Iqtisodiyot va turizm




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana19.01.2024
Hajmi0,69 Mb.
#141391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. Okmirzayev Davron Dilmurodovich (1)

Tadqiqot metodologiyasi
Eksport salohiyatini oshirishda iqtisodiyotning turli raqamli texnologiyalar bilan 
rivojlantirishning dolzarb masalalarini tahlil qilishda tadqiqotning uslubiy asoslari ilmiy 
umumlashtirish, qiyosiy tahlil, yaxlit, tizimli va vaziyatli yondashuvlar usullari bilan 
taqdim etilgan. Bundan tashqari, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor 
yo‘nalishlari, yalpi qo‘shilgan qiymatda axborot-kommunikatsiya sohasidagi xizmatlar 
ulushi, iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha axborot-kommunikatsiya sohasi orqali 
ko‘rsatiladigan xizmatlar, elektron hukumatni rivojlanirish indeksi, O‘zbekiston eksport 


"IQTISODIYOT VA TURIZM" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali №1(3) 2022

tovarlarining umumiy hajmi va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda onlayn 
platformalarda savdo maydonchalari tahlili amalga oshirilgan. 
 
Tahlil va natijalar 
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun 
axborot texnologiyalari resurslari va raqamli davlat xizmatlarini taqdim etish strategiyasi 
ishlab chiqilgan yoki takomillashtirilgan. Xuddi shunday, rivojlanayotgan davlatlarda ham 
elektron tijorat, masofaviy ishlash yoki onlayn platformalarni yaratish kabi sohalarida 
biznesni raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash kun tartibiga chiqmoqda. Bu 
kiberxavfsizlikni ta’minlash, soxta axborotlarga qarshi kurashish yoki onlayn xarid qilish, 
kontragent shartnomalarini tuzishda hamda eksport-import operatsiyalarini amalga 
oshirishda yuzaga kelayotgan firibgarliklarga barham berish uchun samarali vosita bo‘lib 
xizmat qilmoqda. Raqamlashtirish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar, shuningdek, 
ilg‘or raqamli texnologiyalar va raqamli infratuzilmadan foydalangan holda iqtisodiy-
ijtimoiy faoliyatni rag‘batlantirish va tizimli moliyalashtirishga imkoniyat yaratmoqda. 
Xususan, har bir davlat barcha jabhalarida tizimni to‘liqligicha raqamlashtirishga erishish 
orqali shaffoflikni ta’minlash, inson omilini chetga chiqarish, korrupsiya holatlariga 
barham berish va bu orqali iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishga intilmoqda. Raqamli 
iqtisodiyotni globallashuv vositasi sifatida rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarining 
xususiyatlari quyidagilardan iborat (jadval). 

Download 0,69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish