Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari tavsifi




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana19.01.2024
Hajmi0,69 Mb.
#141391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. Okmirzayev Davron Dilmurodovich (1)

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari tavsifi
 1
Raqamlashtirish 
yo‘nalishlari 
Xususiyatlari 
Raqamli 
texnologiyalardan 
foydalanish 
-katta hajmdagi ma’lumotlar bazasini yaratish va tahlil qilishda 
Big data; inson omilini ishtirokini kamaytirishda neyrotexnologiya 
va sun’iy intellekt; davlat boshqaruvida taqsimlangan ro‘yxatga 
olish tizimini yaratishda kvant texnologiyasi; sanoat korxonalarida 
ishlab chiqarish va ma’muriy boshqaruv tizimini tartibga solishda 
Fintech hamda sanoat interneti yangi ishlab chiqarish 
texnologiyalari; 
ishlab 
chiqarish 
va 
xizmatlar 
sohasida 
robototexnika va sensor komponentlari; aloqa xizmatlarida simsiz 
texnologiyalar; marketing va menejment tadbirlarini samarali 
amalga oshirishda virtual haqiqat, blokcheyn va DLT 
texnologiyalari va boshqalar. 
Axborot 
texnologiyalari va 
telekommunikatsiy
a-larini keng joriy 
etish 
-qisqa vaqt ichida o‘sib borayotgan axborot hajmini qayta 
ishlaydigan mahsulotlarni ishlab chiqishda xususan, faks 
mashinalari, telefon kommunikatsiya qurilmalari, radarlar, aloqa 
sun’iy yo‘ldoshlari, serverlar, Kompyuterlar va tegishli tashqi 
apparat qurilmalari, shuningdek, dasturiy mahsulotlar va 
boshqalar. 
Kompyuter-
lashtirish 
-sanoat ishlab chiqarishini avtomatlashtirish texnologiyalarini 
ishlab chiqish xususan, ishlab chiqarishning moslashuvchanligini 
sezilarli darajada oshiradigan va texnologik jarayonga inson 
ta’sirini kamaytiradigan robototexnika, raqamli boshqaruvga ega 
mashina va qurilmalar, avtomatlashtirilgan transport vositalari va 
boshqalar. 
1
Muallif tadqiqotlari asosida tayyorlandi. 


№1(3) 2022 "IQTISODIYOT VA TURIZM" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali
10 
Elektronikaning 
rivojlanishi 
-integral mikrosxemalar, platalar, suyuq kristallar va boshqa 
shunga o‘xshash komponentlar kabi elektron komponentlarni 
(opto-elektron komponentlarsiz) ishlab chiqish, ular orqali asosiy 
funksiyalar takomillashtiriladi va rivojlantiriladi, shuningdek, 
miniatyuralashtirilgan mahsulotlar va boshqalar taklif etiladi. 
Optoelektronika-
ning rivojlanishi 
-elektron va ion nurli texnologiyalar, lazer texnologiyalari va 
boshqalar elektronika, lazer va diagnostika uskunalari, optik 
skanerlar, optik kompakt disklar, quyosh panellari, foto 
elementlar, lazerli printerlar va boshqa funksional materiallarni 
ishlab chiqarish texnologiyalari. 
Yangi 
materiallardan 
foydalanish 
-eng yangi kompozit materiallarni takomillashtirish va yaratish va 
ular asosida qurilgan murakkab tuzilmalar va tizimlarning 
mexanik xususiyatlarini o‘rganish; 
Aerokosmik 
texnologiyalardan 
foydalanish 
-ko‘pgina harbiy pervanellari, samolyotlar va kosmik kemalar 
(sun’iy yo‘ldoshlarisiz aloqa), reaktiv samolyotlar dvigatellari, 
parvoz simulyatorlari va avtopilotlarni ishlab chiqarishni yo’lga 
qo’yish; 
Qurollanishni 
takomillashtirish 
-oddiy qurollar, raketalar, bombalar, minalar, torpedalar, raketalar 
va boshqalarni ishlab chiqarish uchun raqamli harbiy 
texnologiyani ishlab chiqish. 
Raqamlashtirish barcha hajmdagi xo’jalik yurituvchi subyektlarga ta'sir qiladi. Bir 
tomondan, korxonalar o'zlarining ichki jarayonlari va boshqaruvdan toki ishlab 
chiqarishgacha bo’lgan tartiblarini raqamlashtirishlari kerak, boshqa tomondan ular yangi 
xizmatlarni taklif etishda raqamli biznes modellarini ishlab chiqishi lozim bo‘ladi. Ushbu 
jarayonlarni tezlashtirishga raqamli yo‘l xaritasini belgilagan kompaniyalardagi raqamli 
transformatsiyani jadallashuvi va qisman startaplar sabab bo‘lmoqda. Raqamlashtirishda 
kompaniyalar oldidagi vazifa raqamli xizmatlar va ilovalarning tobora kengayib borishi 
natijasida mijozlarning yangi ehtiyojlarini aniqlashdan iborat. Raqamli xizmatlar 
yaratilishi davomida "Raqamli mijoz" deb ataladigan kompaniyalar uchun yangi maqsadli 
guruhlar ham paydo bo'ldi. Bunga erishish uchun noan’anaviy marketing yondashuvlari va 
sotish strategiyasi talab qilinadi. Bu esa o’z navbatida raqamli xizmatlarni taklif etishda 
kompaniyalarga raqamli o‘zgarishlarda muvaffaqiyat qozonish uchun o‘z harakatlarini 
raqamli innovatsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirish zarurligini ko’rsatadi. Odatda faoliyat 
sohalari: 
-raqamli jarayonlar va tartiblarni rivojlantirishga yordam beruvchi va raqamli 
xizmatlar va raqamli biznes modellarini ishlab chiqish imkonini beruvchi innovatsiyalar 
madaniyatini shakllantirish; 
-raqamli innovatsiya strategiyalarini ishlab chiqish, ya'ni kompaniyaning 
raqamlashtirish bilan shug'ullanishi uchun harakatlar rejasi belgilab olish
-xodimlarni raqamli asrning qiyinchiliklariga tayyorlash va raqamli o'zgarishlarda 
ishtirok etishga imkon berish uchun qayta o'qitish va muntazam malakasini oshirib borish; 
-kompaniyaning marketing va savdo faoliyatini raqamlashtirishga moslashtirish bu 
jarayonda kompaniyalar quyidagi savollarni oldiga qo’yishi lozim: biz ertaga 
mijozlarimizga qanday erishmoqchimiz? Kontent marketingi va savdoni avtomatlashtirish 
kabi tendensiyalar biz faoliyat yuritayotgan sohada qanday rol o'ynaydi? Biz 
mijozlarimizning tobora ortib borayotgan individual ehtiyojlarini qanday hal qilamiz? 
-raqamli protseduralar va jarayonlarni ishlab chiqish: kompaniyada jarayon va 


"IQTISODIYOT VA TURIZM" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali №1(3) 2022
11 
tartiblarni joriy etish orqali qog'oz fayllar bilan xayrlashish, ularning ba'zilari 
raqamlashtirish natijasida tubdan qayta ko'rib chiqilishi; 
-korxona ichida yoki yoki mijozlar bilan bog'liq holda yuzaga keladigan ma'lumotlar 
bilan ishlashda ma'lumotlardan yangi xizmat va biznes modellarini ishlab chiqish. 
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni globallashuv vositasi sifatida rivojlantirishning 
ustuvor yo‘nalishlarining sanoat korxonalarida joriy etilishi, shuningdek ishlab chiqarish 
va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirishda ERP, MES, SCADA raqamli 
texnologiylari korxona resurslarini boshqarishda samarali ta’sir ko‘rsatmoqda. Yana shuni 
alohida ta’kidlash lozimki, robotlashtirish, Big Data, buyumlar interneti, sun’iy intellekt, 
bulutli texnologiyalar, ishlab chiqarish korxonalarida qavatma-qavat qurish va sintez qilish 
texnologiyasi, 3D o‘lchamda bosib chiqarish, Blokcheyn, DLT kabi texnologiyalarni keng 
joriy etish hisobiga ishlab chiqarish va xizmat sifati yuqori ulush bilan ortib borish bilan 
bir qatorda korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni Internet 
jahon axborot tarmog‘i orqali sotish imkoniyatlarini oshirmoqda. 
2020 yilda yalpi qo’shilgan qiymatda "axborot-kommunikatsiya" sohasidagi 
xizmatlar hajmi 8.8 trln. so’mni tashkil qilib 2016 yilga nisbatan qariyb ikki baravarga 
o’sish kuzatildi. Jumladan, 2020 yilda axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sektorida 
11220,5 mlrd.so’m, axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sektorida 9524,4, 
AKT ishlab chiqarishda 563,6, AKT savdosida 265,8, AKT xizmatlarida 8694,9, kontent 
sektori va ommaviy axborot vositalarida 1157,1, elektron tijoratda 539 mlrd. So’mlik 
qo’shilgan qiymat yaratishga erishildi. 
Iqtisodiy faoliyatda "axborot-kommunikatsiya" sohasidagi xizmatlar hajmi 2020 
yilda jami 12,9 trln.so‘m bo‘lib ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining 
hajmi noshirlik xizmatlarida 741,3, televideniya va dasturlari kino-videofilmlar ishlab 
chiqarish, ovoz yozish va musiqa asarlarini nashr qilish bo‘yicha xizmatlar 89,5, teleradio 
eshittirish va dasturlar tuzish bo‘yicha xizmatlar 650,9, telekommunikatsiya xizmatlari 
10233,7, kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish xizmatlari va boshqa yordamchi 
xizmatlar 1428,2, axborot sohasidagi xizmatlar 708,7 mlrd.so‘m amaldagi narxlarda 
mahsulot (ish, xizmat) yaratishga erishildi. 

Download 0,69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari tavsifi

Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish