarli, tahlilda 
    va boshqa mustaqil foydalanuvchilar foydalanishi 
    mumkin. Shuningdek, bu tizimning bir qancha qu-
    layliklari mavjud. Jumladan:
    – ma’lumotlar, ya’ni Namangan viloyatining 
    texnologik tizimi ishlab chiqildi; 
    – Namangan viloyatining ma’lumotlar bazasi 
    yaratildi; 
    – Namangan viloyatining iqtisodiy faol aholi
    bandlar va ishsizlar soni bo‘yicha on-line xarita 
    yaratildi; 
    – olib borilgan ishlar bo‘yicha ishlar chop 
    etildi; 
    – raqamlashgan ma’lumotlar asosida tahlillar-
    ni osonlashtirish, keng qamrovli va turli xil sohalar-
    dagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin; 
    – GAT texnologiyalardan istiqbolli loyihalarni 
    amalga oshirishda foydalanish mumkin; 
    – GAT texnologiyasi orqali ijtimoiy-iqtisodiy 
    sohala bo‘yicha prognoz xaritalarini ishlab chiqish 
    mumkin. 
    ArcGIS Online tizimida oʻzida turli vazifalarni 
    bajarish uchun kerak boʻladigan dasturlar mavjud. 
    Dasturlardan xaritalardan tashqari mobil ilovalar
    ma’lumotnomalar, soʻrovnomalar, tizimlar yaratish-
    da foydalaniladi. Oldingi bosqichda foydalanilgan 
    Map Weaver dasturi ham shular sirasiga kiradi.
    Ma’lumotlarning GAT dasturlaridan ArcGIS 
    Online tizimida bir tashkilot xodimlari yoki boshqa 
    foydalanuvchilar bilan resurslarni almashish hech 
    qanday muammosiz amalga oshiriladi. Tizimda 
    faqat taklif qilinganlar foydalanishi uchun shaxsiy 
    yoki hamma uchun ochiq bo‘lgan umumiy guruhlar 
    yaratish yoki ma’lumotlar almashish uchun boshqa 
    tashkilotlar bilan hamkorlikni olib borish mumkin. 
    Shuningdek, tizimdagi xaritalar va boshqa 
    resurslarni veb-sahifalar, veb-ilovalar yoki ijtimoiy 
    tarmoqlarga joylashtirish imkoniyati yaratilgan
    (1-rasm).

    Download 1.4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.4 Mb.
    Pdf ko'rish