-rasm. 2016-2020 yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida asosiy




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana19.01.2024
Hajmi0,69 Mb.
#141391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. Okmirzayev Davron Dilmurodovich (1)

2-rasm. 2016-2020 yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida asosiy 
iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili 
1
 
 
2016 yilda axborot kommunikatsiya texnologiyalar sohasi asosiy kapitaliga 1.2 
trln.so‘m investitsiya kiritilgan bo‘lsa, 2020 yilda ushbu ko‘rsatkich deyarli 4 baravarga 
oshib 4.8 trln.so‘mni tashkil qildi. Shundan, AKT sohasiga tashqi investitsiya va kreditlar 
2016 yilda 0.8 trln. so‘m, 2020 yilda 2.0 trln. so‘m jalb qilingan. 
BMTning elektron hukumatning rivojlanish darajasi bo‘yicha 2020 yil yakuniy tahliliy 
natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston 193 davlat orasidan 87 o‘rinni egalladi. Ushbu reytingda 
Sobiq Ittifoq davlatlari xususan, Qozog‘iston 29, Rossiya 36, Belarusiya 40, Gruziya 65, 
Armaniston 68, Ukraina 69, Ozarbayjon 70, Qirg‘iziston 83, Tojikiston 133, Turkmaniston 
158 o‘rinni egallagan. Elektron hukumatni rivojlanirish indeksi (E-Government 
Development Index, EGDI) da O‘zbekiston 2016 yilda 0.54 koeffitsiyent bilan 80 o‘rinda 
bo‘lgan bo‘lsa 2020 yilda bu ko‘rsatkich 0.67 koeffitsiyent bilan 87 o‘ringa tushgan. 
Dunyo bo‘yicha elektron hukumatning rivojlanish o‘rtacha ko‘rsatkichi 0,60 ga teng 
1
O‘z.Res. Statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tadqiqotchi tomonidan tayyorlandi. 


"IQTISODIYOT VA TURIZM" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali №1(3) 2022
13 
bo‘lib, Daniya 0,97 ko‘rsatkich bilan, Osiyo mamlakatlari orasida Janubiy Koreya 0,95. 
Markaziy Osiyoda Qozog‘iston 0,83 ko‘rsatkich bilan reytingda yuqori o‘rinlarni 
egallagan. Elektron hukumatni rivojlanirish indeksi - telekommunikatsiya infratuzilmasi, 
onlayn xizmatlar va inson kapitali indekslaridan iborat. 2020 yilda O‘zbekistonda bu 
ko‘rsatkichlar mos ravishda 0,47, 0,74 va 0,78 ni tashkil etdi. 
Raqamli iqtisodiyotda innovatsion yondashuvga ega bo‘lgan xususiy biznes 
yetakchilik qilishi, davlat bu bosqichda xususiy tashabbus uchun qulay raqamli 
infratuzilma va tashabbusni amalda ishlab ketishi uchun sharoit yaratishi bilan 
shug‘ullanish kerak. Raqamlashtirishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqilishi, 
raqamli muhitni yaratishda davlat tizimli yondashuvi natijasida bugungi kunda eksport 
korxonalari salohiyati kundan kunga oshib bormoqda. Xususan, elektron tijorat va elektron 
to‘lovlar tizimini rivojlantirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu 
jumladan mijozlarni masofadan aniqlash tizimlarini joriy etilishi orqali masofaviy bank 
xizmatlarini rivojlantirishni yo‘lga qo‘yilishi, xalqaro elektron tijorat standartlari
zamonaviy 
axborot 
xavfsizligi 
talablariga 
rioya 
qilishda 
elektron 
tijoratni 
rivojlantirishning huquqiy asoslarini, shuningdek, mavjud standartlar va elektron tijorat 
qoidalarini takomillashtirishi raqamlashtirish borasida qilingan ishlarning amaliy natijasi 
sifatida ko‘rsatish mumkin.
Raqamli infratuzilmani rivojlantirishda, mobil va simli internet jahon axborot tarmog‘i 
qamrovi va tezligini yanada oshirish orqali elektron tijorat platformalariga shaxsiy raqamli 
uskunalardan ulanish imkoniyatlari va ko‘lamlarini oshirish bugungi kunda dolzarb 
masalaga aylangan. Elektron tijorat va elektron to‘lovlar tizimini yanada rivojlantirish, 
shuningdek, elektron hukumat xizmatlarini taqdim etishda to‘lovlarni qabul qilish va qayta 
ishlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda, internet axborot tarmog‘i orqali jahon 
bozoriga tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish jarayonini 
osonlashtirishga, 
iqtisodiyot 
va 
moliya 
sohasida 
axborot 
infratuzilmasini 
takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi. 

Download 0,69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. 2016-2020 yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida asosiy

Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish